E=170:1=170
t=mF:EI=85*96500/170*2=24125 sekund
1-savol javobi
:
Idishga azot va vodorodni solamiz va idish qopqog‘ini berkitamiz. Ma’lum sharoit hosil qilinganda azot va vodorod
molekulalari o‘zaro ta’sirlashib, ammiak molekulasini hosil qila boshlaydi.N
2
+ 3H
2
=2NH
3
Natijada
idishda azot
va vodorodning miqdori kamayib, ammiakning miqdori ortib boradi. Shu bilan
birgalikda azot va vodorod
molekulalarini bir-biri bilan ta’sirlashish ehtimolligi kamayadi. Endi azot va vodoroddan ammiak hosil bo‘lishi
o‘rniga, ammiak molekulasi parchalanib, azot va vodorod molekulalari hosil bo‘la boshlaydi. Ya’ni reaksiya teskari
yo‘nalishda boradi.
2NH
3
= N
2
+ 3H
2
Kimyoviy reaksiyalarni 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin:
1. Qaytar reaksiyalar;
2. Qaytmas reaksiyalar.
Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq
aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalardeyiladi. Qaytmas reaksiyalar shunday reaksiyalarki, reaksiya natijasida
hosil bo‘lgan mahsulotlar parchalanib yoki o‘zaro reaksiyaga kirishib dastlabki moddalarni hosil qilmaydi. Mis
metallining konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyasida olingan mahsulotlardan, ya’ni azot (IV) oksid, mis (II)
nitrat va suvni o‘zaro reaksiyaga kirishtirib metall holidagi misni olib bo‘lmaydi.
Cu + 4HNO
3
= Cu(NO
3
)
2
+ 2NO
2
+ 2H
2
O
Shuningdek temir va oltingugurtni reaksiyaga kirishtirib olingan temir (II) sulfid shu haroratda yana temir metali va
oltingugurtga parchalanmaydi.Fe + S = FeS
Quyidagi hollarda kimyoviy reaksiyalar qaytmas bo‘ladi:
1. Reaksiya mahsulotlari reaksiya doirasidan cho‘kma yoki gaz holda chiqib ketsa, masalan:
CaCl
2
+ H
2
SO
4
=CaSO
4
+ 2HCl
K
2
CO
3
+ 2HCl = 2KCl + CO
2
+ H
2
O
2.
Kam ionlanadigan birikma, masalan, suv hosil bo‘lsa,
NaOH + HCl NaCl + H
2
O
3. Reaksiya davomida katta miqdorda energiya ajralsa, masalan, magniyning yonishi:
2Mg + O
2
= 2MgO ΔH = - 602,5 kj/mol
Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
Qaytar reaksiyalarda kimyoviy jarayon qarama-qarshi tomonda sodir bo‘ladi. Ya’ni, avval reaksiya mahsulotlari va
ayni daqiqada reaksiya mahsulotlaridan dastlabki moddalar ham hosil bo‘ladi. Qaytar reaksiyalarning
tenglamalarida chap va o‘ng qismlari orasida qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan ikkita strelka qo‘yiladi.
Oltingugurt (IV) oksidi
suv bilan reaksiyaga kirishib, sulfid kislota hosil qiladi:
SO
2
+ H
2
O = H
2
SO
3
Bu reaksiyada hosil bo‘layotgan sulfit kislotaning eritmadagi miqdori ortib borishi bilan teskari reaksiya ham
sodir bo‘la boshlaydi.
H
2
SO
3
= SO
2
+ H
2
O
Chapdan o‘ngga boradigan reaksiya to‘g‘ri reaksiya, o‘ngdan chapga boradigan reaksiya
teskari reaksiya deb
ataladi.
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, harorat,
gazsimon
moddalar uchun esa bosim ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu parametrlardan bittasi o‘zgarganda muvozanat buziladi va
reaksiyaga kirishayotgan barcha moddalarning konsentratsiyalari yangi muvozanat
qaror topguniga qadar
o‘zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalarning boshqa qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir
muvozanat holatidan boshqasiga o‘tishi kimyoviy muvozanatning siljishi (yoki surilishi) deyiladi.
Muvozanatning siljishi 1884-yilda kashf etilgan Le-Shatelye prinsipiga bo‘y sunadi. Le-Shatelye prinsipi
quyidagicha ta’riflanadi: Kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (harorat,
bosim yoki konsentratsiya) o‘zgartirilsa, muvozanat tashqi ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomoniga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: