“Bio-Max-Ziyo” o’quv markazi 9
jarayoni mexanizmi va xlorofill
pigmentlarining yo‘qolishiga sabab
nimada?
natijasida.
11-sinf. 7-12-mavzular Savollar Javoblar Ekologik omillar qanday omillarga
ajratiladi?
Abiotik, biotik va antropogen
Qanday omillar Аbiotik omillar
deyiladi?
Tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan
anorganik tabiat tarkibiy qismlari sanaladi
Abiotik omillar qanday guruhlarga
bo’linadi va ular qaysilar?
4 ga bo’linadi:
1) iqlim omillari; 2) edafik omillar (yunoncha «edafos» – tuproq); 3)
topografik omillar (relyef omillari); 4) fizik omillar
Iqlim omillariga nimalar kiradi?
Yashash muhitining iqlimini shakllantiruvchi omillar:
1) yorug‘lik; 2) namlik; 3) harorat; 4) havo tarkibi; 5) atmosfera
bosimi; 6) shamol tezligi
Edafik omillariga nimalar kiradi?
Tuproqning xususiyatlari: 1) namligi; 2) zichligi; 3) mineral tarkibi; 4)
organik moddalarning miqdori
Topografik omillarga nimalar kiradi?
Joy relyefining o‘ziga xos jihatlari: 1) balandlik (dengiz sathiga
nisbatan); 2) qiyalikning tikligi; 3) qiyalikning ekspozitsiyasi (dunyo
tomonlariga nisbatan joylashuvi)
Fizik omillarga nimalar kiradi?
Tabiatdagi fizik hodisalar: 1) Yerning tortish kuchi; 2) Yerning magnit
maydoni; 3) Ionlashtiruvchi va elektromagnit nurlanishlar
Biotik omillar deb nimaga aytiladi va
ularga misollar ayting.
Tirik tabiat omillari. Biotik omillar fitogen (o‘simliklarning ta’siri),
zoogen (hayvonlarning ta’siri), mikogen (zamburug‘larning ta’siri)
mikrobiogen (mikroorganizmlarning ta’siri) omillarga ajratiladi.
Аntropogen omillar deb nimaga
aytiladi va ularga misollar ayting.
Inson faoliyati bilan bog‘liq omillar bo‘lib, ularga boshqa tirik
organizmlarning yashash muhitlariga va bevosita ularning hayotiy
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi inson faoliyati turlari.
Muhitning qaysi ko’rsatkichlari
turlarning evolutsiyasida uzoq davr
mobaynida nisbatan doimiy holatda
o‘zgarmasdan qoladi?
1) yerning tortish kuchi; 2) quyosh doimiyligi; 3) okean suvlarining tuz
tarkibi; 4) atmosferaning xususiyatlari kabi omillar nisbatan
o‘zgarmasdir.
Qaysi ekologik omillar o‘zgaruvchan
omillar hisoblanadi?
Harorat, namlik, shamol, yog‘ingarchilik miqdori, oziq miqdori,
yirtqichlar va parazitlar soni
Biologik optimum yoki optimum
zona deb nimaga aytiladi?
Ekologik omilning organizm hayot faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirining
eng qulay chegarasi