1920
|
Qirg‘iziston ASSR tashkil qilingan
|
1921
|
mart RKP (b) X syezdi oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirish to‘g‘risidagi qarori bilan bu ish boshlanib ketdi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) degan yangi yo‘lning mohiyati shundan iborat edi.
|
1921
|
avgust Turkiston ASSRda yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish Turkiston Kompartiyasi VI syezdida siyosiy jihatdan asoslab berildi va shundan so‘ngra Turkiston ASSR Sovetlari X syezdi qarori bilan rasmiylashtirildi.
|
1921
|
bahorida yer-suv islohoti boshlanib yer-suv islohotini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish dastlab Yettisuv, Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand viloyattlarida amalga oshirildi.
|
1921
|
iyun – sentyabr oylarida viloyatda 200 dan ortiq qo‘rboshi guruhlari harakat qilgan.
|
1921
|
13-sentyabrda Farg‘ona vodiysida favqulodda holat e’lon qilindi.
|
1921
|
noyabrda Farg‘ona viloyatida sovet hokimiyati tomonidan harbiy diktatura o‘rnatildi va Turkiston fronti harbiy inqilobiy kengashi a’zosi P.Baranov Farg‘ona viloyatining harbiy diktatori qilib tayinlandi.
|
1921
|
Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, Ochilbek 1921-yildan boshlab “Turkiston milliy birligi” tashkiloti ko‘rsatmalari asosida faoliyat ko‘rsatgan.
|
1921
|
18 – 23 sentyabrda bo‘lgan Butunbuxoro xalq vakillarining II qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.
|
1921
|
24-noyabrda Afg‘onistonga qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida maxsus elchilik hay’ati jo‘natilgan
|
1921
|
6-martda Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan harbiy davlat to‘ntarishidan keyin P.Yusupov hukumati ham ag‘darib tashlandi.
|
1921
|
sentyabrda Xivada ochilgan xalq dorilfununi respublika madaniy hayotida katta voqea bo‘ldi.
|
1921
|
mart oyida bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragan Olimxon Afg‘oniston davlati hududiga o‘tib ketishga majbur bo‘ldi.
|
1921
|
oktyabrda Anvar Posho Kavkazdan Buxoro shahriga keladi.
|
1921
|
9-noyabrda Anvar Posho Qarshi yaqinidagi Qiliko‘l atrofida Mulla Nafis qo’rboshi bilan uchrashadi.
|
1922
|
yozigacha Bahrombek o‘z yigitlari bilan qizil armiyaga qarshi faol kurashgan.
|
1922
|
kuzida Bolsheviklar chekistlar va josuslar yordamida Bahrombek va ukasi Shahriyor qo‘rboshini qo‘lga olishib, Samarqand shahrida otib tashlashgan.
|
1922
|
Fayzulla Xo‘jayev Berlinga nemis banklari va chet el savdo kompaniyalari bilan mustaqil shartnoma tuzishga bordi.
|
1922
|
dekabrda XXSRda qshloq xo‘jaligida yagona soliq tizimi joriy qilindi.
|
1922
|
avustda Anvar Posho Sharqiy Buxoroning Boljuvon atrofidagi obidara qishlog’ida qizil askarlarga qarshi kurashda mardlarcha halok bo’ldi
|
1922
|
ko‘klamida Junaidxon Xorazmda o‘z faoliyatini yanada kuchaytirdi. Bu paytda uning qo‘shinlari soni 15000 nafar yigitdan iborat edi.
|
1922
|
aprel oyida Junaidxon qo‘shinlari Porsu shahri va uning atroflarini qizil askarlardan ozod qilishdi.
|
1922
|
30-dekabrda SSSR 4 ta ittifoqdosh sovet respublikasi (RSFSR, Ukraina, Belorusiya, ZSFSR – Kavkazorti) asosida tashkil topgan edi.
|
|