101-a guruh talabasi Bajardi: Kamalova Karina Tekshirdi: Xodirov Xolmurod Nozimovich Toshkent – 2022



Download 16,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana13.07.2022
Hajmi16,36 Mb.
#786653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
combined (1)

Oʻquv jarayoni
Prezident maktablari internat sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Yaʼni,
oʻquvchilar 5 kun davomida maktab hududida (kampusda) yashab,
oʻqishadi. Dam olish kunlari ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari
mumkin.
Prezident maktabi oʻquvchilari bepul maktab formasi va ovqat bilan
taʼminlanadi.
Prezident maktablarida oʻquv jarayoni “STEAM - taʼlim“ dasturi (Science
— tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik
ijodkorlik, Art — sanʼat, Mathematics — matematika) boʻyicha olib
boriladi. Bu esa iqtidorli yoshlarning fikrlash qobiliyati, iroda, ijodiy
salohiyati, moslashuvchanligini rivojlantirishga imkon beradi. Ushbu
yoʻnalishdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Ayni paytda maktab STEAM
metodologiyasi boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan
taʼminlangan.
Yosh avlodni Vatanga muhabbat va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash
uchun Prezident maktablarida oʻzbek tilida oʻqitiladigan ona tili va
adabiyoti, tarix va boshqa fanlarni chuqur oʻrganishga alohida eʼtibor
beriladi.
9-11-sinf oʻquvchilarining qiziqishlari va xususiyatlariga qarab, Prezident
maktabida taʼlim oʻquv jarayonini individualizatsiya qilingan holda olib
boriladi. 
Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan
tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro
darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate,
Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega boʻladi.
Bu esa oʻz navbatida xorijiy oliy oʻquv yurtlariga kirish imkonini beradi.
Kanadaning “Teachaway” hamda Buyuk Britaniyaning “TIC Recruitment”
rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktabga 30 nafar chet ellik


mutaxassis tanlab olindi. Shuningdek, 72 nafar tajribali va malakali
mahalliy oʻqituvchi ham jalb etildi. Ularning barchasi maxsus imtihondan
oʻtkazildi.
Cambridge Assessment International Education vakillari tomonidan
mahalliy va xorijiy mutaxassislar uchun Kembrij oʻquv dasturlari asosida
maxsus treninglar oʻtkazildi. Shuningdek, Cambridge oʻquv dasturini
amalga oshirishning ijobiy tajribasini oʻrganib, uni mamlakatimizdagi
boshqa maktablarda qoʻllovchi mahalliy mutaxassislar jamoasi
shakllantirildi.
Ahamiyatlisi, Prezident maktablari oʻziga xos bilimlar markaziga aylanadi.
Maktab maʼmuriyati va oʻqituvchilar ilgʻor pedagogik tajribani oʻrganib,
hayotga tatbiq etadi. Bir soʻz bilan aytganda, Prezident maktablari
respublikamizda taʼlim sifatini oshiruvchi oʻziga xos lokomotivga
aylanadi.
Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021-yili Andijon,
Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident
maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan. Prezident maktabi yangi
toifadagi bilim maskanlari uchun lokomotiv bo‘ladi. Mazkur o‘quv
maskani tuzilishi jihatidan an’anaviy maktablardan farqli ravishda ixcham
va bilim olish uchun qulay. Maktab-da 17 ta sinfxona, informatika va
ing-liz- tili xonalari, fizika, kimyo, biologiya laboratoriyalari, yotoqxona,
oshxona, xorijlik o‘qituvchilar uchun 15 o‘rinli mehmonxona mavjud.
Barcha xonalar zamo-naviy o‘quv uskunalari va innovatsion
texnologiyalar bilan jihozlangan. Sport zali, su-zish havzasi, futbol
maydoni qurilishiga ham innovatsion yondashilgan. Ayniqsa, o‘zida
zamonaviy qulayliklarni mujassam etgan yotoqxona o‘quvchilarga oila
muhitidagidek yashash va dars qilish imkonini beradi. O‘quvchilar
haftaning 5 kuni maktabda o‘qib, yashaydi. Dam -olish kunlari ota-onalar
farzandlari-ni uyiga olib ketishi mumkin.
— Maktabning umumiy sig‘imi 168 nafar bolaga mo‘ljallangan bo‘lib,
kelasi yili 5-sinfga 24 nafar bola qabul qilinadi, — deydi Toshkent
shahridagi Prezident maktabi direktori To‘raboy Shermatov. —
Maktabda o‘quv jarayoni STEAM dasturi asosida olib boriladi. Bu iqtidorli


yoshlarning fikrlash qobiliyati va ijodiy salohiyatini oshirishga yordam
beradi. Ushbu fanlar yo‘nalishidagi darslar -in-g-liz tilida olib borilmoqda.
Tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar bilan birga o‘quvchilarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash, ularga milliy o‘zlikni tanitish uchun ona tili va
adabiyot, tarix fanlariga ham alohida ahamiyat qaratildi. Bu fanlar
taj-ribali pedagoglar tomonidan o‘zbek tilida olib borilmoqda. Biologiya,
kimyo, fizika kabi fanlardan mashg‘ulotlar ikki nafar o‘qituvchi (mahalliy
va chet eldan kelgan pedagog) yordamida tashkil etil-yapti, sinfdagi 12
nafar o‘quvchining yetarli bilim olishi uchun hamkorlikda ishlanyapti.
Joriy yilda maktabning 5—10-sinf-lariga hujjat topshirgan 7 mingga yaqin
o‘quvchidan 144 nafari o‘qishga qabul qilindi. Kanadaning “Teach Away”
va Buyuk Britaniyaning “TIC Recruitment” rekruting kompaniyalari bilan
hamkor-likda Prezident maktablari uchun 30 nafar chet ellik mutaxassis
tanlab olindi, 72 nafar malakali va tajribali mahalliy o‘qituvchi jalb qilindi.
Barcha o‘qituv-chilar uchun Cambridge STEAM ta’lim dasturini tatbiq
qilishga qaratilgan maxsus trening tashkil etildi, bu dasturga oid darslik
va o‘quv qo‘llanmalari olib kelindi. E’tiborlisi, 17 ta o‘quv va 3 ta
laboratoriya uskunalari saqlanadigan xona mashg‘ulot metodologiyasiga
xos dizayn asosida jihozlangan. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib
o‘qitiladigan fan xonalarida stol-stullar jamoaviy holatda o‘tirishga mos
va kompyuterlar oltitadan joylashtirilgan. Iqtidorli bolalar-ning
innovatsion loyihalar yaratishi uchun barcha elektron jihozlar,
kompyuterlar va 3D formatli printer mavjud. O‘quv binosi markazidagi
kutubxona ham zamo-naviy qurilgan va jihozlangan bo‘lib, uch qism —
kutubxona, onlayn kutub-xona (O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron
bazasiga ulangan) va o‘quv zalidan ibo-rat. Bu yerda bolalar o‘qigan
asarlari yuzasidan debat usulida bilimini mustahkamlashadi.
— Janubiy Afrikadan O‘zbekistonga xalqaro trener sifatida keldim, —
deydi Prezident maktabi xalqaro o‘qituvchisi, tajribali biolog-mutaxassis
Anvar Simji. — Biologiya fani o‘qituvchisi sifatida faoliyatim mobaynida
mamlakatingiz o‘quvchilariga dunyo eshiklari ochilishi uchun bor tajriba
va kuch-g‘ayratimni ishga solishga, bu yerda innovatsiya yaratuvchilarni
tarbiyalashga kirish-ganman. To‘g‘ri, o‘zbek ta’lim moduli “Cambridge”
dasturiga mos kelmaydi. Shuning uchun ham 8-sinf o‘quvchisi bilgan


ayrim ma’lumotlardan 10-sinf o‘quvchisi xabardor emasligi ko‘zga
tashlandi. O‘tgan oy davomida bolalar bilan ishlab, ularga global
miqyosda bi-lim berilishi lozim degan xulosaga keldim, bunga
“Cambridge” dasturi imkon yaratadi, albatta. Ushbu dastur xalqaro
miqyosda tan olingan STEAM (Science — ta’lim, Technology —
texnologiyalar, Engineering — muhandislik, Art — san’at, Mathematic —
matematika) yo‘nalishida amalga oshiriladi. Standart o‘quv dasturi
bolaga shunday ilm egallashga sharoit tug‘diradiki, o‘quvchi nafaqat
davlat miqyosidagi masalalar, balki global miqyosdagi muammolarga
ham yechim topa oladigan bo‘lib yetishadi. Masalan, O‘zbekistonda
suvning tozalik darajasini oshirish muammosi-ni oladigan bo‘lsak, STEAM
fanlari bunga yordam beradi. Bunda biologiya va kimyo fani suvni
tozalash, zavod qurish kabi ishlar uchun, texnologiya fani unga qan-day
texnologiya kerakligi, muhandislar unga qanday yondashishi zarurligi, Art
esa dizayn qanday bo‘lishini, matematika hisob-kitobni o‘rgatadi.
Natijaga bir jamoa bo‘lib erishiladi. Biz bolalarni muammoni boshdan
oxirigacha o‘rganib, yechim topishga o‘rgatamiz. Har bir bola o‘zi uchun
kerakli bo‘lgan barcha bilimga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, o‘quvchilar
bilimidagi bo‘shliqni to‘ldirib boryapmiz. O‘quvchi darsda boshini partaga
qo‘yib tinglashi yoki ikki qo‘lini qimirlatib diqqatini jamlashi ham
mumkin. Bu har bir bolaning o‘qish va qabul qilish usulidan kelib chiqadi.
U qo‘l, quloq yoki ko‘z orqali o‘qib-o‘rganadi. Biz bolaning mashg‘ulotda
qanday o‘tirganini tahlil etmaymiz, unga o‘zi istagan usulda(musiqa,
rasm va video orqali) o‘rgatishga intilamiz. Misol uchun, mozaika, pazol,
labirint usullarida biologiyaga oid mavzularni eslab qolish nisbatan oson.
Bu o‘yinlarni fanga bog‘lab o‘tamiz. Hujayralar bo‘yicha mavzu o‘tdik,
bolalar hujayrani avval mikroskopda tekshirishdi. Keyin turli qismlarini
chizib olib, birlashtirishdi. Shu tarzda bolaning miyasi va qalbi tomon yo‘l
izlaymiz. Chunki avval ular-ning mana shu jihatlari bilan tanishish shart.

Download 16,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish