3-savol javobi:
Genetic belgilash: Qora rang –B Malla rang – b
Ingibitor (kulrang)-I Noingibitor - i
|
Yechish: Masala shartidan bilinib turibdiki, F2 12 ta kulrang 3 ta qora va bitta malla yungli otlar olingan. Bu noallel genlarning dominant epiztaz ta‟siri bo„yicha borgan irsiylanish (12:3:1)
P: ♀BBII x ♂bbii G: ♀BI x ♂bi F1→BbIi kulrang otlar F2 ni olishda kulrang otlar o„zaro chatishadi.
BbIi x BbIi va F2 da 12 ta kulrang 3 ta qora va bitta malla yungli otlar olinadi.
BI Bi bI bi
|
biya va ayg„irning,
F1 va F2 duragay
|
otlarning genotipi?
|
|
BI
|
BBII kulrang
|
BBIi kulrang
|
BbII kulrang
|
BbIi kulrang
|
|
Bi
|
BBIi kulrang
|
BBii qora
|
BiIi kulrang
|
Bbii qora
|
|
bI
|
BbII kulrang
|
BbIi kulrang
|
bbII kulrang
|
bbIi kulrang
|
|
bi
|
BbIi kulrang
|
Bbii qora
|
bbIi kulrang
|
bbii malla
|
|
Demak, biya va ayg„irning genotipi - ♀BBII x ♂bbii, F1 genotipi BbIi va F2
duragay otlarning genotipi pennet katagida
|
savol javobi:
Agroekosistemalar (yunoncha – «agros» – dala) insonning qishloq xo„jaligi sohasidagi faoliyati natijasida yuzaga keladigan sun‟iy ekosistemalardir. Bularga dalalar, bog„lar, tokzorlar, tomorqalar misol bo„ladi. Agroekosistemalar agrosenozlar deb ham ataladi. Agrosenoz – bu qishloq xo„jaligi mahsulotlarini olishda foydalaniladigan sun‟iy biogeotsenozlardir. Ular doimiy ravishda insonlar tomonidan boshqariladi, ular bir yoki bir necha hayvon zotlari va o„simlik navlarining yuqori hosildorligi bilan ta‟riflanadi. Urbanoekosistemadan farq qilib, agroekosistemalarning asosiy qismini avtotrof organizmlar – o„simliklar tashkil etadi. Agroekosistemalar faqatgina quyosh energiyasidan foydalanadigan tabiiy ekosistemalardan farq qiladi. Bu ekosistemalarda o„g„itlash va sug„orish ishlari amalga oshiriladi. Agroekosistemalar kerakli mahsulotlarni yetishtirib beradi, mazkur mahsulotlarni tovarga aylantiradi va iqtisodiyot rivojiga zamin tayyorlaydi. Agroekosistemalarning hosildorligini oshirish uchun ko„p miqdorda yoqilg„i, kimyoviy moddalar, texnikadan foydalanish uchun energiya sarflanadi. Ba‟zan sarflanayotgan energiya miqdori yetishtirilayotgan mahsulot miqdoridan ortib ketadi. Bu esa iqtisodiy tanglik holatida agroekosis temalarning rentabelligini tushirib yuboradi. Sun‟iy yaratilgan ekosistemalar inson tomonidan doimiy nazoratni talab etadi. Faqat ayrim turdan iborat maxsus ekosistemadan (masalan, g„o„zadan) vaqtinchalik iqtisodiy foyda olish mumkin. Ammo juda katta maydonlardagi g„o„za monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga, uning sho„rlanishiga, zararkunandalarning ko„payishiga va natijada ekosistemaning buzilishiga olib keladi. Almashlab ekishni qo„llash, ekologik jamoaga qo„shimcha tarkibiy qismlarni, masalan, biologik kurashda ishtirok etadigan organizmlar – entomofag (hasharotxo„r), changlantiruvchi asalarilarni qo„shish, ekologik
sistemaning stabillashuviga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |