11-Ma’ruza: Oq qon tizimi patologiyasi Reja



Download 58,64 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi58,64 Kb.
#202647
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oq qon patologiyasi

Leykotsitlarning turlari

Leykotsitlar sitoplazmasida donachalarni tutishi yoki tutmasligiga qarab 2guruhga:

1)granulotsitlar-donali(donador) leykotsitlar

2)agranulotsitlar-donasiz leykotsitlarga bo’linadi. Granulotsitlar o’z navbatida sitoplazmasini bo’yalishiga ko’ra uch xil bo’ladi:eozinofil, bazofil va neytrofil

Neytrofillar esa yadrolarining shakli, ya’ni tuzilishiga qarab quyidagilarga bo’linadi:

1.Yosh(yetilmagan)-neytrofil yoki metamielotsitlar

2.Tayoqchasimon yadroli neytrofillar

3.Bo’g’in yoki segment yadroli neytrofillar

Leykotsitlarning morfologiyasi

1.Eozinofillar-donador leykotsitlar orasida o’lchami bo’yicha kattasi (ko’ndalang kesimining diametri 12-17mkm gacha, o’rtacha 14mkm) hisoblanadi. Shakli yumaloq, sitoplazmasida donachalari kislotali bo’yalish xususiyatiga ega, eozin bo’yog’i bilan g’ishtsimon qizg’ish rangga bo’yaladi. Donachalari yirik, sitoplazmasida bir tekis joylashadi. Yadrosi ko’pincha ikki segmentdan(bo’g’indan) tashkil topgan bo’lib, ular orasida xromatin ipchalaridan iborat bog’ich(ko’prikcha) ko’rinadi. Shu sababli eozinofil yadrosi ko’pincha ko’zoynak shaklini eslatadi. Segmentlarning qirrasi neyrofillarnikiga qaraganda silliq bo’ladi. Hujayra donachalari lizosoma hisoblanib, ular peroksidaza, kislotali va ishqoriy fosfataza, ribonukleaza va boshqa fermentlarga boydir, ammo tarkibida lizotsim va fagotsitin tutmaydi va shu sababli ularni mikroblarga nisbatan baktriotsid ta’siri nihoyatda sust, fagotsitoz qilish xususiyati yo’q.

Eozinofillar allergiya hujayralari hisoblanib, birinchi navbatda yot oqsillar, umuman, antigenni(ziddigenni) hamda antigenning antitana bilan birikmasini va shuningdek, turli biologik faol moddalarni (gistamin, gistidin, serotonin, bradikinin va b)parazitlarni o’zlaridagi fermentlar vositasida zararsizlantiradi.

Eozinofillarning yana bir xususiyatiuning oqsil sintez qiluvchi apparati yaxshi rivojlangan. Me’yorda(normada) leykotsitlarning 1-5% (o’rtacha 2-4%)ini tashkil qiladi.

2.Bazofillar-donachalilarning orasida nisbatan kichik hujayra(diametri 8-14mkm). Shakli yumaloq,donachalari ishqoriy (bazal) bo’yalish xususiyatiga ega, to’q ko’k(ba’zida qoramtir ko’k) rangga bo’yaladi. Donalari dag’alroq bo’lib,sitoplazmasida to’p-to’p bo’lib joylashadi. Yosh bazofil hujayralarda donachalar oz bo’ladi va hujayra yetila borgan sari ko’payib, ba’zan yadrosini ham qoplab, uni yaqqol ko’rishni qiyinlashtiradi. Yadrosi katta, ko’pincha aniq bo’linmagan 3parrakdan tuzilgan(ya’ni segment emas). Hujayra qobig’i boshqa leykotsitlarnikiga qaraganda yupqa.

Bazofillarning donachalarida geparin (hujayra shuning uchun avvallari geparinotsit deb atalgan), gistamin, gistidin va boshqa biologik faol moddalar topilgan. Hujayra sathida Ig E ga javob beruvchi maxsus retseptor bo’lib, ushbu immunoglobulinning ziddigen bilan birikmasi ta’sirida hujayra donachalari tashqariga chiqadi va bu holatni degranulyatsiya deb ataladi. Bunda allergiyaga xos mediatorlar ajraladi.

Bazofillar kimyoviy xususiyatlari bilan semiz(to’q) hujayralarni mastotsitlarni eslatadi, ularning qonda erkin yuruvchi turi hisoblanadi. Bazofillar me’yorda leykotsitlarning 0-1%ni tashkil qiladi.

3.Neytrofillar sitoplazmasi va ayniqsa, donachalarning tarkibiy qismi murakkab bo’lib, ular bir vaqtda ham kislotali, ham ishqoriy bo’yoqlar bilan (neytral) bo’yaladi. Shuning uchun donachalari qizg’ish binafsha rangga bo’yaladi. Donachalari nozik, changsimon. Ayrim kasalliklarda ularning donachalari yirik bo’lishi mumkin, unda ularni toksogen donachalar deb ataydilar.

Limfotsitlar

Qon hujayralari ichida o’lchami bo’yicha kichigi hisoblanadi (diametri ko’pincha 6-8mkm) o’rtacharog’i 8-12mkm, eng kattasi 12mkm va undan bir oz ortiq bo’lishi mumkin.Shakli ham, yadrosi ham odatda yumaloq (ba’zan oval) g’oyat to’q bo’yaladi. Sitoplazmasi tiniq ko’k yoki havorang, ensiz, yadrosi atrofida bo’lmagan ingichka halqasimon perinuklear zona ko’rinadi. Limfotsit-boshqa hujayralarning ichida eng faol harakat qiluvchi hujayradir.

Immun sistemaning organizmdagi asosiy vazifasi o’z ziddigenlarini yot ziddigenlardan ajrata bilish, ularga qarshi immunoglobulinlar, antitanalarni ishlab chiqarishdir. Uning ana shunday immun javob reaksiyasini amalga oshiruvchi asosiy hujayralar limfotsitlar deyiladi. Qonda ikki xil T- va B-limfotsitlar uchraydi. Keyingi yillarda limfotsitlarning 3-turi 0-hujayralar ham topilgan, ammo ularning organizmda tutgan o’rni haqida ma’lumotlar hali to’liq emas. Limfotsitlarning boshqa qon hujayralardan yana bir farqi shundaki, ularning yetilganlaridan ziddigenlar ta’sirida yangi avlodlar yana qayta limfoblast shakllari hosil bo’ladi, buni blasttransformatsiya deyiladi. Limfoblast mitotik yo’l bilan ko’payib(proliferatsiya),undan qayin limotsitlar plazmatik hujayralarga immunotsitlarga aylanadi. Plazmatik hujayralarda esa antitanalar sintez qilinadi.

Monotsitlar

Monotsitlar oq qon tanachali hujayralar orasida eng kattasi(ko’ndalang kesimi 14-20mkm) bo’lib, yadrosi buyraksimon yoki loviyasimon, ba’zida taqaga o’xshash. Yadrosi limfotsitlar yadrosiga nisbatan nozik bo’ladi.yadrosining ichki tomonida bir yoki bir necha ko’rfazsimon joylari ko’rinadi. Sitoplazmasi keng, tutunsimon ko’k(havo)ranga bo’yaladi. Monotsitlarning fagotsitoz qilish qobilyati juda rivojlangan, ular immun reaksiyalarda ham (A guruh hujayralar sifatida) faol qatnashadi. Monotsitlarning sirtgi qobig’ida IgG, hamda component (C3) va h.k.larni sezuvchi retseptorlari bo’lib, ular antigenlarni immunotsit limfotsitlarning antitana yoki komponent bilan qoplangan zarrachalarning yopishishini, ularni yot antigenlar sifatida ajratish sezuvchanligini osonlashtiradi. Demak, monotsitlarning o’zlariga o’xshab fagotsitoz qiloladigan neytrofillarni farqi shuki, ular mikroblarni qisman parchalab (qayta ishlab), immunogen antigenlik qobilyatini oshiradilar. Monotsitlar, fagotsitoz qilishdan tashqari sitotoksik xususiyatga ham ega(mas., o’smalarda hujayralarni parchalaydi.)


Download 58,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish