BILET-14
Biosferadagi tirik moddaning funksiyasi va xususiyatlari: muhit yaratish, gaz almashinuvi, oksidlanish- qaytarilish va transport funksiyalari qanday jarayonlarda namoyon bo„ladi?
Poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda haroratga nisbatan qanday moslanishlar shakllangan?
Dissimilatsiya jarayonida 8 mol glyukoza parchalangan. Agar 2 mol glyukoza to„liq parchalangan bo„lsa, qancha (mol) ATF sintezlangan?
savolga javob: 1) 8 mol glukozadan 2 moli to„liq, 6 moli chala parchalangan va har ikkala jarayonda ham ATF sintezlanadi:
6 mol chala x1=12 mol
2) C6H12O6 + 2H3PO4 + 2ADF = 2C3H6O3 + 2ATF + 2H2O
1 2
2 mol to„liq y= 4 x2= 4 mol hosil bo„lgan sut kislota keying bosqichga o„tib
3) C6H12O6 + 2H3PO4 + 2ADF = 2C3H6O3 + 2ATF + 2H2O to„liq parchanadi. 1 2 2
4 mol x3=76
4) 2C3H6O3 + 6O2 + 28ADF +38H3PO4 = 6CO2 + 44H2O + 38ATF
2 38
5) jami ATF miqdori: x1+x2+x3=12+4+76=92 mol.
2-savolga javob.
Hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan moslanishlar. Evolutsiya jarayonida issiqqonli (gomoyoterm) va sovuqqonli (poykiloterm) hayvonlarda haroratning turli sharoitlariga nisbatan xilma-xil moslanishlar paydo bo„lgan. Bu moslanishlar biokimyoviy, fiziologik, morfologik, etologik
moslanishlarga bo„linadi. Biokimyoviy moslanishlar. Muhitning past haroratida sovuqqonli hayvonlar organizmida ichki muhitini hosil qiluvchi suyuqliklar tarkibida suvning muzlashiga to„sqinlik qiluvchi moddalar to„planadi. Masalan, sovuq haroratli suv muhitida yashovchi baliqlar tanasida muz kristallari hosil bo„lishiga yo„l qo„ymaydigan glikoproteinlar, hasharotlarda esa glitsirin to„planadi. Issiqqonli hayvonlarda moddalar almashinuvi jadalligi ortadi. Fiziologik moslanishlar issiqlik ajralish darajasining o„zgarishi bilan bog„liq, organizmning markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor tarzda boshqariladi. Yuqori haroratda poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda tana yuzasidan suv bug„lanishi hisobiga issiqlikning ajralishi kuchayadi. Sutemizuvchilarda termoregulatsiya teridagi qon tomirlarining kengayishi va torayishi tufayli ta‟minlanadi. Sovuq haroratda hayvonlarda muskullarning beixtiyor qisqarishi – titrash
tufayli issiqlik hosil bo„lishi kuchayadi. Ba‟zi hayvonlar qishda uyquga ketadi (yumronqoziq, sug„ur, tipratikan, ko„rshapalak). Tana harorati doimiyligini saqlashda teri osti yog„ qatlami katta ahamiyatga ega (pingvin, kurakoyoqlilar, kitsimonlar). Tana haroratini bir xil saqlashda qushlar va sutemizuvchilarda to„rt kamerali yurakning bo„lishi, nafas olish organlarining takomillashuvi, organizmning yetarli darajada kislorod bilan ta‟minlanishi orqali moddalar almashinuvida organizmlarning hayotiy jarayonlarga sarf bo„ladigan energiyaning hosil bo„lishi muhim o„rin tutadi. Morfologik moslanishlarga sudralib yuruvchilar tanasi – tangachalar, qushlarning tanasi pat, sutemizuvchilarning tanasi qalin jun bilan qoplanganligi misol bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |