II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
“ Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Jamiyatni insonlarsiz tasavvur qilish mumkinmi?
2. Inson tushunchasiga ta’rif bering.
3. Nega inson jamiyat ijodkori deyiladi?
4. Rasmlarda kishilik jamiyatining qanday ijodkorlari tasvirlangan?
Inson boshqa mavjudotlardan o‘zining xotirasi, tafakkuri, tili bilan ajralib turadi. Inson faoliyatini boshqaruvchi xatti-harakatlar shu til orqali ajdodlardan avlodlarga uzatiladi. Bu jamiyatda inson faqat madaniyati bilan yuksaklikka ko‘tariladi.
Shuningdek, inson hayotida mehnat asosiy rol o‘ynaydi. Mehnat tufayli inson yashayotgan tabiiy muhitni yaxshilaydi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratadi, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bundan tashqari, mehnat insonning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham juda muhim omil sanaladi. Mehnat tufayli inson tabiat bilan munosabatga kirishadi. Mehnat go‘zallik va farovonlik o‘rtasidagi kashfi yotlar va o‘zgarish lar asosidir. Mehnat yoshlarni nafaqat bugungi kunga tayyorlaydi, shuningdek, yoshlar uchun porloq istiqbolni yaratishga ham chorlaydi.
Inson haqidagi bugungi kungacha turli davlatlarda, turli davrlarda turlicha talqin va ta’rifl ar berib o‘tilgan. Inson va uning mohiyati haqidagi qarashlar dastlab qadimgi Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan. Qadimgi Hindistonda shaxsning kelib chiqishi haqida «inson qayerdan paydo bo‘lgan», «biz qayerda yashaymiz» kabi savollar olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan va insonning ijtimoiy-ma’naviy mohiyati tahlil qilingan. Insonga ta’rif berar ekan, xitoylik Konfutsiy: «Bilish — insonning bilimidir», deb aytgan. Inson tinimsiz o‘z-o‘zini bilish orqali komillik darajasiga erishish imkoniyatiga ega. Nemis olimi Immanuil Kant insonni dunyodagi eng asosiy mavjudotga tenglashtiradi.
Qadimgi yunon faylasufl ari esa insonga o‘zgacha ta’rif berishadi. Xususan, Suqrot, Afl otun kabi allomalar inson hayotini olijanoblik bilan tugatish imkoniyati mavjudligini aytib o‘tishgan. Ularning fikricha, inson ma’naviy mavjudot sifatida ilohiy mohiyatga ega. Vatandoshimiz mutafakkir Abu Nasr Forobiy insonning barcha mavjudotlardan farqi, uning aql-idrokliligida deydi. Yana bir alloma Abu Rayhon Beruniy insonning xudo tomonidan yaratilganini ko‘rsatib, ayni vaqtda uning butun hayoti va jismoniy tuzilishi geografik omillarga bog‘liq ekanini ko‘rsatib o‘tadi.
Osiyolik alloma G‘azzoliyning fi kricha, inson buyuk xilqat va uning oldida mudom xavf-xatar mavjud. U aytadiki, muammolarni, xavf-xatarlarni bartaraf etgan shaxsgina baxtlidir. Buyuk allomalarimiz insonlarga hayotning ma’nosi, insonning ilohiy mohiyatini bilishga intilish, halol mehnat qilib boshqalarga mehr-muruvvatli, rahm-shafqatli bo‘lishni uqtirganlar.
Movarounnahrda uyg‘onish davriga munosib hissa qo‘shgan olimlar ta’limotlarida insonning moddiy va ma’naviy hayoti tabiat bilan uyg‘un holda xarakterlanadi. Ikkisi o‘rtasidagi munosabatlar insonning taraqqiy etishi bilan bog‘liq deb ko‘rsatib o‘tiladi.
Insonshunos olimlarning fikricha, bilimlarni 100 foiz deb olsak, shundan 97 foizini borliq to‘g‘risidagi, atigi 3 foizini inson to‘g‘risidagi bilimlar tashkil etar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |