do‘ndirmoq oddiy ish-harakatlarga nisbatan ham, shuningdek, bajarilishi ustalik, mahorat talab etadigan harakatga nisbatan ham qo‘llana oladi.
Qiymoq, eshmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos, bular bajarilishi ustalik, mahorat talab etadigan harakatalarga nisbatan qo‘llanadi va bu so‘zlarda belgi darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Kelishtirmoq nisbatan kam qo‘llanadi.
Mondalamoq shevaga xos.
KIRITMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI!
Esda saqlang!!! Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiruvchi ma’lumotini ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’minlaydigan muhim vositalar sifatida nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo badiiy va publitsistik uslublarda qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi.
Diqqat!!! Kiritmalar ham so‘z, so‘z birikmasi va gap shakllarida bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi:
O‘g‘lining qo‘liga to‘rt dona chachvon (chimmat) tutqazdi. (so‘z)
Ijobatni olgandan keyin yuqorida mazkur Toshkent ashroflari bir majlis qurib,
o‘tirishga Normuhammad qushbegi (Toshkent hokimi)ni ham chaqiradilar.(Soz’ birikmasi)
Oqposhshoning in’omi kelganini eshitgan xotinlar (ustaning onasi va xotini) talashib, nari-beri gapga borib qoldilar. (so‘z birikmasi)
Salomatxonning dadasi, soqol-mo‘ylovidan tegirmon gardi arimaydigan (u kishi qishloqda tegirmonchilik qilardi) xushsurat mo‘ysafid qizining peshonasidan o‘pib xayrlashdi. (gap shaklidagi kiritma)
Yodlang!!! JILMAYMOQ, kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq. Ovoz chiqarmay ko‘z, lab harakati bilan kulgi ifoda qilmoq, miyig‘ida kulmoq
Jilmaymoq va iljaymoq so‘zlari stilistik jihatdan neytral hisoblanadi.
Irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq so‘zlari salbiy bo‘yoqqa ega.
Bu salbiy bo‘yoq irjaymoq so‘ziga nisbatan tirjaymoq so‘zida, tirjaymoq so‘ziga nisbatan ishshaymoq so‘zida, ishshaymoq so‘ziga nisbatan irshaymoq so‘zida kuchliroqdir
Qaysi morfologik vosita hurmatlash, ta’kidlash, kesatish, gumon, umumlashtirish kabi uslubiy vazifalarda qo‘llanishi mumkin?
Ko‘plik shakli –lar
Kelishik shakllari uyushiq bo‘laklarning har biriga alohida-alohida qo‘shilsa, qanday uslubiy ma’no namoyon bo‘ladi?
Uyushiq bo‘laklarni ta’kidlab sanash
Qaysi kelishik shakllarining qisqargan holda qo‘llanishi tasviriylikni kuchaytiradi? Qaratqich va tushum kelishigi shakli –n
O‘zbek tilida subyektiv baho ifodalovchi maxsus qo‘shimchalar bormi? Ularga misollar keltiring.
Erkalash va kichraytirish shakllari
Do'stlaringiz bilan baham: |