«Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon.
Shirin so‘zli, qizil yuzli, jodu ko‘zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oyday
suluv, oftobdan ortiq, oy desa og‘zi bor, kun desa ko‘zi bor».
A) Bibi Hilol B) Bibi Oysha
C) Xoljuvon D) Zaydinoy
35. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li 7 yoshga yetganida kim
uning tushiga kirib quyidagi so‘zlarni aytadi?
Sarg‘aygandir Hiloloyning siyog‘i,
Sening otang Yovmit shahrining begi,
Bora solib keta bergin Yovmitga,
Rozi bo‘lsin Hiloloyning arvohi,
Arvoh rozi, Xudo rozi, farzandim...
A) Bibi Hilol B) Hazrat Xizr
C) Ravshanbek D) Gajdumbek
36. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon sherni bir tarsaki
urganda sher nimta-nimta bo‘lib tirqirab ketadi?
A) Rustam B) Qo‘ng‘irboy
C) Xizr D) Go‘ro‘g‘li
37. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Gajdumbekdan qolgan barcha hovliharam
va mol-pullarga kim ega bo‘ladi?
A) Bibi Hilol B) Rustambek
C) Shohdorxon D) Ravshan
38 «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramon tasvirlangan?
«Gajdumbekning cho‘ldagi yilqisini boqib yuradigan yilqiboqar
bolalarning oldida hamma vaqt: «Unday qilinglar, bunday qilinglar», – deb
aytib xizmat buyurib yurar edi. «Men borib, xo‘jayinlarni ko‘rib, salom
berib, yillik pullarni olib, kiyim-kechak qilib kelayin», – deb Zargar
shahriga yetdi».
A) Hamza B) Rustambek
C) Gajdumbek D) Ravshan
39. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Hamza qulni nechta tangaga
sotmoqchi bo‘ladi?
A) 100 tanga B) 1000 tanga
C) 40 tilla D) 9 tanga
40. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi misralarni kim
kimga qarata aytgan?
Suluv qizlar burab qo‘yar sochini,
Mard yigit g‘animdan olar o‘chini.
Bag‘ring kuygandayin bo‘zlab yig‘laysan,
Menga aytgin yig‘laganing vajini!
A) Hiloloy Gajdumbekka B) Hiloloy Ravshanga
C) Ravshan Hiloloyga D) Hamza Ravshanga
41. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Shohdorxon necha
oy yo‘l yurib, o‘z yurti Zargarga yetadi?
A) 2 oy B) 4 oy
C) 3 oy D) 6 oy
42. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi podshoh manmanlik qilib,
dushmanini nazariga ilmaganligi sabab yengiladi?
A) Odilxon B) Shohdorxon
C) Qovishtixon D) Urayxon
43. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning lashkari Taka-
Yovmit Urganch yurtining Asqar degan tog‘iga yetib qo‘nganda qaysi kun
edi?
A) shanba B) dushanba
C) payshanba D) juma
44. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Odilxon podsho: «Bu ham o‘zimning
suyagimda», – deb qizini kimga nikohlab beradi?
A) To‘liboyga B) Qovishtixonga
C) Jig‘alixonga D) Shohdorxonga
45. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni qahramoni Odilxon podshoning qizi kim
edi?
A) Bibi Oysha B) Bibi Xadicha
C) Bibi Fotima D) Bibi Hilol
46. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Yovmit yurtining podshosi kim?
A) Odilxon B) Urayxon
C) Ahmadbek D) Qovishtixon
4 7. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon Odilxon podsho ustiga
qo‘shin tortganda o‘zining o‘rniga kimni qo‘yib ketadi?
A) vaziri Subyonni B) noibi Subyonni
C) vaziri Holmonni D) noibi Holmonni
48. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush vaqtida Odilxonning lashkariga
kim boshchiligida ko‘p lashkar kelib qo‘shiladi?
A) Nu’mon B) Nozim
C) Nazar D) Zamon
49. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida uchraydigan «mushk» nima?
A) qora tusli va xush isli dur
B) qora tusli va xush isli marvaridlar shodasi
C) qora tusli va xush isli suyuq modda
D) qora tusli va xush isli dorivor giyoh
50. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramonning iztiroblari tasvirlangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |