Fibrogen ta’sir.
Changlarning ko‘pgina turlari o‘pkani yengil jarohatlaydi (fibroz). Bu jarohatlar nafas olish hajmini kamaytiradi va insonning nafas olishi qiyinlashadi. Buni asosiy ko‘rsatuvchi belgisi - nafas qisishdir. Nafas qisish inson tinch holatda bo‘lganda bilinmaydi, jismoniy zo‘riqqanda o‘zini namoyon qiladi.
Kremniy (II) oksidining aktiv changlari bilan nafas olganda o‘pkani – silikoz kasalligiga olib keladi. Asbest changlari bilan nafas olganda – asbetoz, kaolin bilan nafas olganda – kaolinoz, talka bilan nafas olganda – talkoz kasalliklari kelib chiqadi.
Teriga ta’sir.
Teriga ta’sir etuvchi kimyoviy moddalarning 3 xil turi mavjud:
qo‘zg‘atuvchilar, kuydiruvchilar (konsentrlangan noorganik kislotalar va ishqorlar, og‘ir metallarning ba’zi bir tuzlari);
fotodermatitlar (larpek, gudron, sulfanilamidlar);
allergik dermatitlar, toksidermatitlar, ekzema (xrom tuzlari, nikel, kobalt, simob birikmalari formalin va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |