Osmos hodisasi va osmotik bosim. Agar shakar eritmasi solingan, devori yarim o‘tkazgich xossasiga ega idishni suvli idishga tushirilsa, bir yoqlama diffuziya ro‘y beradi. Bunday hodisani osmos deyiladi. Vant – Goff o‘z nazariyasini qonun tarzida ta’rifladi; agar erigan modda eritma temperaturasida gaz holatida holatida bo‘lib, eritma hajmiga baravar hajmni egallasa, bu gazning bosimi eritmaning osmotik bosimiga teng bo‘ladi. Eritmalardagi osmotik bosim Vant – Goff qonuniga muvofiq, eritmada erigan modda miqdori va temperaturaga to‘g‘ri proporsianaldir.
R = CRT R – eritmaning osmotik bosimi
C – molyar konsentratsiya
R – universal gaz doimiysi
Osmotik bosim odam organizmi va o‘simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. O‘simliklar ildizi ham yarim o‘tkazgich xossasiga ega va ular orqali tuproqdagi nam tortib olinib, o‘simlik tanasida osmotik bosim hosil bo‘ladi. Odam organizmidagi hujayra va to‘qimalar ham yarim o‘tkazgich parda xossasiga ega. Iste’mol qilinadigan suyuqliklar, oziq ovqatlarning odam tanasiga singishi muskullarining rivojlanishi osmos hodisasi tufayli sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |