101-a guruh talabasi Bajardi: Kamalova Karina Tekshirdi: Xodirov Xolmurod Nozimovich Toshkent – 2022



Download 16,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana13.07.2022
Hajmi16,36 Mb.
#786653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
combined (1)

4. Yangi dars va yangicha yondashuv
Prezident maktabidagi do‘stona hamda sifatli bilim olishga qaratilgan
maqsadli muhitni sezish mumkin. Bu yerda bolalarning zerikishga vaqti
bo‘lmaydi. Ular uchun zamonaviy texnologiyalar, televizor, mobil aloqa


vositalari, ko‘p metodli multimedia resurslari, interaktiv buyumlar va
barcha shart-sharoit muhayyo. Muhtasham o‘quv binosi zamo-naviy
texnologiyaga asoslanib barpo etilgan, barcha fanlarni oson o‘zlashtirish
imkoni bor. Jumladan, biologiya xonasida har bir o‘quvchi uchun
mikroskop mavjud. Bolalar darsda o‘tilgan mavzuga oid kuzatuvlarni
mikroskopda boshqari-shadi, ularni elektron yaratishadi, Power Pointda
chizishadi.
Anvar Simji bilan hamkorlikda o‘quvchilarga ta’lim berayotgan kimyo fani
o‘qituvchisi Ra’no Nuriddinova-ning ta’kidlashicha, har bir sinfda 12
nafar bolaga mashg‘ulot o‘tilishi o‘quvchilar-ning qiziqishi, qobiliyati va
intellektual salohiyatini inobatga olgan holda individual shug‘ullanishga
imkon yaratyapti. Sinfdan tashqari amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil
qilinmoqda. Mashg‘ulotlarda jamoa bo‘lib ishlash, raqobat tarzida turli
metodlar yordamida dars o‘tilishi o‘quvchining sinfga kirgandan chiqib
ketgunga qadar e’tiborsiz qolishiga fursat ham qoldirmaydi.
“Skramble” va “aktivity”ga asoslangan metodika
Maktabda darslar “skramble”(mashq) va “aktivity”(faoliyat, o‘yinli
mashg‘ulot) usuliga asoslanib o‘tiladi. Masalan, har bir “skramble”da bir
necha faoliyat turi mavjud. Mavzu yuzasidan o‘tilgan notanish so‘zlarni
izohlash usullari yoki “smart board”(aqlli doska) yordamida qisqa vaqt
ichida ijobiy natijani qo‘lga kiri-tish mumkin.
— Ota-onam yangi maktabning rasmlarini ko‘rsatishganidayoq bu
maktabda o‘qish ishtiyoqi tug‘ilgandi, — deydi maktabning 9-sinf
o‘quvchisi Shahrizoda Abdurahmonova. — Imtihonlardan o‘tib, dars
boshlanganida o‘zimning maktabimdan farqli tomonlari ko‘p ekanini
ko‘ryapman. Umumta’lim maktabida barcha fanlarni birdek o‘qishga,
a’lo baho olishga intilardik. Shunda o‘zimiz qiziqqan yo‘nalishda
ma’lumotlarni o‘zlashtirishga vaqtimiz ham oz bo‘lardi. Ayniqsa, bu 10-
11-sinf o‘quvchilari uchun ancha qiyin, sababi, ulardan 19 tagacha fanni
o‘qish talab etiladi. Bu yerda asosiy fanlarni kreativ usullarda


o‘rganyapmiz. Har bir fan yo‘nalishida sinf o‘quvchilari va
o‘qituvchilarining “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida guruh-lari bo‘lib, unda
o‘tilgan mavzu bo‘yicha topshiriqlar berib boriladi. Bugun biologiya
darsida o‘tilgan nomenklatura turlarining nomini eslab qolish biroz
murakkablik qildi. Shuning uchun biz mashg‘ulot chog‘i atamalarni yozib
ol-dik, ana shu so‘zlar — o‘simlik va hayvonlarning murakkab turlari
nomi rep ashula tarzida berilgach, yodlash qiyinchilik tug‘dirmadi.
Ingliz tili fani xonasi. Bu yerda 7-sinf o‘quvchilariga mashg‘ulot
o‘tilmoqda. Unda o‘tgan darsni yangi mavzuga bog‘lash(warm up
activities) harakatli o‘yin turi — koptok otish usulida boshlandi. 12
o‘quvchi oltita stol atrofida qarama-qarshi joylashib, tanlangan mavzu
bo‘yicha savol-javob qildi. Ular-ning erkin, ijodiy va do‘stona muhitda
tuza-yotgan dialoglarida mantiqiy muloha-zalar o‘rin olgani
ahamiyatlidir. Ushbu “speaking (so‘zlashuv) mashg‘ulotida
“aktivity”(faoliyat, o‘yinli mashg‘ulot)lar qizg‘in davom etdi, ya’ni bolalar
o‘zlari tanlagan mavzu bo‘yicha suhbat tayyorlashdi. Kimdir mobil
telefoni, boshqasi internet tizimi, yana birov sun’iy intellekt haqida
gapirib, asosiysi, o‘zining nutq ko‘nikmasini oshirdi. Bu jarayonda ingliz
tili o‘qituvchisi Barno Yunusova hamda angliyalik o‘qituv-chi Anna
Beilining do‘stona munosabati ko‘mak berayotgani yaqqol seziladi.
Prezident maktablarida ta’lim-tarbiya olgan bitiruvchilarga davlat
tomonidan tasdiqlangan ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma,
attestat) bilan birga, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim
muassasalariga o‘qishga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi
tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced
Placement yoki International Advanced Levels) beriladi.
Zamonaviy binolarda ta’lim olib, imkoniyat va imtiyozlarga munosib
ko‘rilgan o‘quvchi-yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi har bir sa’y-harakat
buyuk kelajak uchun tashlangan muhim qa-damdir. Zero, bu o‘zgarishlar
iste’dodli o‘g‘il-qiz-larni qo‘llab-quvvatlash, ma’nan yetuk va intellektual
jihatdan barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qilayotir.



Download 16,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish