11.Modul; Uzun liniyalar.
11.1. Mavzu; Tarqoq parametrli zanjirlar.
Reja.
1.Tarqoq parametrli zanjirlar tuzilishi va tushunchasi.
2. Tarqoq parametr zanjir tenglamasi.
Tarqoq parametrli zanjirlar to‘g‘risida tushuncha.
Elektr energiyani uzatish uchun mo‘ljallangan xovo tarmoqlarida elektromagnit jarayonlarni taxlil qilishda, elektr va magnit maydonlarni butun liniya bo‘ylab tarqalganligini e’tiborga olish kerak ya’ni elektromagnit maydon energiyasi butun tarmoq uzunligi bo‘ylab issiqlik energiyasiga aylanadi.
Tarqoq parametrli elektr zanjirlarga elektr uzatish liniyalari, telefon va telegraf liniyalari, radiotexnik televizion kanallarni koaksial liniyalari.
Tarmoqlar uzunligi bo‘yicha bo‘ylama qarshilik Zga va ko‘ndalang o‘tkazuvchanlik Yga ega.
Bu parametrlar tarmoqdagi tok va kuchlanishni o‘zgarishiga olib keladi, tarmoqni bo‘ylama qarshiligini va ko‘ndalang o‘tkazuvchanligini o‘zgarish xarakterini ko‘rib chiqamiz.
B) Birlamchi parametrlari. 2-rasmda keltirilgan ma’lum L km uzunlikka ega bo‘lgan ikki simli liniyani oxirida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan xolatdagi rejimini ko‘ramiz.
Tajriba yo‘li bilan tarmoqni kirish qarshiligi Rvx ni aniqlaymiz. Tormoqni birlik uzunligi uchun aktiv qarshiligi quyidagicha: xar bir kilometr uchun Om/km birlikda ifodalanadi.
2-rasm. Ikki simli tarmoqni sxemasi.
Ajratilgan uchaskadan tok oqishi natijasida magnit oqimi xosil bo‘ladi va tarmoqdagi tokni ilashgan magnit oqimlariga munosabati konturni induktivligini tashkil qiladi.
, Birlik uzunlik uchun tarmoq induktivligi
Tarmoqni bo‘ylama qarshiligi aktiv-induktiv xarakterga ega va bir jinsli tarmoqni qismlari uchun aktiv qarshilik va induktivligi quyidagicha tasvirlanadi
Bu qarshilik simlar orasidagi kuchlanishni o‘zgarishiga olib keladi.
Tarmoqni ko‘ndalang o‘tkazuvchanligini olingan tarmoqni salt ishlash rejimi orqali tushuncha beramiz. Tarmoqni bu qismi bir-biridan izolyatsiya qilingan tok o‘tkazuvchi qismlari orasida ma’lum bir sig‘imni tashkil qiladi va zaryadlarni to‘planishi sodir bo‘ladi.
Ajratilgan liniya uzunligi uchun sig‘im va o‘tkazuvchanlik ga teng ko‘ndalang o‘tkazuvchanlik xarakterini belgilab ayni qism uchun doimiy qiymatlar xisoblanadi.
3-rasm.
R0 ,G0 ,L 0 ,C0 birlamchi parametrlar deyiladi va tarmoqni asosiy xarakteristikasini belgilaydi. Birlamchi parametrlar tarmoqni geometrik o‘lchamiga va sim va muxitni elektrotexnix xarakteristikasiga bog‘liq.
Agar tormoqni uzunligi bo‘yicha simlarni ko‘ndalang kesim yuzasi va ularni joylashishi xamda muxitni elektrotexnik xarakteristikasi o‘zgarmasa bunday tarmoqlar bir jinsli tarmoqlar deyiladi.
Agar tarmoqni bo‘ylama qarshiligi xar-xil bo‘lsa va ko‘ndalang o‘tkazuvchanligi bir xil bo‘lmasa bunday tarmoqlar(liniyalar) bir jinsli bo‘lmaydi.
Tarmoqni bo‘ylama qarshiligi va ko‘ndalang o‘tkazuvchanligi chiziqli xarakteristikaga ega bo‘lsa bu tarmoqlar chiziqli tarmoqlar deb yuritiladi.
V) Joylashtirish sxemasi. Tarmoqdagi jarayonlarni taxlil qilish uchun joylashtirish sxemasini tuzib chiqamiz, joylashtirish sxemasi cheksiz kichik qismlarga ajratilgan uchastkalardan iborat. Xar bir uchaska aktiv va induktiv qarshilikdan R0 , L 0 , va aktiv G0 xamda C0 o‘tkazuvchanlikdan iborat ko‘rinishda ifodalash mumkin.
4-rasm.Tarmoqlarni joylashtirish sxemasi.
35-kV gacha bo‘lgan elektr energiyani uzatish tarmoqlarida kunning quruq vaqtlarida;
G0 sizish toklarini e’tiborga olmasak xamda sig‘im toklarini S0 xam e’tiborga olmasimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |