Butanni gidrirlash zonasi Debutanizatordan kelayotgan C4 qatori uglevodorodlari 100-zonadagi Butanni gidrirlash reaktori R-2110 A/B ga keladi va u yerda tarkibidagi toyinmagan uglevodorodlarni to’yintirib LPG xomashyosiga qoshib beriladi. C4 qatori uglevodorodlari suyiq holatda 6.3 t/s rasxod bilan 480C haroratda R-2109 Merkuriy reaktoriga simobdan tazalash uchun keladi va undan o’tib E-2110 issiqlik almashtirgichda “LP Steam” bilan past bosimli suv bugi bilan isitiladi,undan isib chiqqan xomashyoga “PSA” toza vodorod olish qurilmasidan 358kg/s 350C da toza vodorod kelib qoshiladi va ararlashtirgichda aralashtirilib R-2110A/B gidrirlash reaktoriga keladi, u yerda C4 qatori uglevodrodlari tarkibidagi toyinmagan uglevodrodlarni molekulyar vodorod bilan toyintiriladi, R-2110 A/B dan chiqqan tayyor maxsulot E-2111 da issiqlik almashtirgichda “colling water” sovuq suv bilan sovutiladi va V-2110 yumkisiga yigiladi. Yumkisdan P-2110A/B nasosi orqali tayyor maxsulotini 6.8 t/s T=50.4 0C da LPG quvuriga E-2102 issiqlik almashtirgichning oldingi qismiga retsikl butan qilib beriladi.
200-zona Fraksionator kolonnasi, Zakolochniy colonna( Toblovchi colonna). Piroliz pechdan chiqqan pirogaz 200-zonadagi fraksionator kalonnasi C-2210 ga 3430C da kirib keladi, kalonnaga kirishidan avval unga “quench oil” toblovchi moy qoshiladi, uni qoshishdan maqsad pirogaz haroratini 246 0C ga tushirishdan iborat, fraksionator kalonnasida 3 qator nasatka ornatilgan bo’lib ular kontakt yuzani oshirish vazfasini bajaradi.Pirogaz kolonnaning pastki qismidan berilib uning tarkibidagi og’ir uglevodorodlardan ajratib olinadi va OZX tsexiga Piroliz moyi bilan qoshib beriladi.Ushbu kalonnada pirogaz tarkibidagi “quench oil” yani toblovchi moyni ajratib olib issiqlik almashtirgich apparatlariga issiqlik eltkich sifatida foydalanib bir qismi 1650C haroratda fraksionator kalonnasining birinchi nasatkasi tepasidan sugorish uchun qaytarib beriladi,ikkinchi qismi esa 100-zonadagi issiqlik almashtirgichlarni isitib, o’zi 125 0C gacha sovub fraksionator kalonnasining ikkinchi nasatkasi tepasidan sugorish uchun beriladi, uchinchi nasatkadan esa “Gazolin “ beriladi, u soatiga 60 t/s rasxod bilan 80 0C haroratda beriladi va pirogazni 110 0C gacha sovutib ,o’zi pirogaz tarkibiga qoshilib toblovchi kolonnaga ketadi.Ushbu kolonnaning birinchi va ikkinchi nasatkalari ortasidan “Fuel oil” yani piroliz moyi ajratib olinadi va uni OZX tsexiga saqlashga berib yubiriladi.
Fraksionator kalonnasi C-2210 ning tepa qismidan chiqqan pirogaz 110 0C harorat, 241 t/s rasxod bilan “quench tower” C-2230 toblovchi kolonnaga keladi, Toblovchi colonnaning vazifasi pirogaz tarkibidagi suv bugidan ajratish va gazolinni ajratib olishdan iborat. Kolonnaning tepa qismidan toblovchi suv “quench water” beriladi, uni berishdan maqsad pirogaz haroratini 380C gacha sovutish va shu orqali tarkibidagi suv buglarini va gazolinni ajratishdan iborat.Toblovchi kolonna C-2230 da ikkita nasatka ornatilgan bo’lib , kelayotgan pirogaz birinchi nasatkaning ostidan beriladi va tepadagi nasatka ustidan esa toblovchi suv sepib berib turiladi, natiyjada piroga harorati tushadi va uning tarkibidagi suv buglari va gazolin kondensatsiyaga uchraydi va kolonnaning pasti qismiga yigiladi,pirogaz esa colonna tepa qismidan 380C harorat , 143t/s rasxod bilan CGC kompressori K-2301 ga yuboriladi.
Kolonna kubidagi kub qoldig’i yani suv va gazolin zichliklar farqiga ko’ra ajratib olinadi, gazolinni ustki qismidan 60 t/s rasxod bilan ajratib olib fraksionator kolonnasi C-2210 ning tepa qismidan sug’orish uchun beriladi.Pastki qismidagi 810C haroratli suvning bir qismini ajratib olib P-2210 A,B,C nasosi orqali 300-zonadagi E-2305 ,E-2306 va 700-zonadagi E-2710 E-2722 E-2721 issiqlik almashtirgich apparatlarini isitib ozi sovugandan keyin E-2210, E-2211issiqlik almashtirgich apparatlarida sovuq suv “colling water” yordamida 350C gacha sovutiladi va toblovchi kolonna C-2230 ning tepa qismidan toblovchi suv sifatida beriladi.
Toblovchi kolonna C-2230 ning kubidagi qolgan suv kondansatining qolgan qismini P-2212A/B nasosi orqali olib V-2203 separatoriga beradi, u yerda suv tarkibidagi gazolin qoldiqlaridan tozalanadi va ajratib olingan gazolinni toblovchi kolonna C-2230 ga qaytarib beradi. V-2203 separatorining patki qismidagi suv E-2212 issiqlik almashtirgich apparatiga borib isitiladi va C-2240 kolonnasi “process kondensate stripper” ga keladi, bu yerda uni “LP Steam” past bosimli suv bug’i bilan isitiladi va suv tarkibidagi gazolin qoldiqlaridan toliq tozalab olinadi, keyin P-2211 A/B nasosi orqali otib E-2215 issiqlik almashtirgich apparatida 1620C gacha isitilib V-2210 “Dilution steam drum” yani erituvchi bug’ tayorlash yumkisiga keladi. V-2210 ning 7ta”Reboiler” issiqlik almashtirgich apparati bor bolib, ularning 5 tasi E-2220 A-E quench oil bilan, 2 tasi E-2221 A/B MP Steam bilan qizdirib turiladi.bu apparatlar V-2210 ning pastki qismidan suvni olib,uning haroratini ko’tarib yumkisning oziga qaytarib beradi, shu tariqa suvning tserkulyatsiyasini taminlab beib turadi, natijada V-2210 yumkisda ajralib chiqqan suv bug’i 1750C harorat bilan 51 t/s rasxod bilan E-2230 issiqlik almashtirgich apparatida “MP Steam” orta bosimli suv bug’i bilan uning haroratini 1900C gacha qizdirib 51t/s ga erituvchi bug’ qilib piroliz pechiga beriladi. V-2210 Dilution steam drum ning pastki qismida suvning balandligini(уровенни) saqlab turish uchun, pastki qismidan 1750C haroratda olib E-2212 issiqlik almashtirgich appartini isitish uchun yuboriladi, va ozi 950C gacha sovuydi keyin E-2222 issiqlik almashtirgich appartida sovuq suv bilan haroratini 450C gacha sovutilib OZX tsexiga qayta tozalash uchun tokiladi yani “BLOW DOWN” qilinadi soatiga 7.2 t/s atrofida tokiladi.