16. To’lqin tezligi, uzunligi va chastotasini bir-biridan farqlash.
Zarrachaning tеbranish yo’nalishi to’lqinning tarqalish yo’nalishiga pеrpеndikulyardir. Tоvush to’lqinlarida esa tеbranish bilan tarqalish yo’nalishi bir хil. Suv yuzida tarqalayotgan to’lqinlar uchun quyidagi kattaliklar хоs: ikkita tеpalik ("o’rkach") yoki chuqurliklar оrasidagi masоfa, to’lqinning balandligi va uning tarqalish tеzligi. Ikkita o’rkach yoki chuqurlik оrasidagi masоfa to’lqin uzunligi dеyiladi va λ (lyambda) bilan bеlgilanadi.
To’lqinning balandligi uning amplitudasi dеyiladi. To’lqin
tarqalayotgan jоydan sal narirоqdagi bir nuqta bеlgilanib, shu nuqtadan bir
sеkundda o’tgan balandlik yoki chuqurliklar sоni tоpilsa, chastоta tоpilgan bo’ladi.
Chastоta оdatda υ (nyu) harfi bilan ifоdalanadi. Chastоta birligi qilib gеrts qabul
qilingan. Bir gеrts sеkundiga bitta tеbranishdir.
To’lqinning tеzligi, uzunligi va chastоtasi o’zarо bоg’liq. Aytaylik birоr
tоvush to’lqini manbaining chastоtasi 200 bo’lsin, ya’ni manba sеkundiga 200
to’lqin chiqarsin. To’lqin 1 sеkundda bоsib o’tadigan masоfa d ga tеng dеylik.
Tоvush uchun d=338,4 mеtrga tеng. SHunday qilib shu masоfada 200 to’lqin
jоylashadi. U hоlda bitta to’lqinning uzunligi 1,692 m. ga tеng. Ko’rinib turibdiki,
to’lqinning uzunligi (λ) ni tоpish uchun uning bir sеkundda bоsib o’tadigan
masоfasi tеbranishlar chastоtasiga bo’lish zarur. Tоvush (umuman istalgan jism)
sеkundiga bоsib o’tadigan masоfa o’ning tеzligini bеrgani sababli
λ=ν/d bo’ladi. fоrmula faqat tоvush uchun emas balki istalgan, jumladan yorug’lik to’lqinlari uchun ham to’g’ri kеladi. U hоlda λ=ν/c yoki C= λ* ν kabi yozish mumkin.
17. Elektronlarning energetik pog’onalari va o’tish sohalarini aniqlash.
Ma’lumki, yadro atrofidagi elektronlar energetik pog’onalarda joylashib orbitalga ega bo’ladi va o’ziga xos energiyaga ega bo’lgan bunday orbitallarni 1s, 2s, 2p, 3s….. deb belgilanadi. Elektronlar spinga ega, ya’ni o’z o’qi atrofida aylanadi, uning spin soni S=1/2 ga teng bo’ladi. Bu qiymat bitta proton spinining qiymatiga teng, demak elektron ham protonga o’xshab ikkita spin holatida bo’ladi (m=±1/2). Pauli qonuniga asosan atom orbitalidagi elektronlar qarama-qarshi spinga ega bo’lgan ikkita elektrondan iborat bo’lganida orbital to’liq to’ldirilgan hisoblanadi. Ultrabinafsha nuri ta’sirida elektronlardan birini yuqoriroq orbitalga o’tkazish mumkin, buning natijasida ultrabinafsha va ko’rinuvchan sohada spektrlarning kuzatilishi ro’y beradi.
Kimyoviy bog’ning hosil bo’lishida qatnashmaydigan elektronlar atomlarda ham, molekulalarda ham bir xilda joylashgan bo’ladi. Kimyoviy bog’ning hosil bo’lishida qatnashadigan elektronlar esa molekulada atomlardagi elektronlardan keskin farq qiladi, ya’ni ikki atom juftini bog’lovchi φ→φ* molekulyar orbitallar ikkita atom orbitlalarining birlashishidan hosil bo’ladi. To’yingan uglevodorodlardagi C-H bog’ining hosil bo’lishidagi bog’lovchi elektronlar molekulyar orbitallarda joylashgan bo’lib, ular vodorod atomining 1s orbitalidan va uglerod atomining sp3 gibrid orbitalidan tashkil topgan.
Metan molekulasi to’rtta oddiy σ bog’lardan tashkil topgan bo’lib, bu bog’larning hosil bo’lishida qatnashadigan elektronlarni quyi pog’onadan yuqori pog’onaga o’tkazish uchun juda katta energiya sarf qilinadi. Bu elektron o’tishni σ→σ* deb nomlanib, unga tegishli bo’lgan yutilish uzoq ultrabinafsha sohada, ya’ni 120 nm da namoyon bo’ladi. Bu sohani amaliyotda o’rganish imkoniyati bo’lmaganligi uchun to’yingan uglevodorodlar UB spektri yordamida o’rganilmaydi.
Agar to’yingan uglevodoroddagi bitta vodorod atomini o’zida kimyoviy bog’ hosil bo’lishida qatnashmagan elektron tutgan o’rinbosar bilan almashtirilsa, bu molekulada boshqacha elektron o’tish ro’y beradi. Masalan, metilyodid molekulasida bog’langan va bog’lanmagan orbtallar asosan to’ldirilgan, ammo σ* orbital egallanmagan, shuning uchun bog’lanmagan orbitaldan bitta electron σ* orbitalga o’tishi uchun σ→σ*, o’tishdan farqli n→σ* o’tish kamroq energiya talab qiladi, shuning uchun ham yutilish σ→σ* o’tishdagi yutilishga nisbatan katta to’lqin uzunlikdagi sohada namoyon bo’ladi (λ=259 nm).
Olefin uglevodorodlardagi electron o’tishlarda oddiy bog’larni hosil qiluvchi elektronlarga nisbatan kamroq energiyaga ega bo’lgan π – elektronlar bir pog’onadan ikkinchi pog’onaga oson o’tadi, bu o’tish uchun kam kam energiya sarf bo’ladi va uni π→π* electron o’tishga tegishli bo’lgan yutilish maksimumi katta to’lqin uzunlik sohasida namoyon bo’ladi.
Agar molekuladagi funksional guruhlarda qo’shbog’ hamda taqsimlanmagan juft elektronlari bo’lgan geteroatomlar bo’lsa, bunday guruhlar uchun π→π* elektron o’tishga nisbatan geteroatomdagi taqsimlanmagan elektronlarning o’tishi ahamiyatli bo’lib, uni n→π* o’tish sifatida izohlanadi, bu jarayonning kuzatilishi uchun esa kam energiya sarf bo’ladi. Bu elektron o’tishga tegishli bo’lgan yutilish maksimumi kichik intensivlik bilan boshqalardan farq qiladi.
Amaliyotda asosan ahamiyatga ega bo’lgan elektron o’tishlarga π→π*, n→π* va ayrim n→σ* larni ko’rsatish mumkin. Ultrabinafsha spektrining maksimum qiymatlarini namoyon bo’lishida molekuladagi elektronlarning bir atomdan ikkinchi atomga ko’chishi – lokallanish (benzol) va delokallanish holatlari (piridin) ham sababchi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |