100 yildan so'ng qanaqa o'zgarishlar bo'lishi mumkun
Atro..fimizdagi olam har 100 yilda emas, har yili o‘zgarmoqda. Bizning soatlarimiz, ko‘zoynaklarimiz, mashinalarimiz va hatto xonadonlarimiz allaqachon "aqlli" bo‘lib ulgurdi,
Barcha tabiiy narsalar qimmatlashmoqda, borgan sari ularning qadri oshmoqda, tabiat va an'analar saqlanib qolgan yer uchastkalari esa diqqatga sazovor joylarga aylanmoqda.
Uzoq yashaymiz
texnologiyalar asta-sekinlik bilan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilmoqda. Biz gadjyetlar yordamida puls va qand miqdorini o‘lchaymiz, shuningdek o‘z salomatligimizga oid ko‘rsatkichlarni smartfon ekranida ko‘rishimiz mumkin. Plastik operatsiyalarga bo‘lgan talab kamaymoqda, barcha amaliyotlar oddiy va deyarli og‘riqsiz inʼeksiyalar yordamida bajarilmoqda.
Vahima soluvchi tibbiy uskunalar asta-sekinlik bilan gadjyetlar hajmigacha ixchamlashmoqda, funksiyalar soni esa o‘smoqda. Organizmni to‘liq tashxisdan o‘tkazish uchun shifokorga borish va bir talay tahlillar topshirishga hojat qolmaydi, mobil qurilmaning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Virtual reallik o‘quv darsliklari o‘rnini egallaydi
Siz tarixiy hodisaning markazida bo‘lishingiz, Katta portlashni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz yoki uydan chiqmay turib, boshqa mamlakatdagi universitet leksiyasini tinglashingiz mumkin bo‘ladi. Virtual reallik katta tezlik bilan rivojlanadi va kelajakda ta'lim sohasida qo‘llanadi. Hissiyotlarga to‘la haqiqiy sayohat o‘rnini hech narsa bosa olmaydi, albatta.
Biz chiqindilarga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartiramiz
Asta-sekinlik bilan, lekin shu maqsad sari harakatlanmoqdamiz. Chiqindini saralash tizimi hozircha u qadar rivojlanmagan, ammo bunga albatta ko‘nikma hosil qilinadi. Bugunning o‘zidayoq maishiy texnika va kiyim-kechak do‘konlari eski buyumlarni almashtirishni taklif qilishmoqda. Borgan sari chiqindilarni qabul qilish va saralash punktlari ko‘paymoqda, ularni qayta ishlash ekologik va iqtisodiy nuqtai nazardan to‘g‘ri. Umuman, imkon bor!
Hamma joyda uchuvchisiz qurilmalar bo‘ladi
Dronlar pitssa va jo‘natmalarni tezroq hamda arzonroq yetkazadi, Tesla mashinalaridagi sun'iy intellekt esa insonga nisbatan yaxshiroq va xavfsizroq boshqaradi. Asta-sekinlik bilan boshqaruv to‘liq haydovchisiz qurilmalar tasarrufiga o‘tib, avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Internet-do‘konlardagi o‘zingizga ma'qul kelgan tovarni "klik"laysiz va bir necha daqiqadan so‘ng kutilgan xaridingizni sizga topshirish uchun "vertolyotcha" eshik qoqadi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, naqadar mukammal tizim!
Biz elektromobillarga o‘tamiz
Biz asta-sekinlik bilan havoni ifloslantiruvchi sershovqin mashinalardan uzoqlashib, elektrodvigatellar sari qadam tashlamoqdamiz. Odamlar elektromobillarning nafaqat ekologik va xavfsiz, balki "aqlliroq" ham ekanini tushuna boshlashmoqda.
Asosiy muammo shundaki, dunyoning aksariyat qismi hali bu mashinalarga moslashmagan. Biroq ba'zi mamlakatlarda elektromobillarni zaryadlovchi stansiyalar qurilishi yo‘lga qo‘yilmoqda, bunday harakatlanish vositalari narxi esa pasaymoqda.
Yer aholisi shiddat bilan ko‘paymoqda
Yaqinda BMT sayyoramizning 2050 yilga borib aholisi o‘sishiga oid prognozini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Yer aholisi 2,5 milliard kishiga ko‘payadi, ya'ni 7,5 milliarddan 9,7 milliard kishigacha. Bunday prognozga ikki omil ta'sir qildi:
1. Tibbiyotning rivojlanishi. Yangi preparatlarning ixtiro qilinishi va zamonaviy tibbiyot uskunalari hayot davomiyligi va sifatini yuksaltirmoqda.
2. Sog‘lom hayot tarzi. Borgan sari zararli odatlar va nosog‘lom yeguliklardan uzoqlashib, sport bilan shug‘ullanishga qiziqayotgan kishilar soni oshib bormoqda.
Energiya arzon va qayta tiklanuvchi bo‘ladi
Yaqinda Energiya instituti tadqiqot o‘tkazdi, unga ko‘ra, 2050 yilda 80 foiz energiya qayta tiklanuvchi manbalardan olinadi. Gap tabiiy resurslar - quyosh nuri, suv va shamoldan foydalanuvchi generatorlarga o‘tish haqida bormoqda. Bunday texnologiyalar nisbatan kamxarj bo‘lib, ko‘proq ish o‘rinlari bilan ta'minlaydi va tabiat hamda bizning sog‘lig‘imizga ziyon yetkazmaydi.
Bugungi kunda ko‘p mamlakatlar qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tmoqda. Shunday qilib, Germaniyada 74 foiz energiya qayta tiklanuvchi manbalardan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |