Etika kategoriyalarining o‘ziga xos xususiyatlari
Axloq kategoriyalarining mazmuni va moxiyati.
Vijdon kategoriyasi va iymon tushunchasi.
Sha’n va or-nomus kategoriyalarining jamiyat hayotidagi o’rni.
O'zbek xalqi qadim-qadimdan yuksak ma’naviyat va madaniyatga ega xalqdir. Bu ma’naviyat salohiyatini butun jahon tan olgan va undan andozalar olib kelgan. Bunga tarixiy misollarimiz ham juda ko’p. II yarim ming yildan avval ham Samarqandu Buxoralar gullab yashnaganligi jaxon poytaxti darajasida bo’lganligini kim ham inkor eta oladi. Faqat bunday ma’naviyatga ega bo’lgan millatgina minglab yillar osha o’z saloxiyatini, obrusini saqlab qola biladi. Lekin sovet mustamlakasi davrida bu qadriyatlar vaxshiylarcha, makkorona yo’q qilib tashlanishga harakat qilindi. Chunki sovet tizimining asosiy maqsadi har bir millat ma’naviyati va tarixiy qadriyatlarini yo’q qilib tashlash, sovetlar qulligiga kunikuvchi, unga qarshi chika olmaydigan yangicha duragay millatni yaratish edi.
Sobik to’zim axloq qadamlari o’zib quyilganligiga, millat ma’naviyatiga ta’siri ana shunday xunuk natijalarga olib keladi.
Ma’naviyat yoshlar qoshida muayyan o’rin tutadi. Ma’naviyatni yoshlarimiz ongiga chuqurroq singdirish kerak, ular o’zlari yashab turgan zamonni, ona-Vatani tarixini chuqur bilsin. Xalqimiz orasida yetilib chiqqan, butun millatimizning faxri bo’lib dunyoga tanilayotgan ulug’ allomalar, mutafakkir va sarqardalarni yaxshi o’rganishi, boy tarixiy va madaniy obidalarimizni borib ko’rish orqali ularda vatanparvarlik tuyg’ularining urugini ekkan bo’lamiz.
Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir.
Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi.
Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi.
VАRIАNTI № 13
1. Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati. Ratsionalizm. Empirizm.
2. Hukm tafakkur shakli sifatida.
3. Inson falsafiy muammo sifatida.
Do'stlaringiz bilan baham: |