II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“ Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Inson ma’naviyatini shakllantirishda ekologiyaning qanday aloqasi bor?
2. Ekologik madaniyat tushunchasiga ta’rif bering.
3. «Ekologiya himoyasi — insoniyat himoyasi», degan fikrni izohlang.
4. Quyidagi rasmlarga qarang. Ekologiya himoyachisi qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?
Insonning barkamolligi, madaniyatliligi tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki uning dunyoqarashi,
ma’naviy-ma’rifi y salohiyati bilan belgilanadi.
Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to‘g‘risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko‘rsatkichidir.
Iste’moldan ortiqcha suv oqishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv havzalarini ifl oslantirmaslik, axlatni duch kelgan
joyga to‘kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni parvarishlash kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatning eng oddiy ko‘rinishlari sanaladi.
Bugungi kunda ekologik jarayon murakkab kechayotgani uchun u jamiyat a’zolaridan yangicha fikrlashni, dunyoqarashni, axloqiy, madaniy, ma’naviy yetuklikni talab qiladi. Shu bois ekologik ta’lim va tarbiyani insonga singdirmasdan turib, uni ma’naviy yuksak fazilatlarga ega inson deb ayta olmaymiz.
Bunda eng dolzarb vazifa atrof-muhitni, tabiatni asrash, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni bir yaxlitlikda tushunishni shakllantirishdan iborat.
Ona-tabiatni muhofaza qilish, asrab-avaylash, tabiiy boyliklarni e’zozlash, atrof-muhitni toza va pokiza saqlash va mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish insonning davlat, jamiyat va qolaversa, o‘z oldidagi asosiy burch hamda mas’uliyati hisoblanadi.
Shu bois yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishga va bu sohada xalqimizning boy merosidan keng foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.
Ajdodlarimizning qadimgi va boy ekologik madaniyat sohasida qoldirgan merosini chuqur o‘rganish, ona tuproqni, suvni, havoni, tabiatni asrab-avaylash, musaffo holda avlodlarga qoldirish, yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish muammolari tobora dolzarb bo‘lib borayotganligi sababli atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish masalasi hatto Konstitutsiyamizda ham keltirib o‘tilgan.
Bu bo‘yicha O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov kuyunchaklik bilan quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Asr lar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish, o‘z-o‘zini mahkum etish bilan barobardir...»
«Xarob bo‘lib yotgan yerlar egasiz bo‘lsa, xolisa (ya’ni davlat yerlarini Boshqaruvchi mahkama) tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo‘lsa-yu, obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli
narsalar bersinlar, toki o‘z yerini obod qilib olsin. Yana amr qildimki, xarob bo‘lib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko‘priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga ko‘priklar solsinlar, yo‘l ustida, har bir manzilgohda rabotlar qursinlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |