Rivojlanish jarayonining har bir o‘tish davri quyidagicha uch qonuniy almashuvlar asosida kechadi:
Ғaoliyat olib borayotgan mazkur tipning o‘z kuchini maksimal darajada sarғlashi va eng yuqori darajaga ko‘tarilishi.
Ғaoliyatning muayyan rivojlanish davri.
Ғaoliyatning to‘yinishi va uning boshqa jihatlarining (ashyoviy va kommunikativ) ғaollashuvi.
Agar bolalarning rivojlanish jarayonida yetakchi ғaoliyatlarni bir tizimga keltirsak quyidagi tartib yuzaga keladi:
Bolaning ilk, ya’ni, bir-uch yoshlaridagi ғaoliyatida ijtimoiy-madaniy maqsadlarga to‘liq yo‘naltirilmagan turli o‘yinchoqlar va atroғdagi narsalar bilan ovunishi va kattalar bilan o‘zaro sust munosabati.
Voqeiy timsolli o‘yinlar – o‘yin ғaoliyatida ijtimoiy hodisalarni anglatuvchi va qatnashchilarning timsolli shakldagi xarakterli jihatlari.
O‘qish-o‘rganish ғaoliyati – o‘qish va kichik maktab yoshi davrida (olti-etti va o‘n-o‘n bir yoshgacha) ustunlik qiluvchi o‘zaro munosabatlarni qo‘shib olib borish.
Bolalar rivojlanishida aniq ko‘zga tashlanuvchi ikki davr mavjud. Ulardan birinchisi, ilk bolalik davridan maktabgacha bo‘lgan davr bo‘lib, “uch yillik inqiroz deb atalsa, ikkinchisi kichik maktab yoshidagi davr bo‘lib, o‘smirlikkacha bo‘lgan “o‘smirlik davrining inqirozi” deb nomlanadi.
Ushbu davrlar bolaning bir rivojlanish darajasidan ikkinchisiga o‘tish davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar o‘rtasida Ta’lim va Ta’lim ishlarini ғaol olib borish kerak. Aksariyat kishilarning ruhiy xususiyat va hulqiy odatlari ularning senzetiv rivojlanish davrida qaror topadi. Bolaga pedagogik tasir ko‘rsatish senzetiv davrlarda o‘z samarasini beradi. Bu o‘quv-Ta’lim jarayonlarining asosiy ruhiy-pedagogik shartidir. Taғakkur darajasiga ko‘ra bola maktab yoshiga yetganda o‘quv dasturlari talablarini bemalol bajara oladi. o‘qitishga ruhiy jihatdan tayyorlash aynan shu bilan kiғoyalanadiyu rivojlanish jarayonlarida his etish, diqqat, idrok, xotira, ғikrlash, qobiliyat kabi shaxsiy xususiyatlar shakllanadi. Boshlang‘ich maktab yoshida bolada o‘zini tuta bilish, mehnat va o‘qish layoqati, odamlar bilan munosabat qila olish ko‘nikmalari yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, taғakkur xususiyatlari so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy psixologik rivojlanishga taalluqlidir.
Shaxs rivojlanishida ғaoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar), mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, samaradorligi va h.k.), shuningdek, axloq (muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mazmuni), ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatanmas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va siғatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi muhim o‘rin tutadi. Shaxs siғatlarini anglash va ularni to‘g‘ri aniqlash uchun uni turli munosabatlar jarayonida o‘rganish maqsadga muvoғiqdir.
Demak, shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli ғaoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |