100 mln so‘mdan oshmaydigan



Download 2,51 Mb.
bet4/5
Sana20.03.2022
Hajmi2,51 Mb.
#502663
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Qat’iy belgilangan soliq
Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat'iy belgilangan soliqni to‘laydi.
Qat’iy belgilangan soliq yakka tartibdagi tadbirkorning kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat'i nazar, qat'iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to‘lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullangan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida hisoblanadi.
Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Masalan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini Toshkent shahrida amalga oshirgan taqdirda, Toshkent shahriga belgilangan eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha qat’iy soliq to‘laydi. Agar ushbu tadbirkor Zangiota tumanida faoliyatini amalga oshirsa, eng kam ish haqining 3 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha soliq to‘laydi.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik sub’ekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydi.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat'iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.
Yagona soliq to’lovi hamda umumbelgilangan soliq to’lovlari
Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkaziladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari hamda tovar cheklari kitobchasi yuritiladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi kalendar yil davomida bir milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi hamda buxgalteriya hisobini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi.
Yagona ijtimoiy to’lov
Yagona ijtimoiy to`lov soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat ’i nazar, majburiy tartibda quyidagicha to‘lanadi:
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;
2) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oilа a’zolari tomonidan:
- yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan - oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;
- oilaning boshqa a’zolari tomonidan (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida ;
4) qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandchilik sub'ektlari - "Hunarmand" uyushmasining a'zolari tomonidan - o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida ;
5) "Usta-shogird" maktabi o‘quvchilari tomonidan ularning 25 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan ish davrida - yiliga eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda. Belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy to‘lovning to‘lanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik sub'ektlari - "Hunarmand" uyushmasining a'zolari yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etiladi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar uchun sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor uchun qat’iy belgilangan
soliq stavkalari
Uy xo‘jaligida, shu jumladan, dehqon xo‘jaligida parvarishlangan tirik hayvonlarni (chorva mollari, parrandalar, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliqlar va boshqalar) hamda ularni so‘yib, xom yoki qayta ishlangan ko‘rinishdagi mahsulotlarni, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan ko‘rinishda (manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlaridan tashqari) sotish bundan mustasno.
Soliq to‘lovchi tegishli sotilgan mahsulot mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan, soliq to‘lovchi tomonidan unga yoxud uning oila a'zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjatni taqdim etganda soliq solishdan ozod qilinadi.

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish