Muhityaratishfunksiyasi muhit (litosfera, gidrosfera, atmosfera)ning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o„zgartirish orqali tirik organizmlar yashashi uchun qulay sharoit yaratish bilan belgilanadi. Ushbu funksiya yuqorida ko„rib o„tilgan energetik va destruktiv funksiyalar bilan bog„liq. Aynan shu funksiya natijasida quyidagi muhim hodisalar ro„y bergan: birlamchi atmosferaning gaz tarkibi va birlamchi okean suvining tarkibi o„zgardi, litosferada cho„kindi jinslar qatlami, quruqliklarda esa unumdor tuproq qatlami hosil bo„ldi.
Gaz almashinish funksiyasi tirik organizmlar tomonidan gazsimon moddalarni o„zlashtirilishi va ajratilishi orqali atmosferaning gaz tarkibi doimiyligini saqlab turishda aks etadi. Kislorod fotosintez jarayonida, karbonat angidrid esa nafas olish jarayonida ajraladi. Yer ostida hosil bo„ladigan metan gazi metan hosil
qiluvchi bakteriyalar tomonidan organik birikmalarning parchalanishi natijasida hosil bo„ladi. Tirik moddaning gaz almashinuv funksiyasiga destruktiv va muhit yaratish funksiyalarining yig„indisi sifatida ham qarash mumkin.
Oksidlanish-qaytarilishfunksiyasi tirik organizmlarda sodir bo„ladigan kimyoviy moddalarning oksidlanishi va qaytarilishi jarayonlarida aks etadi. Masalan, fotosintez jarayonida karbonat angidrid gazi uglevodgacha qaytarilsa, nafas olish jarayonida esa uglevodlar karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi. Xemosintezlovchi temir bakteriyalari faoliyatida temir atomining oksidlanish darajasi o„zgaradi.
BILET-15
Hayvonlarning nafas olish organlari evolyutsiyasi haqida ma‟lumot bering.
Ekologik piramida qoidasining mohiyatini aytib bering. Ekologik piramidalarning qanday turlari bor? Ularning hususiyatlarini tushuntiring.
Laboratoriya ishi. Tirik organizmlarda irsiyat va o„zgaruvchanlikni o„rganish. Kolorado qo„ng„izlaridagi o„zgaruvchanlikni o„rganish.
savolga javob.
Nafas olish barcha tirik organizmlarning hayoti uchun muhim jarayon sanaladi. Tirik organizmlarning yashash muhiti anaerob (kislorodsiz) va aerob (kislorodli) bo„lishi ma‟lum. Evolutsiya davomida dastlabki
tirik organizmlar anaerob sharoitda yashagan, moddalar almashinuvining kislorodsiz parchalanish bosqichidagi kabi glikoliz va bijg„ish natijasida hosil bo„ladigan kam miqdordagi energiya hisobiga yashagan. Atmosferada kislorod miqdorining ortishi kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning paydo
bo„lishiga sabab bo„ldi. Kislorod bilan nafas olish hisobiga moddalarning oxirigacha parchalanishi va hosil bo„ladigan energiya miqdorining ortishi evolutsiya jarayonini tezlashtiradi. Bir hujayrali organizmlar va tuban tuzilgan ko„p hujayralilarda maxsus nafas olish a‟zosi bo„lmaydi. Ular butun tana yuzasi orqali suvda erigan kislorodni diffuziya yo„li bilan qabul qiladi. Keyinchalik nafas olish vazifasini suvda yashaydigan hayvonlarda jabralar, quruqlikda yashovchi hayvonlarda traxeya naylari va o„pkalar bajaradi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarda teri, qushlarda esa havo xaltalari ham nafas olishda ishtirok etadi. Organizmda kislorodni tashish vazifasini maxsus oqsillar bajaradi. Tuban umurtqasizlarda bunday oqsillar plazmada, yuksak umurtqasizlarda esa alohida hujayralarda joylashadi. Xordalilarda bunday vazifani qonning shaklli elementlaridan biri – eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin bajaradi.