Hujum texnikasi
Harakatlanish texnikasi turish, yurish, yugurish, burilish, to‘xtash va sakrash turlaridan iborat.
Turishlar. Hujumchi bir oyog‘ini oldinga va oyoq kaftlarini bir chiziqqa qo‘yib turadi. Oyoqlar yarim bukilgan, qo‘llar tirsakdan bukilgan va ko‘krak balandligida. Bosh baland ko‘tarilgan, o‘yinchi istalgan harakatlanishga yoki to‘p bilan harakatga tayyor. O‘yinchi oyoq kafti yuzasini parallel qo‘yib turadi, chunki u vaziyatga qarab har xil tomonga harakatlanishi mumkin. O‘yin kombinatsiyalarini bajarish va oldinga harakatlanishda bir oyoqni oldinga qo‘yib turish maqsadga muvofiq. Bu turli yo‘nalishda tez yugurish imkonini yaratadi.
Yurish. Yarim bukilgan oyoqlarda harakatlanish dastlab
yurish orqali egallanadi. Yurish va uning turlari o‘yinchilarning
keyingi harakatlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘yin paytida
egilib, cho‘qqayib, oyoq uchida, tovonda, oyoq kafti yonida
yurish turlari qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |