kitobida sovet davrining so’ngi yillari inqirozi masalalarining aks etishi.
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidan o’rin olgan Islom
Karimovning O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashi tarixi rahbar kadrlarga ibrat va
namuna bo’lishi shubhasiz. Jumladan, uning strategik qarorlar qabul qilish tajribasi,
muammoning nostandart yechimlarini ilgari surishi, rahbar kadrlar mas’uliyatini oshirish,
ularning ishga munosabatini tubdan o’zgartirish borasidagi mulohazalari, rahbar kadrlarni
tanlash va ularni joy-joyiga qo’yishda yangicha yondashuv va mezonlarni ilgari surishi,
rahbar kadrlarning xalqqa munosabatini o’zgartirish talabini qo’yishi bilan bog’liq fikrlar
rahbar kadrlar mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari:
Vaziyatga holis baho berish;
Marrani baland olib faoliyat yuritish;
Milliy taraqqiyot yo’lida barcha sog’lom kuchlarni birlashtirish;
Odamlarning bugungi va ertangi kunga ishonchini mustahkamlash;
So’z va ish birligi;
Xonanishinlik, kabinetdan chiqmay ish yuritish printsipining inkor etilishi;
Islom Karimov respublika rahbari bo’lib ish boshlagan birinchi kunlaridanoq inson
manfaatlarini, xalqimiz manfaatlarini eng asosiy ustuvor masala sifatida kun tartibiga
qo’ydi. Buni Yurtboshimiz 1989 yil 24 iyunda Ministrlar sovetida bo’lib o’tgan
yig’ilishdagi nutqi yaqqol tasdiqlaydi. Ushbu nutqning asosiy qismi butun yurtimiz,
jumladan, Farg’ona vodiysida yashayotgan aholining o’tkir muammolarini xal qilish,
xususan, odamlarni ish bilan, qo’shimcha daromad manbalari bilan ta’minlash, mahalliy
muhandis-texnik kadrlar, ishchilarni tayyorlash, yoshlarga e’tibor, ijtimoiy sohadagi
adolatsizliklarga barham berish masalalariga bag’ishlangan edi. Ijro intizomining talab
etilishi kabi Islom Karimovga xos xislatlarni yangi avlod rahbar kadrlarida qaror toptirish
muhim ahamiyat kasb etadi
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”kitobida mamlakatimizda istiqlolga
erishish, xalqimizning qonuniy manfaatlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi ichki
siyosatga daxldor eng ustuvor masalalar Vatanimizning jahon hamjamiyatidan munosib
o’rin egallashi, tenglar ichida teng bo’lishini ta’minlashdek tashqi siyosatga oid ulug’vor
vazifa bilan birgalikda olib borilganini ko’ramiz. Bu o’z navbatida Islom Karimovning
zamonaviy O’zbekiston davlatchiligini tiklash va rivojlantirishning barcha masalalarining
kontseptsiyasini kompleks tarzda ishlab chiqqani va bir butun holda, o’zaro uzviy
bog’liqlikda amalga oshirgani, uning naqadar uzoqni ko’zlab ish tutadigan siyosatchi
ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Ya’ni, davlat, mamlakat yaxlit bo’lgani, uning o’z oldiga
qo’ygan umumiy strategiyaga – ana shu davlatning milliy manfaatlarini himoya qilish va
mustahkamlash strategiyasiga buysundiriladi. “O’zbekiston mustaqillikka erishish
ostonasida” kitobidan o’rin olgan barcha chiqishlar, noyob hujjatlar misolida bu haqiqatga
to’la ishonch hosil qilishimiz mumkin.
Haqiqatan ham, Islom Karimov O’zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan birinchi
kunlardanoq, qanchalik og’ir va murakkab bo’lmasin, ichki va tashqi siyosat masalalarini
bir nuqtadan – faqat va faqat respublikamiz manfaatlaridan turib hal etish bo’yicha keng
ko’lamli faoliyat olib boradi
Rossiyaning “Izvestiya”, “Komsomolskaya pravda”, “Rabochaya Tribuna”,
Germaniyaning “Di TSayt”, Hindistonning “Tayms of India” singari jahondagi nufuzli
nashrlarga bergan intervyulari, respublika va Ittifoq miqyosidagi katta yig’ilishlardagi
chiqishlarida, ayniqsa O’zbekiston Oliy Kengashining 1992 yil 4 yanvardagi navbatdan
tashqari to’qqizinchi sessiyasida so’zlagan ma’ruzasida yurtimizning ichki hayotidagi
o’zgarishlar, real vaziyat mustaqil tashqi siyosat yuritishni taqozo etayotganini asoslab
beradi. Muallifning fikricha mustaqil tashqi siyosat – mustaqil milliy davlatchilikning eng
muhim ustuvor atributi va shartidir. SHuni aytish kerakki, O’zbekistonning ichki siyosati
qanchalik chuqur o’ylangan bo’lsa, uning tashqi siyosati ham aynan ana shu tamoyillarga
asoslangan holda ishlab chiqilgani va amalga oshirilgani mazkur kitob sahifalarida
atroflicha yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |