Nazorat savollari:
1. Tuya biologiyasining o‘ziga xosligi to‘g‘risida suzlab bering.
2. Tuyalarning xalq xo‘jalik axamiyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Tuyalarning mahsuldorligi to‘g‘risida tushuncha bering.
4. Tuyalarning yetiluvchanligi to‘g‘risida so‘zlang.
5. Tuya butalog‘ini ustirish va parvarishlash to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2.9. QORAMOLCHILIK CHORVACHILIGI FERMALARI HAQIDA
Qoramolchilik fermasi sutchilik va yosh mollarni parvarishlash brigadalaridan tashkil topadi. Hozir chorvachilikni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash asosida to‘liq mexanizasiyalashtirilgan fermalar - komplekslar tashkil etilmoqda.
Qoramolchilik fermalarida 200 - 600 sigir, 600 - 1500 buzoq va yosh mollar boqiladi. Podada sigirlar soni 27 - 40 ta bo‘ladi. Sutchilik komplekslari 400 - 1200 sigirga mo‘ljallangan, ularda sigirlar va 10 - 20 kunlik buzoqlar saqlanadi.
G‘unajinchilik komplekslari (5-6 ming bosh) nasldor urg‘ochi buzoqlar 10-20 kunligidan 22-26 oyligigacha parvarish qilinadi. Bu komplekslardan g‘unajinlar tuqqandan keyin yoki tug‘ishiga 2-3 oy qolganda sutchilik komplekslariga o‘tkaziladi. Go‘shtchilik komplekslarida erkak buzoqlar (10 ming bosh) 10-15 kunligidan 13-16 oyligigacha go‘sht uchun boqiladi. 10-20 ming bosh qoramol bo‘rdoqiga boqiladigan ochiq maydonchalar kompleksi ham bor.
Qoramolchilik fermalarida 100-200 boshga mo‘ljallangan sigirxonalar, 10 sigirga mo‘ljallangan tug‘ruqxona va 95 buzoq sig‘adigan buzoqxonalar, 90-100 mol boqiladigan g‘unajinxona hamda novvosxonalar, buqaxonalar, sun’iy qochirish punktlari, izolyatorlar, yem-xashak omborlari, ozuqa tayyorlash sexlari, silos va senaj bostiriladigan chuqur, transheya, minoralar va boshqa sharoitlar bor.
Qoramolchilik komplekslaridagi har bir bino 200-400 bosh sigirga, 180-360 bosh buzoq yoki yosh mollarga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston iqlim sharoitida yengil binolar va bostirma-ayvonlar qurilgan ochiq maydonchalardan foydalanish mumkin.
Fermalarda yem-xashak maydalash, tarqatish, mol sug‘orish, sut sog‘ish, go‘ngdan tozalash kabi og‘ir ishlar mexanizasiyalashgan.
Fermalardagi mollar yoshi, jinsi, mahsuloti va fiziologik holatiga qarab, har xil guruhlarga ajratiladi. Ularga sog‘uvchi, molboqar va buzoqboqarlar tayinlanadi. Chorva komplekslaridagi ishlarni operatorlar oqim usulida bajaradi.
Molxona - mol boqiladigan bino. Bu yerda, asosan, qoramollar bog‘lab va bog‘lamay boqiladi. Bog‘lab boqiladiganlari ikki qatorli, to‘rt va olti qatorli bo‘ladi. Ikki qatorli molxonada og‘ilxona bino bo‘ylab qator joylashtiriladi va 1,5 m li ko‘ndalang yo‘llar bilan seksiyalarga bo‘linadi; o‘rtadagi 1,5 m li yo‘ldan (14-rasm, b) yem-xashak oxurlarga tarqatiladi, ikki chetdagi 1,2 m li yo‘llardan (rasm, v) go‘ng tashiladi. To‘rt qatorli molxonada ozuqa tarqatiladigan ikkita va go‘ng chiqariladigan uchta yo‘l qilinadi. Olti qatorlisida og‘ilxonalar uchta qo‘sh qatorga joylashtirilib, ozuqa tarqatadigan uchta yo‘l, go‘ng chiqariladigan to‘rtta yo‘l bo‘ladi. Molxonadagi har bir og‘ilxonada mol bog‘lash uskunasi, oxur va sug‘orgich o‘rnatiladi.
Og‘ilxonalarning kattaligi, mollarning mahsuldorligi va zotdorligiga qarab, eni 1-1,2 m, bo‘yin 1,7-2 m qilinadi, Molxonada qo‘shimcha binolar: yem, to‘shama va asbop-uskunalar saqlanadigchn xonalar, ventilyasiya xonasi, xodimlar xonasi bo‘ladi. Molxona yaqiniga sut bloki quriladi, unda laboratoriya, sut qo’yiladigan, idish yuviladigan joylar, vakuum nasos, qozonxona va boshqa sharoitlar bo‘ladi.
Mollar bog‘lamay boqiladigan molxona yopiq yoki uch tomoni o‘ralgan yarim ochiq (ayvon ko‘rinishida) bo‘ladi. Havo harorati -20° dan past bo‘lmaydigan hududlarda yarim ochiq molxona quriladi. Bunday olib qo‘yiladigan to‘siqlar bilan seksiyalarga bo‘linadi. Har qaysi seksiya 60 tagacha sigirga mo‘ljallanadi. Mexanizmlarda go‘ng chiqarish, yem-xashak va to‘shama tashib kelish uchun seksiyalar o‘rtasidan o‘tadigan yo‘l qilinadi. Molxona maydoni uchun sutchilik xo‘jaliklarida har bir sigirga 4-5 m , go‘sht yetishtiriladigan xo‘jaliklarda buzog‘i bilan sigirga 7 m hisobidan joy ajratiladi. Molxona yaqinida mollarni yayratish maydonchasi (har bir sigirga 7-10 m ) bo‘ladi, bu yerga hamma mollar uchun umumiy oxurlar va sug‘orgichlar quriladi, Molxona yaqiniga sigir sog‘iladigan bino qurilib, sog‘ish uskunalari o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |