O‘yin taktikasi
Hujum va himoyada o‘yin taktikasi o‘yin vaziyatiga qarab tanlanadi. Ular yakka, guruhli va jamoaviy taktika bo‘lishi mumkin. Himoya taktikasiga darvozabon o‘yin taktikasi ham kiradi. O‘yin taktikasi texnik usullar bilan chambarchas bog‘liq. O‘yin taktikasi qanchalik mukammal bo‘lsa, himoya va
hujumchilarning usullari xilma-xil bo‘lsa, u yoki bu vazifani bajarish shuncha yengil kechadi.
Hujum taktikasi
Yakka tartibda harakatlar. Bu hujumda to‘psiz va to‘pni egallab turgan o‘yinchining individual harakatlaridir. O‘yinchi himoyachi ta’qibidan qutulish, to‘pni olish uchun yanada qulay holatga chiqishga urinadi. To‘psiz o‘ynash, ochilish, chiqishlar qilish malakasi hujumchi taktik harakatlarining muhim
qismidir. To‘pni egallagan o‘yinchi to‘pni o‘yinga kiritishga yo darvozaga yo‘llashga harakat qiladi. O‘yin vaziyatiga qarab hujumni davom ettiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |