11-Modul: O’zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari


Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati. 1991 yil avguts voqealari



Download 415,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana22.08.2021
Hajmi415,25 Kb.
#153952
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-мавзу

7.Mustaqillik Deklaratsiyasi va uning ahamiyati. 1991 yil avguts voqealari. 

SSSRning tanazzulga yuz tutishi 

1. 1950-70 O’zbekistondagi iqtisodiy hayot. Paxta yakkahokimligi. 

1950-80 yillar O’zbekiston tarixi o’ta murakkab davrlardan biri bo’lib, bir tarafdan, 

O’zbek xalqining fidokorona mehnati sabab respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi, 

ikkinchi  tarafdan,  totalitar  tuzum,  ma’muriy  buyruqbozlikning  kuchayishi  natijasida 

iqtisodiy  ma’naviy  xayotda  bir  qator  muammolar,  nohush  holatlar  to’planib  borib, 

pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.  

O’zbekistonni sanoatlashtirish VKP (b) ning XVIII s’ezdi va O’zKP  (b) MQning 

IX plenumidan keyin katta kuch bilan kengayib ketdi. Xalq xo’jaligining o’sib borayotgan 

ehtiyojlari,  mamlakat  iqtisodiyotida  SSSRning  asosiy  xom  ashyo  bazasi  bo’lgan 

O’zbekiston respublikasida og’ir sanoatni tez sur’atlar bilan rivojlantirishni, mamlakatning 

ulkan  tabiiy  boyliklaridan  foydalanishni  qattiq  talab  qildi

1

.  1946-1950  yillar  maboynida 



respublikamizda 150 ta yirik sanoat korxonalari qurib ishga tushirildi. Sanoatning yangi 

tarmoqlari  qora  va  rangli  metallurgiya,  stanoksozlik  vujudga  keldi.  Ikkita  yirik 

“CHirchiqselьmash”    va  “O’zbekselьmash”    mashinasozlik  zavodalari  qurilib  ishga 

tushirildi. 1950 yilda 1946 yilga nisbatan mashinasozlik 19 barobar o’sdi, tabiiy gaz olish 

3  barobar  o’sdi,  elektroenergiya  480  mln.dan  2.665  mln.kvt  soatga  yetdi,  yengil  va 

to’qimalik sanoati 128.7 foizga ko’paydi. Besh yil ichida respublika jami sanoat mahsuloti 

183  foizga  ortdi.  Qo’qon  shahar  zavodining  Ukrainaga  ko’chirilishi  munosobati  bilan 

shakar  va  spirt  ishlab  chiqarish  bajarilmagan  edi.  Ximiya,  uy-joy  qurilishi  sohalari 

bo’yicha  ham kapitalni o’zlashtirish bo’yicha belgilangan rejalar bajarilmadi. Biroq bu 

besh yillikda  ittifoq miqyosidagi korxonalarning mahsulti 4.8 barobar ko’paygan holda, 

respublika  boshqaruvida  bo’lgan  mahalliy  sanoat  atigi  8  %  ga  o’sdi  holos.  1951-1955 

yillarga mo’ljallangan birinchi besh yillikda yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqarishini 54 

foizga, yalpi qishloq xo’jalik mahsulotini 50 % o’stirish, po’lat ishlab chiqarish 80 foizga, 

prokat ishlab chiqarish 70 foizga ko’paytirish mo’ljallandi.  Xalq xo’jaligiga sarf qilingan 

mablag’  oldingi besh  yillikdagiga  nisbatan ikki  barobardan  ko’proq  bo’ldi.  Samarqand 

superfasfat  zavodi,  Oltin  topgan  qo’rg’oshin-qalay  kombinati,  Toshkent  chini  zavodi, 

CHirchiq shisha zavodi, Quyibo’zsuv, 2 ta Namangan  GESlari, Andijon GRESlari ishga 

tushirildi.  Elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  1950  yildagi  2,682  mln.kvt.soatdan  1955 

yilda 3,880 mln.kvt.s ga yetdi. Qo’mir qazib olish 70 foizga, mashinasozlik ikki barobar, 

mineral  o’g’itlarni  ishlab  chiqarish  81  foizga,  to’qimachilik  sanoati  15  foizga  o’sdi.  50 

yillarning  ohirlarida  1300  dan  ortiq  fabrika  va  zavodlarni  birlashtirgan  sanoatning  70 

tarmog’i  mavjud  edi.  Biroq  beshinchi  besh  yillik  rejaning  bajarilish  yakunlarini  tahlil 

                                                           

1

 Qizil O’zbekiston. 1949 yil, 25 fevral.  




qiladigan  bo’lsa  bu  davrda  sanoat  mahsulotining  yillik  o’sish  darajasi  keskin  kamayib 

bordi. Oldingi muammolarning birontasi ham hal qilinmadi.  

1.Energetika sohasi boshqa tarmoqlarining rivojlanishidan orqada qolmoqda edi.  

2.Yildan yilga kapital qurilishi bo’yicha rejalar bajarilmay qolaverdi.  

3.Neft  konlarini  qidirib  topish  ishlarining  qisqarishi  tufayli  neftni  qazib  olish 

pasaydi.  

4.Yengil  sanoatning  25  foiz  korxonalar  mahsulot  ishlab  chiqarish  bo’yicha 

ko’rsatkichlarni bajarmadilar.  

5.Mehnat  unumdorligining  o’sish  darajasi  pasayib  bordi.  Rejalar  asosan  xalq 

xo’jaligini jadal rivojlantirish hisobiga bajarildi.  Besh yil ichida xalq xo’jaligiga kapital 

mablag’ sarflash 2.3 barobar  ko’payishiga qaramay,  yalpi sanoat mahsuloti zo’rg’a  1.6 

barobar  mehnat  unumdorligi  esa  1.2  barobarga  o’sdi.  Bu  dalillardan  ko’rinib  turibdiki 

kapital mablag’larni sarflash kutilgan samaradorlikni bermadi.  

6.Respublikada  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  joylashtirish  notekis  edi.  Masalan 

1955  yilda  yalpi  sanoat  mahsulot  ishlab  chiqarishda  Toshkent  viloyatining  hissasi  39.8 

foiz bo’lgani holda Surxandaryo viloyati hissasi esa 1.7 foizga to’g’ri keldi.   

1958-1965  yillarda  yana  142  sanoat  korxonalari  qurildi

2

. 1965  yilda O’zbekiston 



milliy daromadining 35,3% i sanoat ishlab chiqarish ulushiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 1970 

yilda  40%  dan  oshdi.  O’rtacha  yillik  o’sish  sur’atlari  elektr  energetikada  11,4%,  rangli 

metallurgiyada 14%, neftni qayta ishlash sanoatida 13,2%, gaz sanoatida 19,8%, ximiya 

sanoatida 1,5% bo’ldi

3

. 1985 yilga kelib respublika 1549 ta sanoat korxonalariga ega bo’ldi 



va  ishlab  chiqarishning  yalpi  daromadi  1960  yilga  nisbatan  5  baravarga  o’sdi

4

.  Katta 



zahiraga ega bo’lgan ko’mir, neftь, gaz kabi boyliklar ishga solindi va qudratli yoqilg’i 

sanoati barpo etildi. 1965 yilda gaz qazib olish 8 baravar ko’payib, 1970 yilda 32 mlrd kub. 

metrdan oshdi. O’zbekistonning gaz sanoati tarmoqlari O’rta Osiyodan tashqari Rossiya 

Federatsiyasining eng katta sanoat markazlarini doimiy ta’minlab turgan. Sovet boshqaruvi 

yillarida  O’zbekiston konlaridan  yiliga o’rtacha 20 mlrd. kubometrgacha tabiiy gazning 

olib ketilishi oqibatida gaz zahiralari ancha kamaydi

5



O’zbekistonda 60 yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, CHodak, 



Konbuloq oltin konlari, Farg’ona vodiysi daryo o’zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, 

Zarafshon,  Hisor,  Pomir  tog’larida  oltin  tarkibli  kvarts  tomirlari  va  rudalar  mavjudligi 

aniqlandi. Respublika hududida 30 oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog’ 

boyitish  kombinati, Marjonbuloq kombinati  qurildi.”O’zbek oltin”  birlashmasi tuzilgach 

uning  tarkibida  CHodak  boyitish  kombinati  (1965),  Angrenda  Oltin  saralash  fabrikasi 

ishga tushirildi.  

Sovet  hokimiyati  yillarida  bunyod  bo’lgan  sanoat  markazlari,  xususan,  CHirchiq, 

Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Zarafshon, Muborak kabi shaharlarda asosan boshqa 

millat vakillari, ya’ni mamlakatning turli mintaqalaridan ko’chirib va ko’chib kelgan ishchi 

kadrlar  joylashdi.  SHu  tariqa  respublikadagi  sanoat  shaharlar  ham  ko’p  millatli  bo’lib 

bordi.    O’zbekistonning  industrial  davlatga  aylantirilishi  uning  iqtisodiy  mustaqilligini 

mustahkamlashda  muhim  hissa  qo’shsa-da,  avvalgidek  xom  ashyo  yetkazib  beradigan 

respublika bo’lib qolaverdi. Qayta ishlovchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat 

                                                           

2

 Sovet O’zbekistoni. 1965 yil, 20 oktyabr. 



3

 Sovet O’zbekistoni ishchilar sinfi tarixi. – Toshkent: Fan, 1974. – B. 308. 

4

 Народное хозяйство Ўзбекской ССР в 1985 году. стат. ежегодник. – Ташкент: Узбекистан, 1986. – 



С.13, 46. 

5

  Donoqulov  X.  Mustabid  tuzum  davrida  O’zbekistonda  neft-gaz  sanoati  //  Jamiyat  va  boshqaruv.  – 



Toshkent, 2003. - №1. – B. 59. 


tarmoqlari  keng  rivojlanishiga  to’sqinlik  qilinib,  respublika  sanoati  bir  tomonlama 

ixtisoslashti-rildi

6

.  Umumiy  ta’kidlaganda,  sanoat  ishlab  chiqarish  umumiy  hajmining 



60%i  xom  ashyo  va  yarim  fabrikatlarga  to’g’ri  keldi

7

.  Mahalliy  rahbariyat  tarafidan 



kadrlarni milliylashtirishga katta harakatlar qilinsada, markaz avvalgidek respublika sanoat 

ishchi  guruhlarini  ittifoq  tuzumining  ijtimoiy  tayanchi  sifatida  ruslashtirishi, 

respublikalararo ko’p yillik sun’iy migratsiya natijasida sanoat ishlab chiqarishi ko’proq 

joylashgan yirik shaharlarda mahalliy aholini siqib chiqarish va bu joylardagi barcha yirik 

sanoat  muassasalari  ittifoqning  tassarrufida  bo’lgani  uchun  ko’chirib  kelinganlar 

joylashtirildi.  Barcha  besh  yilliklar  davrida  respublikada  ko’p  millatli  kadrlarini 

yetishtirish, o’lkaning boy tabiiy resurslarini jadal o’zlashtirish jarayonlari bilan birgalikda 

bordi


8

.  O’zbekistonda  ittifoq  markazining  manfaatlarini  ko’zlab  ko’p  millatli 

shaharlarning,  yangi  zamonaviy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarining  barpo  etilishi  va 

rivojlanishi,  markazdan  kadrlarning  yildan-yilga    ko’plab  jo’natilishi  oqibatida  bu  yerda 

aholi  o’rtasida    mehnat  taqsimoti  jiddiy  ravishda  o’zgardi.  Ayniqsa  1960-1980  yillarda 

O’zbekistonga  ittifoqning  markaziy  mintaqalaridan  odamlarni  ko’chirib  keltirish  keng 

miqyosda  davom  etdi.  Tub  yerli  millatga  mansub  ishchilar  soni  respublikadagi  sanoat 

ishchilari umumiy miqdorining ko’payishidan ancha orqada qoldi. 1979 yilgi butunittifoq 

aholi  ro’yxatlariga  ko’ra  O’zbekiston  xalq  xo’jalik  tarmoqlarida  ishlovchilarning  o’z 

millati  umumiy  soniga  nisbatan  to’g’ri  keladigan  salmog’i  o’zbeklar  orasida  37,2%, 

qozoqlar  orasida  36,6%,  qoraqalpoqlar  orasida  51,1%  da  edi

9

.  O’zbekiston  tub 



millatlarining mehnat bilan shug’ullanish darajasi respublikadagi o’rtacha ko’rsatkichdan 

ham  pastroq  bo’lgan.  Bu  hududda  sanoat  tarmoqlari  uchun  mahalliy  rahbar,  ishchi, 

muhandis va qishloq xo’jalik kadrlarini tayyorlash bilan birga ularning sonini muntazam 

ravishda  ko’paytirib  borishga  alohida  masala  sifatida  qaralishi  zarur  bo’lgan.  Biroq 

mutaxassis kadrlarni tayyorlashda respublikaning o’ziga xos ijtimoiy-milliy va demografik 

hususiyatlari  inobatga  olinmadi.  Bir  va  besh  yillik  rejalarda  ham  yuqori  organlar  faqat 

mehnat  unumdorligining  o’sishi,  belgilangan  reja  qanday  bo’lmasin  bajarilishi,  qo’l 

mehnatini  mexanizmlar  bilan  almashtirish,  ish  haqi  fondi  va  ishchi,  mehnatkashlarning 

soni  bo’yicha  ko’rsatkichlar  tasdiqlangan

10

.  Ammo  mehnat  resurslarining  sifati,  ya’ni 



kadrlarning  ma’lumot  darajasi,  malakasi,  ijtimoiy  holati,  oliy  va  o’rta  ma’lumotli 

mutaxassislarning  ishchi  va  xizmatchilar  umumiy  soniga  nisbatan  salmog’i  va  boshqa 

ko’rsatkichlarga yetarli e’tibor berilmadi.  

O’zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi o’rinni egallaydi. 1950-1980 

yillarda  yerning  meliorativ  holatini  yaxshilash,  yangi  yerlarni  o’zlashtirish,  sug’orish 

inshoatlarini  qurish  ishlari  avj  oldirildi.  Bu  ishlar  Respublika  qishloq  xo’jaligida  paxta 

monokulьtura sifatida rivojlantirildi. Respublikada 30 tsentnerchilik harakatida minglab 

paxtakorlar qatnashdilar. Bu harakatda Zamira Mutalova, Mehriniso Ubaydullaeva kabilar 

mehnatda katta jasorat ko’rsatdilar. Paxtachilik 1947 yilda 1940 y darajasiga yetib, 1950 

yilda  davlatga  2.116  ming  tonna  paxta  sotildi.  Hosildorlik  gektaridan  14.7  tsentnerdan 

(1940y)  21.1  tsentnerga  (1950  y)  yetdi.  SHu  bilan  birga  paxta  yakka  hokimligi, 

                                                           

6

  Bobojonova  D.  O’zbekistonda  milliy  ishchi  kadrlar  tayyorlash  tajribasidan  //  O’zbekistonda  ijtimoiy 



fanlar. – Toshkent, 1997. - №3-4. – B. 35. 

7

 Sanoat ishchilari milliy kadrlarining shakllanishi // O’zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1990. - №6. –



B. 91. 

8

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi, 58-fond, 23-ro’yxat, 112-ish, 6-varaq. 



9

  O’zbekistonning  demografik  rivojlanishi  va  ish  bilan  ta’minlanish  problemalari  //  O’zbekiston 

kommunisti. – Toshkent, 1985. - №3. – B. 45 . 

10

 Toshmurodov T. Kadrlarni tayyorlash va ulardan samarali foydalanish. – Toshkent: O’zbekiston, 1985. – 



B. 24. 


paxtachilik  mexenizatsiyalashtirish  va  ximiyalashtirish  harakati  ko’chaydi.  1948  yilda 

paxta  terish  mashinalari  ishlab  chiqarilgach,  g’o’za  bargini  to’kishda  butifos  va 

merkaptopos qo’llanila boshladi.  

CHorvachilik sohasida bajarib bo’lmaydigan noaniq rejalar qabul qilingan ediki, 

natijada bu vazifalar bajarilmadi. Ipakchilik sohasida esa 1940 yildagi 685.4 tonna o’rniga 

1950 yilda tonna pilla davlatga sotilib, katta yutuqqa erishildi.  

1954  yilning  fevralida  sobiq  hukmron  firqa  markazkomining  va  Sobiq  ittifoq 

hukumati  “O’zbekiston  SSRda  1954-1958  yillarda  paxtachilikni  yanada  rivojlantirish 

to’g’risida”  qaror  qabul  qilinib,  unda  suv  xo’jaligini  yaxshilash,  paxta  yetishtirishni 

mexanizatsiyalashtirish,  kadrlar  tayyorlashga  katta  e’tibor  berildi.  1958  yilda  MTSlar 

qayta qurilib, ko’plab mashina va traktorlar kolxozlarga sotildi. 1953-1955 yillarda 130 

ming  gektar  yangi  yerlar  o’zlashtirildi.  Traktorlarning  soni  qishloq  xo’jaligida  33.5 

mingdan (1951 yil) 46.8 mingtaga (1955 y) yetib, 40 foizga ko’paydi. MTSlardagi paxta 

terish  mashinalarining  soni  3.3  mingdan  15.1  mingga  yetdi.  1950  yilda  1,1  mln  gektar 

yerga g’o’za ekilgan bo’lsa, 1985 yilda qariyib 2 mln. gektar  yerga g’o’za ekildi. Paxta 

xom ashyosi shu yillarda 2,3 mln tonnadan, 5,4 mln tonnaga yetdi. 1985 yilda respublika 

paxta  maydonlari barcha ekin  maydonlarining uchdan ikki qismini  egallardi.  1963  yilga 

kelib,  O’zbekistonda  1400  kolxoz  va  182  savxoz  faoliyat  ko’rsatayotgan  edi.  Qarshi, 

SHerobod,  Amu  Buxoro  magistral  kanallari  qurilib  ishga  tushirildi.  Qishloq  xo’jaligini 

mexanizatsiyalash sohasida ham ma’lum ishlar qilindi. 1964 yilda kolxoz va sovxozlarga 

64 ming traktor 16.4 ming paxta terish mashinalari, 59.6 ming kultivatorlar sotildi. Yetti 

yillikda  mexanizator  kadrlarga  e’tibor  ko’rsatilib  96  ming  traktorchi  tayyorlandi.  SHu 

yillarda Tursunoy Oxunova, Javod Qo’chiev, M.Umrzoqov kabi mexanizatorlarning nomi 

mashhur edi.  

Rahbariyat tomonidan 1956  yilda qabul qilingan O’zbekistonda  300 ming gektar 

qo’riq  va  bo’z  yerlarni  o’zlashtirish  to’g’risidagi  qarori  paxta  yetishtirishni  keskin 

ko’paytirishni  nazarda  tutdi.  Natijada  Mirzacho’l,  Qarshi,  Jizzax,  Surxon-SHerobod 

vohasi, Markaziy Farg’ona hamda Amudaryoning quyi havzasidagi cho’llarni o’zlashtirish 

ishlari  avj  oldirildi  va  to’qqizinchi  besh  yillikning  o’zida  510  ming  gektar  yangi  yerlar 

foydalanishga  topshirildi

11

.  Mirzacho’lda  qariyb  300  ming  gektarga  yaqin  yer 



o’zlashtirilib, 60 mingga yaqin yangi aholi xo’jaliklari, sovxozlari bunyod etilgan. Jizzax 

cho’lida 50 ming gektarga yaqin yer o’zlashtirilib, yangi paxtachilik kolxoz va sovxozlari 

tashkil  etildi

12

.  Yangi  yerlarni  o’zlashtirish  jarayoni  yangi  sovxozlar,  ularning  xo’jalik 



binoalari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956-1965 

yillarda Mirzacho’lda 84 ming gektarer o’zlashtirildi. 16 ta paxtachilikga ixtisoslashgan, 

1ta bog’dorchilik sovxozlari tashkil etildi.1957 yil Yangier, 1961 yilda Guliston shaharlari 

vujudga  keldi.  1953-1963  yillarda  Markaziy  Farg’ona  cho’llarida  72,4ming  gektar  yer 

o’zlashtirildi,  16  ta  yangi  kolxoz,2  ta  sovxoz  vujudga  keldi.  Jizzax  cho’lida  670  ming 

gektardan ko’proq yangi yerlar o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan yerlarda Mirzacho’l (1967), 

Do’stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. SHunday qilib 

O’zbekiston  hududida  1946-1965  yillar    qariyb  600  ming  gektar  yangi  sug’oriladigan 

yerlar  ishga  tushirilgan  bo’lsa,  1966-1985  yillarda  1,6  mln.  Gektar  yangi  yerlar 

o’zlashtirilib foydalanishga topshirildi. Ammo o’zlashtirilgan yerlarga yangi ko’chirilgan 

asosiy aholi mahalliy millat vakillari bo’lib, aholi xo’jaliklarini joylashtirish, ularni uy-joy 

bilan ta’minlash ishlari qoniqarsiz ahvolda bo’ldi. Respublikaning yangi o’zlash-tirilgan 

                                                           

11

 Rashidov SH. Adabiy-tanqidiy maqolalar, xotiralar, kamolat. 4-jild. – Toshkent: G’afur G’ulom, 1982. – B. 



15. 

12

 O’zbekiston Respublikasi MDA, 314-fond, 1-ro’yxat, 26-ish, 421-varaq. 




bir  qancha  tumanlariga  ko’chirib  keltirilgan  xo’jaliklarga  nisbatan  ijtimoiy  yordam 

qog’ozlarda  bitilgan  chora-tadbirlarni  qamrab  ololmasdi.  Oqibatda  bir  qator  viloyatlar 

aholisining yashash sharoiti umuman zamon talabiga javob bermagan va iqtisodiy jihatdan 

orqada qolishiga sabab bo’lgan. 




Download 415,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish