Kasbkodivanomi: 4.53.06.05-Avtomatika va nazorat-o’lchash asboblari
O’quv amaliyoti nomi: CHilangarlik ishi
Mavzu № 11 Qirqishning maxsus turlari.
№
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Moslamalar, asboblar va xomashyolar
|
Eskizlar, chizmalar,rasmlar
|
Bajarish tartibi
|
1
|
Topshiriq bilan tanishish
|
|
|
1. Bajariladigan ishlar mazmuni va bajarish tartibi bilan to`liq tanishib chiqish
2. Ishning bajarilish tartibi bo`yicha tushunmagan o`quvchilar savollar bеrishi
|
2
|
Ish o`rnini tashkil etish
|
1.Chilangarlik vеrstagi
2.Gira
3.Tеkislash taxtasi
4.Bolg`a
5. Egov
7. Po`lat arra
|
|
1.Ishlatiladigan asboblar sozligi tеkshiriladi
2.Oyoq ostiga qo`yiladigan taglik (panjara) dan yoki ko`tariladigan girali dastgoxlardan foydalanib gira ishlovchining bo`yiga moslab o`rnatiladi
|
3
|
Mеtalldan polosa kеsib olish.
|
1.Chilangarlik vеrstagi
2. Gira
3. Tеkislash taxtasi
4. Bolg`a
5.Chizg`ich
6. Metall plastina
7. Po`lat arra
|
|
1. Mеtall listdan va quvirdan chizmaga asosan zagotovka kеsib
olinadi.
2. Qirralari egov bilan tozalanadi
3. Metell listdan kvadrat. Uchburchak romb shaklini keshish
|
4
|
Mеtalldan va quvirdan polosa kеsib olish.
|
1.Chilangarlik vеrstagi
2. Gira
3. Tеkislash taxtasi
4. Bo`r
5.Chizg`ich
6. Metall quvir
|
|
Polosa chizmaga asosan rеjalanadi.
Kvadrat 60*60
UchburchakAB. AC 70 mm .Romb AC 50mm BD- 80mm
|
5
|
Mahsulotni tеkshirish
|
Shtangentsirkul
|
|
Tayyorlangan maxsulotni ishlab chiqarish ta'limi ustasi baholaydi.
|
11-Ma’ruza: Qirqishning maxsus turlari.
Ma'ruza rejasi: Jihozlanish va ish o'rinlarini tashkil etish to'g'risida
tushunchalar. Ishchi chizmalar va ular bilan ishlash. Slesarlik qaychilari, arralari va ularda qirqishni mashq qilish. Slesarlik qaychilari va arralari turlari bilan tanishish, bu asboblarda metallarni qirqishni mashq qilish. Qirqish va tarashlash asboblari bilan
tanishish, qirqish va tarashlashni mashq qilish. Egovlar tuzilishi, ishga sozlashda
egovlashni mashq qilish. Egov asboblari to'g'risida ma'lumotlar berish va egovlashni
mashq qilish.
Chilangarning ish o'rnini jihozlash. Ish o'rni - zarur jihozlar, qurol va moslamalar bilan ta'minlangan ishlab chiqarish uchastkasi. U ma'lum ishchiga biriktirilib qo'yiladi.
Ish sifati va unumdorligi ko'p jihatdan ish o'rnining to'g'ri tashkil qilinishiga bog'liq ilg'or chilangarlarning ish tajribasiga asoslanib, ish o'rnini jihozlashning quyidagi qoidalari ishlab chiqilgan:
-dastgoh ayni ishni bajarish uchun zarur narsalarnigina bo'lishi lozim;
-ish o'rnida tartib va tozalikka rioya qilish ishni tezlashtiradi va uning sifatini oshiradi;
-chap qo'l bilan olinadigan narsalar dastgohning chap atrofida, o'ng qo'l bilan olinadigan narsalar o'ng tarafida turishi lozim;
-ko'proq ishlatiladigan qurol va moslamalar yaqinroqqa. Kamroq
ishlatiladiganlari orqaroqqa qo'yiladi;
-kesuvchi qurollarni maxsus taglikka qo'yish lozim;
-o'lchash qurollarini g'ilofga solib qo'yish kerak;
-ish tugagandan so'ng qurol, tiski va dastgoh qirindidan tozalanadi va artib qo'yiladi;
-ishlatib bo'lingan qurolning ish qismlari vazelin bilan moylab qo'yiladi;
-qurol yashiklarida har qaysi qurol o'z joyida kerak, ko'proq ishlatiladigan qurollar yuzaroqqa qo'yiladi.
2.1-rasm. O'quv ustaxonasisi asbob-uskunalari
rasm. Bir o'rinli va ko'p o'rinli verstak
Chilangarlik o'quv ustaxonasining jihozlari quydagilardan iborat:
Chilangarlik dasgoxi.
Asbob-uskuna, moslama va dasgoxlar.
O'quv qo'llanmalari
O'quv ko'rgazma qurollari.
Mebel va xo'jalik invertarlari.
Ishlab chiqarishning turiga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har-xil nom bilan yuritiladi. Masalan, amaliy san'atda tekis chizmalar, narsaning proektsiyasini chizishda chizmalar turli mashina va mexanizmlarning detallarini yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari, bino inshootlarini qurishda qo'llaniladigan chizmalar injener qurilish chizmalari, yer yuzasi yoki uning biror qismining tasvirlarini qo'llaniladigan chizmalar geografik xaritalar deb ataladi va hokazo.
Har qanday chizmani tuzish va o'qishda geometrik proektsion chizmachilik hamda topografik chizmalarda qabul qilingan qoida va ko'rsatmalarga rioya qilinadi. Yuqorida aytganimizdek atrofimizdagi narsalarning o'lchamlari har xildir. Kosmik kema, samolyot, paravoz, ekskavator, har xil mashinalar, stanoklar, ko'p qavatli binolar kabi juda katta o'lchamli narsalar bo'ladi. Va, aksincha, soat mexanizmining, o'lchov asboblarining detallari kabi kichik o'lchamlari buyumlar ham bo'ladi. Mutaxassis bunday buyum detallarini tayyorlashda lupadan foydalanadi. Juda katta o'lchamdagi buyumlarni o'z kattaligida chizmada tasvirlash juda noqulay bo'ladi. Ba'zan mumkin ham bo'lmaydi. Juda katta narsani (er shari, kosmik kema va shu kabilar) ham asliga teng qilib tasvirlash mumkin bo'lmaydi. Katta narsalar, oddatda, kichik qilib kichik narsalarni katta qilib tasvirlanadi. Juda kam buyumlar o'z kattaligida tasvirlanadi.
Biz narsalarni o'z haqiqiy o'lchamlaridan katta yoki kichik qilib tasvirlashda masshtabdan foydalanamiz. Buyum tasviridagi chiziqli o'lchamlarning shu buyumning haqiqiy o'lchamiga nisbati masshtab deb ataladi va raqam oldiga uning
belgisi M harfi qo'yiladi.
CHizma masshtablar standartlashtirilgan GOST 2.302-96 da barcha sanoat va qurilish tarmoqlarining chizmalari uchun quyidagi masshtablar belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |