11-mavzu: Gidronimik manbalarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati



Download 73,17 Kb.
bet4/6
Sana04.06.2022
Hajmi73,17 Kb.
#634643
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11 mavzu. Gidronimik manbalarning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati-1

4. Gidronimik nomlar. Gidronim (yunoncha gidro – «suv», onoma – «nom») — buloq, jilg‘a, soy, daryo, ko‘l, botqoq, quduq, irmoq, hovuz, ariq, kanal, zovur, dengiz, qo‘ltiq, ko‘rfaz va umuman, suv bilan bog‘liq barcha obyektlarning nomi. Quyida gidronimlar bilan bog’liq bo’lgan nomlardan namunalar keltiramiz.
Amudaryo – Markaziy Osiyodagi eng yirik daryolardan biri. U Vaxsh va Panj daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, Orol dengiziga borib qo‘yiladi.
Qadimda Amudaryo turli nomlar bilan atalgan. Avestoda Vahvi Daitya , yunon manbalarida Araks, Oks, Oksus, turkiycha O‘kuz, xitoy manbalarida Guy-shuy, Uxu, Pakshu, armancha Vexrod, hindcha Vaxshu, o‘rta asrlar davrida Jayxun, ispan elchisi Klavixoning esdaliklarida Viadme kabi nomlar bilan atalgan. Bundan tashqari, joy nomlari bilan Balx daryosi2, Termiz daryosi, Kalif daryosi, Urganch daryosi, Xorazm daryosi kabi nomlari ham bo‘lgan.
Mil.av. V asr yunon tarixchisi Gerodot o‘zining «Tarix» nomli asarida Amudaryoni Araks deb ataydi. Uning yozishicha, bu daryo Matiena tog‘laridan boshlanadi. Aleksandr Makedonskiy boshchiligida qadimgi Baqtriya va So‘g‘diyona erlariga bostirib kirgan yunonlar Amudaryoni Oks (Oksus) deb ataganlar. V.I.Masalskiyning fikriga ko‘ra, yunoncha Oks so‘zi Vaxsh nomidan kelib chiqqan. Xuddi shu fikr V.V.Bartold tomonidan ham bildiriladi. Ammo atoqli o‘zbek olimi Yahyo G‘ulomov bu nom qadimgi turkiycha o‘kuz so‘zidan kelib chiqqanligini ta’kidlaydi . Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, «o‘kuz – Jayxun, Firot kabi daryolarga berilgan nom. O‘g‘uzlar bu so‘zni o‘zlarining shaharlari joylashgan Banokat vodiysi ma’nosida qo‘llaydilar.
Mil.av. II-I asrlar xitoy manbalarida Amudaryo Guy-shuy deb ataladi . Ushbu so‘zdagi guy so‘zi bizningcha, kushon qabilasiga aloqadordir. CHunki xitoy yilnomalarida Daxya (Baqtriya)ni zabt etgan yue-chji qabilalari ichida guyshuan urug‘ining nomi ham keltiriladi. Keyinroq, Daxyani zabt etganidan yuz yil o‘tgach, guyshuan hukmdori Kiotszyukyu yuechjilarning beshta qabilasini bo‘ysundirib, o‘zini guyshuan podshosi deb e’lon qiladi3. Olimlarning aniqlashi bo‘yicha, guyshuan – «kushon» so‘zining xitoycha transkripsiyasi ekan.
Shuy so‘ziga to‘xtalsak. Xitoy tilidagi shuy – «suv» ma’nosini beradi4. Ammo bu so‘z turkiy tillarda ham uchraydi. Turkiy tilda suy so‘zi «daryo»5, o‘zbek, qirg‘iz tillarida soy – «jilg‘a, tog‘ daryosi»dir. SHunga ko‘ra, Guy-shuy so‘zi «Kushonlar daryosi» degan ma’nolarni anglatadi.
O‘rta asrlar davridagi arab manbalarida Amudaryo Jayxun nomi bilan atalgan. V.V.Bartoldning fikricha, Jayxun Tavrotdagi Gixon daryosi nomining arablashtirilgan shakli bo‘lib, arablar tomonidan kiritilgan.
XIII asr mo‘g‘ul manbalarida daryo Amu deb ataladi6. «Boburnoma»da ham Amu deyiladi7. Ammo daryo bu nom bilan ancha oldin atalgan. Arman muallifi Vardanning «Geografiya» asarida Amu-su nomi bilan tilga olinadi. XI asr forsiy tildagi izohli lug‘atlarda Amuy ham shahar, ham daryo nomi sifatida ishlatiladi.
S.Qoraevning fikriga ko‘ra, Amul shahrining nomi daryo nomidan olingan bo‘lishi mumkin8. M.Koshg‘ariyning izohlashicha, amul – «har bir tinch va barqaror, turg‘un, qimirlamaydigan narsa» demakdir9. Yo.Xo‘jamberdievning ta’kidlashicha, «Aslida sho‘xligi bilan mashhur bo‘lgan Amudaryoning bir qismi tinch oqish xususiyatiga qarab (daryo Turkmaniston hududidan o‘tganidan keyin to quyilishigacha nisbatan tinch, sekin oqadi) uni mahalliy kishilar shunday deb atagan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas»10.
Chindan ham, Amudaryoning Chorjo‘yga yaqin joyga kelib tinch, osuda, barqaror oqishi, bu yerdagi kechuv nomini Amul deb qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. Kechuv nomi bilan shahar atalgan.

Download 73,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish