«Ilohi, man o‘zumni dono bilib yurur erdim. Maning bilganim bu
qarinchg‘aning oldida hech nimarsa ekan».
A) Sulaymon B) Manzara
C) Nuh D) Dovud
40. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambarning taqachilik (temirchilik)
hunarini o‘rganganligi va uning qo‘lida temirning xamir kabi yumshaganligi
aytiladi?
A) Yusuf payg‘ambarning B) Dovud payg‘ambarning
C) Nuh payg‘ambarning D) Sulaymon payg‘ambarning
41. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida qaysi podshoh dono, tadbirkor, xalq g‘amini yeydigan hukmdor,
ma’rifatparvar, olim, orif sifatida ko‘zga tashlanadi?
A) Sulaymon payg‘ambar B) chumolilar podshosi
C) Ya’qub payg‘ambar D) Nuh payg‘ambar
42. Rabg‘uziyning bahor haqidagi g‘azalidan olingan quyidagi baytda
qo‘llanilgan «qug‘u», «qil», «os», «tiyin», «kish» so‘zlarining ma’nolarini
toping.
Ko‘kda o‘ynar, qo‘l solishur qug‘u, qoz, qil, qarlug‘och,
Erda yugrub juft olishur os, tiyin, kish, qunduzi.
A) «qug‘u» – oqqush, «qil» – qilquyruq, «os» – oq suvsar, «tiyin» –
olmaxon, «kish» – olmaxonning bir turi
B) «qug‘u» – qarg‘a, «qil» – qilquyruq, «os» – oq suvsar, «tiyin» – bo‘rsiq,
«kish» – suvsarning bir turi
C) «qug‘u» – oqqush, «qil» – qilquyruq, «os» – oq suvsar, «tiyin» –
qarg‘a, «kish» – suvsarning bir turi
D) «qug‘u» – qarg‘a, «qil» – qilquyruq, «os» – oqqush, «tiyin» – olmaxon,
«kish» – olmaxonning bir turi
43 . Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azalining ruknlar tartibi qanday?
A) faulun-faulun-faulun-faul
B) maf’uvlu-mafoiylu-mafoiylu-faulun
C) foilotun-foilotun-foilotun-foilun
D) mafoiylun-mafoiylun-faulun
44. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azalining nechanchi baytida
bahorga nisbatan olam navro‘zi ifodasi qo‘llansa, qishga nisbatan bahman
(ayoz, qahraton, izg‘irin) zamharir (qirovli, qahraton, qattiq sovuq)
sifatlashlari tanlangan?
A) birinchi baytida B) ikkinchi baytida
C) uchinchi baytida D) to‘rtinchi baytida
45. «Qisasi Rabg‘uziy» necha qissadan iborat?
A) 73 qissadan B) 72 qissadan
C) 74 qissadan D) 75 qissadan
46. Quyidagi parcha «Qisasi Rabg‘uziy»ning qaysi hikoyatidan olingan?
«Qo‘yda tildan, yurakdin yaxshiroq yo‘q. Agar yovuz ersa tildin, yurakdin
yovuzroq yo‘q».
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyatidan
B) «Uzum hikoyati»dan
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyatidan
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatidan
47. «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi qaysi qissada bir necha hikoyat, latifa,
bayt, g‘azal va boshqa janr namunalari uchraydi?
A) Yusuf qissasida B) Dovud qissasida
C) Nuh qissasida D) Muso qissasida
48. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida Manzara: «Haq taolodan nima talab qildingiz?» – deganida
Sulaymon payg‘ambar qanday javob beradi?
A) «Bir baxt tiladimki, andog‘ baxt hech kimga berilmish yo‘q».
B) «Bir ilm tiladimki, andog‘ ilm hech kimga berilmish yo‘q».
C) «Bir qalb tiladimki, andog‘ qalb hech kimga berilmish yo‘q».
D) «Bir mulk tiladimki, andog‘ mulk hech kimga berilmish yo‘q».
49. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da Nuh
alayhissalom qaysi jonzotga eng shirin go‘shtni aniqlab kelishni buyuradi?
A) ariga B) chivinga
C) qaldirg‘ochga D) mushukka
50. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumni uchinchi
marta nimaning qoni bilan sug‘oradi?
A) tulkining qoni bilan B) to‘ng‘izning qoni bilan
C) sherning qoni bilan D) ilonning qoni bilan
51. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan
«ma’siyat» so‘zining ma’nosini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |