11 – mavzu: inteRNet tili va uslubi reJA: Reja



Download 28,93 Kb.
bet1/3
Sana19.02.2022
Hajmi28,93 Kb.
#458909
  1   2   3

11 – MAVZU: INTeRNeT TILI VA USLUBI


ReJA:


Reja:

  1. Internetning asosiy vazifalari.

  2. Internet tili va uslubining o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Gipermatn tushunchasi.

  4. Internet tilining lisoniy va nolisoniy jihatlari.

Internetning asosiy vazifasi kommunikativlikdir. Darhaqiqat, global tarmoq kommunikatsiyaning umumiy ma'nodagi samarali vositasi bo‘lib, u hududiy jihatdan bir-biridan olisda bo‘lgan insonlarning ham o‘zaro aloqa qilishlari uchun xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda internet tili ta'siriga esa vosita ham hisoblanib, uning yordamida ma'lum bir g‘oyaviy, tijoriy va siyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun ishontiriladi, dalil keltiriladi, targ‘ib qilinadi. Undan tashqari internet:



  • kognitiv (bilim egallash vositasi), tezarus (bilimlar to‘plash va saqlash);

  • madaniy (yangi global axboriy madaniyatni yoki turli submadaniyatlarni yuzaga keltiruvchi vosita);

  • estetik (“quyi” ma'noda ovunchoq, “yuksak” ma'noda esa badiiy va ijodiy salohiyatni amalga oshirish vositasi) vazifalarni bajaradi.

O‘z ahamiyati va dunyo tamadduni rivoji hamda ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga ta'siri borasida Internet davrimiz – axboriy jamiyat va postmodern davri timsoliga aylandi.
Shuningdek hozirgi paytda alohida elektron xat (og‘zaki va yozma nutq bilan bir qatorda nutqning uchinchi shakli) ning paydo bo‘lishi va u xizmat ko‘rsatadigan muayyan kommunikativ muhitning paydo bo‘lganligi haqida so‘z yuritish mumkin. Ayrim lingvistlar shuninglek virtual til shaxsining paydo bo‘lishi haqida ham so‘z yuritmoqdalar.
Internet tilining ayrim tadqiqotchilari elektron muloqot va elektron diskurs tushunchasini bir biridan farqlab, kompyuterdagi “matnli” muloqotning til va nutqga xos xususiyatlarini ta'riflovchi tor tushuncha deb hisoblaydilar, qaysiki diskursiv tahlil uslublari bilan o‘rganiladi. Shu tariqa, elektrondiskurs elektron kommunikatsiya deb atalmish yanada kengroq tushunchaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Interent tili haqida gapirilganda uning quyidagi xususiyatlarini e'tiborga olish kerak :

  • Internet – global muloqot muhiti, kommunikativ makon;

  • kompyuter kommunikatsiyasi;

  • tarmoqda ishlatiladigan matnlar yordamidagi kompyuterkommunikatsiyasi;

  • kompyuter suhbati;

  • kompyuter orqali amalga oshiriladigan mantli kommunikatsiya.

Internet tilning o‘ziga xos alohida bir funksional turi – elektron kommunikatsiya vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi til turidir. haqida Internet tili: “...boshqa kommunikatsiya platformalari orqali yetkaziladigan matnli xabarlar tili: mobil telefonlarning xabarlar xizmati.... teleks orqali yuborilgan xabarlar tili va maxsus qo‘llaniladigan bir qator boshqa texnik tizimlar asosidagi xabarlar tili” kiradi.
Elektron kommunikatsiya vositalari tilini hozirgi paytda tilning funksional turi deb hisoblash mumkin.
Birinchidan, ushbu til osti tilining qo‘llanilish sohasi kommunikatsiyaning boshqa sohalaridan aniq chegaralangan, chunki u texnik elektron vositalar yordamida amalga oshiriladi va doimo ular vositasida ifodalanadi.
Ikkinchidan, ushbu til osti tili o‘ziga xos kommunikativ maqsadlarni qondirishga xizmat qiladi (amaldagi maqsad – muloqot uchun muloqot va hokazo).
Uchinchidan, ushbu til osti tili multimediyaviy janr va shakllarning yangi tiziminiing yuzaga kelishiga turtki berdi, va natijada konvensional janrlar nazariyasidagi yangi yo‘nalish- virtual janrshunoslikning rivojlanishiga xizmat qildi.
To‘rtinchidan, tilning ushbu funksional turiga xos vositalar noyob (yoki deyarli noyob) leksik va grammatik tavsiflarning muayyan jamlamasi bilan tavsiflanadi, qaysiki oson ajratib ko‘rsatilishi, shaklga solinishi mumkin va yagona pragmatik majmuani tashkil qiladi.
Diskurs – bu murakkab hodisa bo‘lib, uni ko‘rib chiqishga bir nechta yondashuv bo‘lishi lozim. Kommunikativ jihatdan dikurs verbal muloqot sifatida namoyon bo‘ladi; senmantik tuzilish nuqtai nazaridan – matnning gap darajasidan yuksakroq parchasi sifatida gavdalanadi; stilistik tuzilish jihatidan – so‘zlashuv nutqining nomatnli tashkil etilishi; ijtimoiy-pragmatik jihatdan – muloqot vaziyatiga cho‘mdirilgan matn sifatida namoyon bo‘ladi.
U quyidagi kompyuter diskursiningquyidagi konstitutiv belgilarini mavjudligini ta'kidlaydi:
1) elektron signal muloqot kanali sifatida;
2) virtuallik;
3) distantlik, ya'ni makon va zamonda ajratilganlik;
4) bilvositalik (texnik vosita yordamida amalga oshiriladi);
5) yuqori darajadagi shaffoflik;
6) gipermatnning mavjudligi;
7)kompyuter mantlarining kreolizatsiyalanganligi (ikki til ta'sirida vujudga kelganligi);
8) ishtirokchilarning asosan maqomi jihatidan teng huquqli bo‘lishi;
9) hissiyotlar, mimika, ehtiroslarning «smaylik» lar yordamida aks ettirilishi;
10) diskursning turli ko‘rinishlarining kombinatsiyalanishi;
11) maxsus kompyuter etikasi.
Ba'zi tadqiqotchilar elektronsignalni kompyuter muloqotining asosiy belgisi deb hisoblaydilar va ular o‘rtasidagi muloqot bir qator texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Biroq, internet-muloqot aslida nima bilan tavsiflanadi? Uning noyobligi nimada?
Birinchidan, bu muloqot o‘zida diskurs hamda nutq amaliyotlarining ulkan miqdorini mujassam etadi.
Ikkinchidan, tarmoqning gipermatn va interfaol imkoniyatlari matnning vujudga keltirilishi va qabul qilinishini tubdan o‘zgartiradi. Masalan, giper ilovali apparatning imkoniyatlari o‘quvchiga nafaqat muallif boshchiligida matnni o‘qib chiqish, balki
Uchinchidan, tarmoqdagi muloqotga ta'sir ko‘rsatuvchi omillardan biri uning anonimligi va distantligidan ham iboratdir.
To‘rtinchidan, muloqotning o‘rindoshlik xususiyatiga ega ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bunda virtual suhbatdosh haqidagi axborotning kamligi metamatn ma'lumotlariga alohida e'tiborni taqazo etadi va uning yordamida kerakli xulosalar chiqarilishi lozimligini talab qiladi.
Beshinchidan, ushbu muloqot yetarli darajada emotsional ko‘rinishga ega. Bunday muloqotning emotsional jihatdan boyitilganligi his-tuyg‘ularni ko‘rsatish uchun noverbal vositalar deyarli yo‘qligi holatida kompensatorli xususiyatga ega.
Shunisi e'tiborliki, bu muhitda emotsional boyitilganlik ham grafik verbal vositalar (bosh harflar, punktuatsion belgilarni qaytarish, smaylik va boshqalardan foydalanish), ham dasturiy ta'minotga kiritilgan maxsus grafik vositalardanfoydalanish orqali amalga oshiriladi (bunda muayyan xis tuyg‘uni ifodalovchi “tabassumcha”ning grafik tasviri (ko‘pincha rangli) har qanday matnli xabar yoki iboraga qo‘shiladi).
Oltinchidan, aloqalarning ko‘ngilli va istalgan bo‘lishi Internetdagi muloqotga ta'sir ko‘rsatmay qolmaydi. Boz ustiga Internetning kommunikativ makoni (yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar boisdan) virtual til shaxsini qurish uchun noyob: undan foydalanib shaxs o‘zini ko‘rsatishi va ijobiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi mumkin. F. O. Smirnovning qayd etishicha, «…elektron kommunikatsiya – til vositalari yordamida o‘zini namoyon etishning qo‘shimcha uslubidir, qaysiki avvalgilaridan ancha maqbulroqdir».
Internetdagi muloqot avvaldan aytib bo‘lmaydigan va boshqarib bo‘lmaydigan vaziyatga olib keladi: hozirda OAV, Internet ham ularga mansub bir tuzilma sifatida insonlardan mustaqil hayot bilan yashay boshlaydi va mustaqil boshqarib bo‘lmaydigan kuchga aylanmoqda. Inson ushbu vositalarning muallifidan ularning qo‘shimchasiga, qandaydir bir axboriy davomiga aylanadi. Bunda ushbu vositalarning ahamiyatiga baho berganda ma'naviy-ahloqiy jihatdan yondoshish kerak.
Internetdagi muloqotning imkon qadar soddalashuvi til, keyin esa jismoniy (real) shaxsning soddalashuviga olib keladi va ruhiyatdagi to‘xtatib bo‘lmas o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Muloqotning vizuallashuvi verbal ifoda va qabul qilish qobiliyatining pasayishiga olib keladi, bu esa turli yoshdagi insonlarning muloqotida aks etadi, uning samarasi va o‘zaro anglashuvni pasaytiradi.
Internet shunday bir muloqot muhiti, tilni amalga oshirishning alohida bir joyi hisoblanadiki, buning o‘tmishda o‘xshashi bo‘lmagan. Internetning virtual voqyeligi rivojlangani sayin yangi dunyo va turmush tarzi qiyofasini kasb etadi, qaysiki yangi kommunikatsiya vositalarining paydo bo‘lishini rag‘batlantiradi.
A.A.Atabekovaning fikricha, «…Internet muhitida muloqot jarayonida tabiiy tildan foydalanish lingvistik tizimli tahlilining ob'ektiga aylanishi kerak», bu tahlil tizimli-funksional yondashuv doirasida amalga oshirilishi lozim.
Internetdagi veb-sahifaning faoliyati murakkab semiotik jarayondan iborat. Bunda til vositalaridan foydalanish semantik, sintaktik va pragmatik nuqtai nazaridan baholanishi kerak.
Tilning asosiy funksiyasi nafaqat axborot yetkazish va undan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan voqye'likka nisbatan tavsif berishdangina iborat emas, balki shaxsning o‘ziga xos o‘rganish va faoliyat sohasida mo‘ljal olishiga ko‘maklashishdan iboratligi ayon bo‘ldi, ya'ni til ko‘proq yo‘naltiruvchi xulq tizimi sifatida ko‘rib chiqila boshlandi.
Ushbu yo‘nalishning asosiy maqsadi tilning Internetda qo‘llanilishining o‘ziga xos xususiyatlarini ta'riflash va tushuntirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunda insonning tarmoqdagi muloqotning ijtimoiy-madaniy jihatlariga jalb etilganligi sharoitlarda turli omillarning ta'siri mavjudligini inobatga olish kerak.
Internet murakab sotsiotexnik tizim bo‘lib, uzluksiz ishlab, doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Tizimli yondashuvga ko‘ra bu qadar murakkab ob'ektni tegishlicha ta'riflash uchun uni yanada kengroq tizim doirasida ko‘rib chiqish kerak va paradigmal operator yoki tadqiqot paradigmasining funksional imkoniyatlarini kengaytirish lozim, shu maqsadda boshqa fanlardan qo‘shimcha axborotlarni jalb etish lozim.
Agar Internet funksiyalarini til funksiyalari haqidagi ta'limotga tayangan holda tasavvur qilishga harakat qilsak, unda tilning an'anaviy ravishda ajratilib ko‘rsatiladigan funksiyalari global tarmoqning funksiyalarini ham g‘oyatda aniq tavsiflashi ayon bo‘ladi.

Download 28,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish