4.Respublika ijtimoiy –siyosiy hayotida o’zgarishlar. Kadrlar siyosatida milliy
manfaatlar ustivorligining o’sib borishi.
Mustaqil fikrlaydigan, yuz berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil baho beradigan,
xalq manfaatini o’ylagan, uning ongiga nur, qalbiga ziyo bag’ishlashga intilgan, vijdon va
aql bilan ishlashga, xurriyat uchun kurashga chorlagan kadrlar o’zboshimchalikda turli xil
usullar bilan ayblanib, kommunistik partiyaning chizig’idan chiqmaydigan “kadrlar”
tomonidan so’roq-tergovga tutilar, ma’naviy jihatdan badnom qilinar, ba’zan esa hatto
37
Azizxo’jaev A. CHin o’zbek ishi. – Toshkent: Akademiya, 2003. – B. 47.
38
Алимова Д.А., Голованов А.А. Узбекистан в 1917-1990 годы: противоборство идей и иделогии. –
Ташкент: Узбекистан, 2002. – С. 24.
jismoniy mahv etilardi. Natijada bunday nohaqliklardan ogoh bo’lib turgan xalq butunlay
umidsizlikka tushib, jamiyatga, partiyaga, siyosatga, davlatga ishonchi yo’qoldi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “ Hayotga befarq qarash, loqaydlik
aksariyat ko’pchilikning yashash tarziga aylandi. “Sovet kishisi” o’z soyasidan cho’chib
yashaydigan bo’lib qoldi. CHunki yuragining tubiga qo’rquv bilan qoziq qilib qoqilgan
tobe’lik, mutelik tuyg’usi uni tirik murda holiga solib qo’ygan edi”
39
.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimi iqtisodiy tanglik oqibatlarini barham toptirishda qat’iy
chora-tadbirlar ko’rish borasidagi besamar urinishlar barobarida vaqtli matbuotda, radio,
televidinie va shu kabi vositalar orqali sovet jamiyatining yil sayin “gullab-
yashnayotganligi”, mutlaqo “tangliksiz” holda rivojlanayotganligi haqidagi, KPSS
tanlagan “sotsialistik taraqqiyot yo’lining to’g’riligi” kabi ilgaridan hammaga ma’lum
bo’lgan aqidalar yangrashda davom etdi. Biroq sovet davlatining o’z xalqiga nafaqat
moddiy boyliklar, ijtimoiy kafolat va erkinliklarni ham ta’minlashga qodir emasligi kun
sayin ma’lum bo’lib bordi. Xalq xo’jaligining barcha sohalarida tanglik holatlari kuchayib
bordi. Butun jamiyat ijtimoiy hayotida jiddiy o’zgarishlar qilish zarurligi yaqqol ko’rinib
qoldi. Markaz M.S.Gorbachev boshchiligidagi yuqori partiya-sovet rahbariyati jamiyatda
islohotlarni tezlik bilan amalga oshirish zarur, deb hisoblardi. 1985 yilning aprelida KPSS
MQning plenumida sovet jamiyatini tubdan qayta qurish, uning barcha sohalarini chuqur
isloh qilish yo’lini e’lon qildi. Qayta qurishning tarkibiy qismlari sifatida jamiyat hayotini
demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohotlar o’tkazish amal qilib olindi. Bu yillardagi
partiya-hukumat hujjatlarida jamiyatni “turg’unlik” illatlaridan tozalashga, islohotlarni
amalga oshirib oddiy inson ehtiyojlariga alohida e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan
chaqiriq-lar yangi kuch bilan yangradi. Kadrlar siyosatidagi eskirib qolgan shakllar va
usullar, jamiyatda oshkora tanqidning, fikrlarning birlikda emasligi, hokimiyat bo’g’inlari
va iqtisodiyotni boshqarishda demokratiyaning, markaz bilan milliy o’lkalar o’rtasida bir
nisbatning yuqligi, inson omilining yetarli darajada hisobga olinmaganligi qoralandi.
Rahbar lavozimlarga saylashning muqobilligiga yo’l qo’yish, mahalliy sovet organlari
vakolatlari kengaytirilishi, barcha sohalarda fikr erkinligi nazarda tutilib, davlat tizimini
isloh qilishda ustivorlik milliy respublikalarga ko’proq mustaqillik berilishiga qaratilishi,
qishloq xo’jalik va mineral xom ashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan
respublikalarga markaz mavjud yakkapartiyaviylikning siyosiy va mafkura-viy
hukmronligida ma’lum bir cheklashlarni amalga oshirishi zarur edi.
Biroq “qayta qurish” siyosati ham sotsializmga sun’iy ravishda qiyofa berganligini
O’zbekiston prezidenti I.A.Karimovning: “Inqiroz sababla-ri va omillarini to’liq tasavvur
etmagan, o’zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo’lmagan butun iqtisodiy siyosat
empirik xarakterda bo’lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga
og’ishlardan boshqa narsa emasdi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor
munosabatlariga o’tishning turlicha yondashuvlarga asoslangan dasturlari loyihalarining
ko’pligi islohotlarning aniq maqsadi yo’qligidan, ularni ro’yobga chiqarish muddatlari-
“besh yuz kun” deb belgilab qo’yilishi esa zarur o’zgartirish-larning tub mohiyati va
nihoyatda murakkabligi to’la anglab yetilmagan-ligidan dalolat berar edi”
40
, ta’rifi uning
mohiyatini ochib beradi.
Bu siyosatning amalga oshirilishi natijasida, respublika iqtiso-diyotida tanglik holati
chuqurlashib, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib ketdi. 1986-
39
Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l-demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. Asarlar.
11-jild. –Toshkent: O’zbekiston, 2003. 196-bet.
40
Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. – Toshkent: O’zbekiston,
1996. – B. 280-281.
1990 yillarda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi 4,2 foizdan 2,3 foizga pasaydi va qishloq
xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi 1,0 va 1,3 foizni tashkil etdi. Bu holat mehnat
unumdorligining pasayishiga ham olib kelib ijtimoiy mehnat unumdorligi 1976-1980
yillarda 2,7 foizga teng bo’lgan bo’lsa, 1981-1985 yillarda 0,4 foizga, 1986-1990 yillarga
kelib ilgarigi besh yillikdagiga qaraganda yana 0,4 foizga kamaygan
41
. SHuningdek,
aholining turmush darajasi ham sezilarli ravishda pasaya boshladi. Masalan, ishchi va
xizmatchilarning ish haqi O’zbekistonda umumittifoq bo’yicha 1975 yildagi 93,7%dan,
1987 yilda 81,3%ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste’mol fondi hajmi 66%dan 58%ga
kamaydi. SHu yillarda aholining turmush darajasi o’tgan 25-30 yillar davomida ham
bunchalik past ko’rsatkichda bo’lmagan edi. 1980 yillarning oxirlariga kelib O’zbekiston
aholisi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish bo’yicha sobiq ittifoqda eng oxirgi
o’rinlarga tushib qoldi.
1988 yilda O’zbekistondagi 1267 ta yirik sanoat korxonasidan atigi 320 tasi (25,3%)
to’liq xo’jalik hisobi va o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash sharoitida ishlardi
42
. Oqibatda
kadrlarning ijtimoiy rivojlanishida murakkab va ziddiyatli jarayonlar sodir bo’ldi. Ularning
miqdor jihatidan o’sishida sifat o’zgarishlari yuz bermadi, bu ko’rsatkich aholining tabiiy
o’sishidan orqada qoldi. Ishchi kuchi ortiqchaligi kuchayib, ishsizlik avj oldi. Ommaning
ish haqi darajasi, mehnat sharoitlari, turli mutaxassisliklardagi xodimlarning nufuzi va
boshqa talablar qondirilmadi. Milliy kadrlar muammolari avvalgidek keskin edi. Masalan,
Toshkent traktor zavodida o’zbek ishchilarining miqdori 80-yillarning oxirida 17%ni
tashkil etardi
43
. Milliy mehnat resurslarining sanoatga kelishiga qo’l mehnatining xali ham
yuqori darajada ekanligi, ish haqining pastligi, mehnat jarayonlarining bir xildaligi, uy-joy
olish, maktabgacha bolalar tarbiya muassasalaridan joy olishning uzoq muddat kutilishi
kabi muammolar bu jarayonni yanada murakkablashtirdi.
Bugungi kunda ma’lumki, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi ko’pgina
muammolarning manbalari, sovet siyosatining xato va nuqsonlariga borib taqaladi. Bu
siyosat tor sinfiy yo’nalishga ega bo’lgan markscha-lenincha ta’limotga asoslandi.
Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “biz boshimizdan kechirgan sobiq mustabid tuzum
davrida milliy ma’na-viyatni rivojlantirishga mutlaqo yo’l qo’yilmagan, aksincha,
xalqimizning tabiati, yashash tarziga yot bo’lgan kommunistik mafkurani har qanday
yo’llar va zo’ravonlik bilan joriy etishga harakat qilingan. SHuning uchun ham istiqlolning
dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan o’zgarti-rish yurtimizda eng dolzarb va
hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi”
44
.
Ushbu davr tahliliga doir tadqiqotlarga yo’nalgan holda xulosa o’rnida shuni
ta’kidlash joizki, sovet davlatida yil sayin iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayot tarzi qanchalik
chuqurlashib borsa, “kadrlar malaka”sini oshirish, mamlakatda sodir bo’layotgan inqirozli
holatlarni, o’zgarishlarni, ularning ahamiyati va oqibatlarini “marksizm-leninizm”
ta’limotidan kelib chiqqan holda go’yoki chuqur “anglab yetish” kabi holatlar chuqurlashib
boraverdi. Mamlakatda kadrlar tayyorlash tizimi o’zining tuzilishi va xususiyatlariga ega
bo’lib, boshlang’ich siyosiy maktablar muntazam o’qishga tayyor bo’lmagan tinglovchilar
uchun yo’naltirilgan va ularga siyosiy va iqtisodiy bilimlar berildi. Tinglovchilarning bu
guruhida kommunistik ahloq darajasi va asoslari bo’yicha ham ta’lim berish yo’lga
qo’yildi. O’rta va oliy guruhdagi mashg’ulotlarga tayyor bo’lmagan tinglovchilarning
o’qishi tashkil etilib, ularga asosan partiya tarixi, siyosiy iqtisod, falsafa ilmiy kommunizm
41
“Inson va siyosat” jurnali, 1991 yil, 5-son, 8-bet.
42
// O’zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1988. - №11. – B. 22
43
Tаксанов A.Социальная политика и рабочий класс. – Taшкент: Uzbekistan, 1991. – S. 92.
44
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B. 4-5.
fanlaridan dars berildi. Oliy guruhdagi kadrlar tayyorlash tizimi esa asosan rahbar
kadrlarni, ilmiy va badiiy yo’nalishdagi ziyolilarni, xalq xo’jaligidagi mutaxassislarni
o’qitishni tashkil etib, ularni o’qitish mehnat va jamoa faoliyatlarini hisobga olgan holda
olib borildi. Biroq kadrlar masalasiga bunday yondashuv va usullar ular orasida ijtimoiy-
iqtisodiy hayotga befarqlik bilan qarash, rejalarni qog’ozda bajarish bilan cheklanish
holatlari kuchaydi.
Ushbu bobga xulosa qilib ta’kidlash lozimki, sovet davlatining kadrlar masalasidagi
siyosati butun boshli millatni badnom etish jarayoni bilan bog’lanib ketgan edi. Respublika
xo’jalik rahbarlari yuqoridan beriladigan topshiriqlarni ko’r-ko’rona bajaruvchi ijrochi
shaxslarga aylanib qolgan edilar. Mazkur yillardan kadr tanlashda ko’p hollarda partiya
tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy fikr-mulohazalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib,
mehnat jamoasining fikrini o’rganish esa nomigagina o’tkaziladigan bir tadbirga aylanib
qoldi. Markaz esa kadrlar siyosatini og’ishmay amalga oshirishda mahalliy millatga
mansub kadrlarga nisbatan muntazam ta’qib uyushtirib turdi. Vaqti-vaqti bilan mahalliy
kadrlarni siltab “hushyor” qilib turish respublikalarda olib borilgan kadrlar siyosatining
asosiy yo’nalishiga aylanib qoldi. Yuqoridagi siyosat 1980-yillar o’rtalariga kelib ayniqsa
O’zbekistonda milliy kadrlarni qatag’on qilishda yaqqol namoyon bo’ldi. Biroq, 1980
yillarning ikkinchi yarmidan boshlab jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlar milliy kadrlar
ongiga ma’lum o’zgarishlar sodir bo’lishiga sabab bo’ldi. Xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlarida yuz berayotgan turg’unlik holati, ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi
o’zining salbiy oqibatlari bilan aniq ko’zga tashlana boshladi. Bu sharoitda o’zining
rivojlanish imkoniyatlaridan mahrum bo’lgan tuzum-ning siyosatiga barcha sabablar
pishib yetildi. 1990 yillarning boshiga kelib turg’unlik va tanazzul holatini boshidan
kechirayotgan sovet ittifoqi parchalana boshladi. Natijada hayotning o’zi sovet tuzumi
g’oyasining “yagona”, “asosiy” emasligini isbotlab berdi. Istiqlolga erishgan har bir davlat
o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olib, jumladan, O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga asoslangan
huquqiy demokratik davlat va jamiyat qurishga kirishdi. Mustaqillikning dastlabki
kunlaridanoq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va yangilashga, ularning tarbiyasi,
ma’naviyati, salohiyatiga xizmat qiladigan mukammal tizimni shakllantirishga alohida
e’tibor berila boshlandi. Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “asosiy vazifalarni hal
etish uchun kuchli, qudratli davlat, yuksak malakali, ahloqan barkamol kadrlar kerak”.
Boisi, kadrlar jamiyatni harakatga keltiradi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotini
jonlantiradi.
1980 yillarning oxirlaridan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim
o’zgarishlar sodir bo’ldi. 1989 yilda I.A.Karimovning milliy rahbar bo’lishi O’zbekiston
tarixi sahifalarining haqqoniyligini ochishga ustivor darajada ta’sir ko’rsatdi. Islom
Karimov millat va xalqning asl manfaatlarini ifoda etib, darhol davlat mustaqillik g’oyasini
ilgari surdi. U o’zining respublikada tutgan yo’lini, “desantchilar” zo’ravonligiga qarshi
kurashini milliy siyosiy partiyalar va harakatlarni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratib
berish bilan mustahkamladi. Markaz mazkur takliflardan ochiq noroziligiga qaramay,
O’zbekiston KP MQning 1990 yil mart plenumida “siyosiy tizimni yangilashni iqtisodiy
mustaqillik muammosidan ajralgan holda qarab chiqish mumkin emas”ligi qayd etib o’tildi
va O’zbekistonning siyosiy mustaqilligi yaxlit kontseptsiyasi ishlab chiqish zarurligi
ta’kidlandi. Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida 1990 yil 24 martda
I.A.Karimovning O’zbekiston SSR Prezidenti qilib saylanganligi davlat mustaqilligini
qo’lga kiritilishining muhim shartlaridan biri bo’ldi. sovet davlatida yil sayin iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy hayot tarzi qanchalik chuqurlashib borsa, “kadrlar malaka”sini oshi-rish,
mamlakatda sodir bo’layotgan inqirozli holatlarni, o’zgarishlarni, ularning ahamiyati va
oqibatlarini “marksizm-leninizm” ta’limotidan kelib chiqqan holda go’yoki chuqur
“anglab yetish” kabi holatlar chuqurlashib boraverdi. Mamlakatda kadrlar tayyorlash tizimi
o’zining tuzilishi va xususiyatlariga ega bo’lib, boshlang’ich siyosiy maktablar muntazam
o’qishga tayyor bo’lmagan tinglovchilar uchun yo’naltirilgan va ularga siyosiy va iqtisodiy
bilimlar berildi. Tinglovchilarning bu guruhida kommunistik ahloq darajasi va asoslari
bo’yicha ham ta’lim berish yo’lga qo’yildi. O’rta va oliy guruhdagi mashg’ulotlarga tayyor
bo’lmagan tinglovchilarning o’qishi tashkil etilib, ularga asosan partiya tarixi, siyosiy
iqtisod, falsafa ilmiy kommunizm fanlaridan dars berildi. Oliy guruhdagi kadrlar
tayyorlash tizimi esa asosan rahbar kadrlarni, ilmiy va badiiy yo’nalishdagi ziyolilarni,
xalq xo’jaligidagi mutaxassislarni o’qitishni tashkil etib, ularni o’qitish mehnat va jamoa
faoliyatlarini hisobga olgan holda olib borildi. Biroq kadrlar masalasiga bunday yondashuv
va usullar ular orasida ijtimoiy-iqtisodiy hayotga befarqlik bilan qarash, rejalarni qog’ozda
bajarish bilan cheklanish holatlari kuchaydi.
Ushbu bobga xulosa qilib ta’kidlash lozimki, sovet davlatining kadrlar masalasidagi
siyosati butun boshli millatni badnom etish jarayoni bilan bog’lanib ketgan edi. Respublika
xo’jalik rahbarlari yuqoridan beriladigan topshiriqlarni ko’r-ko’rona bajaruvchi ijrochi
shaxslarga aylanib qolgan edilar. Mazkur yillardan kadr tanlashda ko’p hollarda partiya
tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy fikr-mulohazalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lib,
mehnat jamoasining fikrini o’rganish esa nomigagina o’tkaziladigan bir tadbirga aylanib
qoldi. Markaz esa kadrlar siyosatini og’ishmay amalga oshirishda mahalliy millatga
mansub kadrlarga nisbatan muntazam ta’qib uyushtirib turdi. Vaqti-vaqti bilan mahalliy
kadrlarni siltab “hushyor” qilib turish respublikalarda olib borilgan kadrlar siyosatining
asosiy yo’nalishiga aylanib qoldi. Yuqoridagi siyosat 1980-yillar o’rtalariga kelib ayniqsa
O’zbekistonda milliy kadrlarni qatag’on qilishda yaqqol namoyon bo’ldi. Biroq, 1980
yillarning ikkinchi yarmidan boshlab jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlar milliy kadrlar
ongiga ma’lum o’zgarishlar sodir bo’lishiga sabab bo’ldi. Xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlarida yuz berayotgan turg’unlik holati, ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi
o’zining salbiy oqibatlari bilan aniq ko’zga tashlana boshladi. Bu sharoitda o’zining
rivojlanish imkoniyatlaridan mahrum bo’lgan tuzum-ning siyosatiga barcha sabablar
pishib yetildi. 1990 yillarning boshiga kelib turg’unlik va tanazzul holatini boshidan
kechirayotgan sovet ittifoqi parchalana boshladi. Natijada hayotning o’zi sovet tuzumi
g’oyasining “yagona”, “asosiy” emasligini isbotlab berdi. Istiqlolga erishgan har bir davlat
o’z taraqqiyot yo’lini belgilab olib, jumladan, O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga asoslangan
huquqiy demokratik davlat va jamiyat qurishga kirishdi. Mustaqillikning dastlabki
kunlaridanoq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va yangilashga, ularning tarbiyasi,
ma’naviyati, salohiyatiga xizmat qiladigan mukammal tizimni shakllantirishga alohida
e’tibor berila boshlandi. Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “asosiy vazifalarni hal
etish uchun kuchli, qudratli davlat, yuksak malakali, ahloqan barkamol kadrlar kerak”.
Boisi, kadrlar jamiyatni harakatga keltiradi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotini
jonlantiradi.
1989 yil 21 oktyabrda „O’zbekiston SSRning Davlat tili haqida"gi Qonuni qabul
qilindi. Qonunning 1-moddasining 1-qismida „O’zbekiston Sovet Sotsialistik
Do'stlaringiz bilan baham: |