Yiqilib va og‘ib to‘pni otish. Himoyachidan qutulishga intilib,
hujumchi yiqilishi va og‘ishi bilan zarba beradi. Bu harakatlar hisobiga u himoyachi ta’qibidan qutuladi. Yiqilishlar oldinga va yonga bajariladi. Oldinga harakatlanish hisobiga hujumchi himoyachini quvib o‘tadi va yiqilayotib to‘pni otadi. Bu harakatda to‘p ikki qo‘lda tutiladi, hujumchi keskin oldga yoki yerga yiqilib himoyadan xalos bo‘lishi bilan zarba beradi. Zarbadan keyin
o‘yinchi ikkala qo‘li bilan yerga tayanadi yoki to‘pni otayotgan qo‘l yelkasi tomonga umbaloq oshadi. Bu otish, odatda, chiziqdan yerga tushishi bilan darvozabon maydonchasida bajariladi. Gavda polga parallel egiladi, qo‘l ham og‘ish tomonga olinadi. Harakat son va gavda aylanishi bilan boshlanadi. Otish
yiqilish va yelka osha umbaloq oshish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |