Vaqt so‘zi qolganlaridan keng tushunchaga ega.
Payt, zamon, mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza so‘zlari ma’lum chegaralangan vaqtni bildiradi. Shuning uchun bu so‘zlar ifodalanayotgan vaqt chegarasini aniqlab ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan birga qo‘llanadi: yoz payti, bir zamon, har mahal, shu on, shu chog‘, o‘sha kezda, har lahza, kuz pallasi kabi.
Muddat o‘lchangan, belgilangan vaqtni bildiradi.
Zamon biror voqea-hodisa bilan xarakterli bo‘lgan vaqt oralig‘ini ham bildiradi.
Lahza, on vaqtning juda qisqa darajasini bildiradi va ko‘proq kitobiy uslubga xos
Fursat ko‘pincha, ma’lum ish uchun lozim bo‘lgan, shu ishga belgilangan vaqt ma’nosini anglatadi.
!!! Undalmalar gap bo‘laklari bilan aloqga kirishmaydi
!!! Undalmalar gapning barcha o‘rnida qo‘llana oladi
!!! Undalmalar gap o‘rtasi va oxirida kelsa emotsionallaik bo‘yog‘i, subyektiv munosabatni ifodalaydi
!!! Undalmalar gap boshida kelsa tinglovchining diqqatini jalb qilish uchun qo‘llanadi
GAPDAGI KIRISHLAR USLUBIYATI
!!! Tilimizdagi kirishlar deb umumlashtiriladigan birliklar juda katta uslubiy, ekspressiv-emotsional imkoniyatlarga ega. Kirishlar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi, ya’ni nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligi, ekspressivligini ta’minlaydi. Ular:
ishonch (U, albatta, keladi),
gumon-taxmin (U, ehtimol, keladi),
istak, mamnunlik (U, xayriyat, keldi),
taajjub (Tavba, u kelmaydimi?!),
ta’kid (Axir, u keladi),
fikrning kimga tegishliligi (Menimcha, u keladi),
fikrni jamlash, xulosalash (Xullas, u keladi) kabi bir qancha uslubiy ma’nolarni ifodalaydi.
!!! Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga xoslangani uchun rasmiy uslubda deyarli qo‘llanmaydi.
Kirishlar:
alohida so‘z (afsuski, sizningcha, aytishlaricha kabi)
so‘z birikmasi (gapning ochig‘i, dangalini aytganda, so‘zning qisqasi kabi)
gaplar (Rostini aytsam, O‘ylab ko‘rsam, Buni qarang kabi) yoki undan katta birliklar shaklida bo‘lishi mumkin.
!!! Kirishlar asosiy gapdan verguldan tashqari, ayniqsa, gapga teng holatlarda qavslar, ba’zan tire bilan ajratilishi mumkin.
Yodlang!!! BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ijrosini o‘rniga qo‘ymoq.
Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq,
Do'stlaringiz bilan baham: |