11-sinf Ma’naviyat asoslari aa 1-dars: Inson — kishilik jamiyatining ijodkori



Download 1,06 Mb.
bet62/114
Sana31.12.2021
Hajmi1,06 Mb.
#261831
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114
Bog'liq
11-sinf Ma'naviyat asoslari

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.

III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1. Muloqot madaniyati deganda nimani tushunasiz?

2. Nima deb o‘ylaysiz? Jamiyat madaniyatsiz va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarsiz yashay oladimi?

3. O‘zaro munosabatlarga kirishning qanday qoidalari mavjud?

4. Do‘stlashish madaniyati deganda nimani tushunasiz? Do‘st tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Har qanday inson ma’lum bir jamiyat vakili hisoblanadi va o‘zini shu jamiyatning madaniyati

va qadriyatlaridan alohida tasavvur eta olmaydi. Jamiyatda insonlar amal qiladigan axloqiy, diniy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafk uraviy va shu kabi munosabatlarning debochasida muloqot turadi. Inson jamiyatda yashar ekan, kim bilan bo‘lsa ham o‘zaro muloqotga kirishadi. Inson muloqotga kirishishi uning shu jamiyatning a’zosi, harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi kuchi sifatida talqin qilinadi.

Muloqot qilishda muomala odobi muhim ahamiyatga ega. Yaxshi muomala baxt-saodatning kaliti. Insonlararo muloqotda namoyon bo‘ladigan odob-axloq belgilari, bu — xushfe’llik, xushmuomalalik, shirinso‘zlik, ochiqko‘ngillik va boshqalardir.

Muloqotning asosiy manbaini so‘z tashkil etadi. Xalqimizda, «Yaxshi so‘z — jon ozigi, yomon so‘z — jon qozig‘i», degan maqol bor. Yaxshi yoki yomon so‘z insonning ruhiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ulug‘ allomamiz Mahmud az-Zamahshariy shunday deydi:

«Ko‘pincha til bilan yetkazilgan jarohat qilich bilan yetkazilgan jarohatdan og‘irroqdir».

So‘zlash va tinglay bilish ham muloqot madaniyatini tashkil etadi. Bu o‘rinda Yusuf Xos Hojib «O‘ynab so‘zlasang ham, o‘ylab so‘zla» degan. Yoki bobolarimiz: «Sen shunday gapirginki, so‘zlaring sadaf qadriga teng bo‘lsin, shunday sukut saq laginki, ul dur-u gavharga aylansin», deya bejiz aytmaganlar. Demak, muloqot jarayonida so‘zlarni tanlab gapirishni, nima deyishni, qaysi paytda tinglashni va sukut saqlashni bilish lozim.

Shirinso‘z, mulohaza-mushohada bilan samimiy muloqotda bo‘lish har bir insonning fazilat va burchidir. Umuman olganda, muloqot kishilarning bir-biriga ta’siri, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash vositasi sifatida o‘zaro munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dunyoda jamiki jonzotlar pinxona va oshkora muloqotga kirishadi. Lekin faqat insonlargina ongli tarzda bir-biri bilan muloqot qiladi. Bir-biri bilan munosabati uning insoniy fazilatlarini ochib beradigan muhim xususiyat, jarayon hisoblanadi.

Tanishish va munosabat o‘rnatish qoidalari insonni muloqotga kirishishi bilan aloqador. Unga ko‘ra, tanishib munosabat o‘rnatishda kiyinishi, o‘zini tutishi, so‘zamolligi va kirishimliligi bilan bog‘liq jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aytishlaricha, kiyimiga qarab kutib oladilar va aqliga qarab kuzatadilar tamoyiliga asosan tanishish va munosabat o‘rnatishda har ikki tomonning qiziqishlari, tafakkur tarzi, ma’naviyati va madaniyatliligi mhisobga olinadi. Munosabat o‘rnatishda har ikki tomon bir-birini tushunishi va anglashi lozim bo‘ladi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish