Savol
11.Respublika bank tizimini rivojlantirishning 2011-2015 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiyasida qanday ustuvor yo’nalishlar belgilangan?
Javob
Respublika bank tizimini rivojlantirishning 2011-2015 yillarga mo’ljallangan Kontseptsiyasida quyidagi ustuvor vazifalar belgilangan:
Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini ko‘paytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish;
omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish va bank tizimiga aholi hamda xorijiy investorlarning ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibali omonatlar va depozitlarni tatbiq etish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan aholi hamda xo‘jalik subyektlarining bo‘sh mablag‘larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan xalqaro normalar, mezonlar va standartlarga asoslangan hamda alohida banklar va umuman bank tizimining butun dunyoda qabul qilingan yanada yuksakroq baholash ko‘rsatkichlari darajasiga chiqish yo‘lidan olg‘a siljib borishini xolisona baholash imkonini beradigan tijorat banklari va butun moliya-bank tizimi faoliyatini baholash va tahlil qilishning zamonaviy tizimini joriy etish;
moliya-bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlar qabul qilish;
tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklari ishtirokini yanada kengaytirish, loyihalarni ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimini takomillashtirish, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida oldini olish choralarini ko‘rish yo‘li bilan tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash;
nobank moliya tashkilotlari, lizing, sug‘urta va auditorlik kompaniyalarining rolini yanada oshirish hamda tarmog‘ini rivojlantirish, xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi va ko‘lamini kengaytirish, moliya bozori infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning g‘oyat muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasi rivojlanishini rag‘batlantirish;
tijorat banklarida hisob-kitob va hisobotlarning yangicha yondashuvlarini shakllantirish hamda zamonaviy texnologiyalari va uslublarini joriy qilish, moliya-bank axboroti saviyasi hamda sifatini oshirish, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlash;
respublika tijorat banklari va moliya institutlarini dunyoda qabul qilingan standartlar, uslubiyatlar va baholash ko‘rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, professional tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |