10-sinf ona tili darsliklari bo‘yicha ma’lumotnoma Ona



Download 87,06 Kb.
bet1/6
Sana11.07.2022
Hajmi87,06 Kb.
#776602
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-sinf ona tili ma\'lumotnoma




10-sinf ona tili darsliklari bo‘yicha ma’lumotnoma



Ona tili 10-sinf

  1. Tildagi grammatikaning mantiqiy teran, tarang va takomil-u sayqal topganini qaysi g‘arb olimi “xuddi bir guruh mutaxassislar birgalikda ishlab chiqanday” deya ta’riflagan?

Maks Myuller



  1. Tilning qaysi bo‘limida tovushlarning tavsifi, ularning xususiyatlari, muayyan holatlardagi o‘zgarishi, talaffuzi va imlosi, shuningdek, urg‘uni o‘rganadi?

Fonetika



  1. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘zlarning ma’nolari, ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik, iboralarni o‘rganadi?

Leksikologiya



  1. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘z shakllarining tarkibiy tuzilishi, bu shakllarning o‘ziga xosliklari, so‘z turkumlarini o‘rganadi?

Morfologiya



  1. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari, gaplarning xususiyatlarini o‘rganadi?

Sintaksis



  1. Tilimizning sofligi haqida qayg‘urish shu millatga mansublikdan, shu muqaddas timsolga daxldorlikdan iftixor qiladigan har bir kishining burchi. Nafaqat mutaxassis, balki kasb-u koridan qat’i nazar, yurtning har bir fidoyi farzandi tilga e’tiborni yoddan chiqarmasligi zarur. Ona tili bu – millatning ruhidir. Mazkur fikr muallifi kim?

Nizomiddin Mahmudov



  1. Yer yuzida necha kishi o‘zbek tilida muloqot qiladi? 35 million




  1. Mazkur 35 million kishining nechtasi O‘zbekistonda istiqmoat qiladi? 25 million kishi




  1. borovuza, ketvomman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos? Toshkent




  1. Qayerdagi shevada shatta, qatta, kabi so‘zlar qo‘llanadi? Farg‘ona




  1. juring, chig‘ing, ata deb so‘zlash qaysi she’vaga xos? Qipchoq




  1. galing, gerak, aytajakman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos? Xorazm

  2. ketopman, aytopman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos? Buxoro




  1. Narvon ayrim she’valarda qanday yuritiladi? Shoti yoki zangi




  1. Esda Saqlang!!! Shu tilda so‘zlashuvchi turli kasb egalari, turli ijtimoiy guruh vakillari nutqida ham ana shunday farqli holatlar kuzatiladi. Ayrim so‘z va so‘z shakl lari eskirib, nutqdan umuman chiqib ketishi ham mumkin. Shuningdek, so‘zlashuv nutqida ham ba’zi hududiy o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi. Ammo bunday va bu kabi unsurlar yaxlit o‘zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo‘ladi. O‘zbek milliy tili esa hududiy, iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy mushtaraklik omili, azaliy milliy o‘zlik va qadriyatlarning posboni sifatida o‘zbek millati shakllanishining asosini tashkil etadi. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘zining tabiiy ifodasini topgan.




  1. O‘zbek milliy tili hududiy, iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy mushtaraklik omili, azaliy milliy o‘zlik va qadriyatlarning posboni sifatida…?

O‘zbek millatining shakllanishi asosini tashkil etadi



  1. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, nimada o‘zining tabiiy ifodasini topgan? Xalq og‘zaki ijodida




  1. Qanday til rivojlanib, takomillashib, boyib boradi? Milliy til




  1. Milliy tilning eng rivojlangan, takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli qanday nomlanadi?

Adabiy til



  1. Qanday til millatni yanada birlashtiradigan, jipslashtiradigan, muhimi, uning ma’naviy-ma’rifiy kamoloti hamda nufuzining barqarorligiga xizmat qiladi-gan qudratli vosita vazifasini bajaradi?

Adabiy til



  1. O‘zbek adabiy tilining asoslari , tamal toshi kim tomonidan qo‘yilgan? Alisher Navoiy




  1. O‘zbekiston hududidagi hamma baravar qo‘llaydigan til bu…? Milliy til




  1. Qanday til muayyan bir millat vakillari uchun tarixan umumiy bo‘lgan, milliy madaniyatning ko‘zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita bo‘lib, u adabiy til bilan bir qatorda, xalq shevalari, oddiy so‘zlashuv unsurlari, jargonlarni ham o‘z ichiga oladi?

Milliy til

  1. Milliy tilning ishlov berilgan, boy leksik zaxirasi va grammatik tuzilishi me’yorlashtirilgan hamda uslublar tizimi




  1. Rivojlangan oliy shakli qanday til sanaladi? adabiy til hisoblanadi.

  2. Qanday tilning asosiy belgilaridan sanalmish adabiy me’yorlar namunaviy bo‘lganligi uchun ularga amal qilish ayni tildan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiydir?

Adabiy til



  1. Nima adabiy tilning boyib borishida o‘ziga xos tuganmas manbaa vazifasini o‘tasa- da, ular adabiy til me’yorlaridan tashqaridadir?

Xalq shevalari



  1. Qaysi tarixiy voqea o‘zbek adabiy tilining jadal, erkin taraqqiyoti uchun keng imkoniyat va qulay sharoitlarni yaratdi?

O‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berilishi



  1. Adabiy til ifodalanishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? Og‘zaki va yozma




  1. Adabiy til shakli va rivojlanishida qaysi shakl muhimroq sanaladi? Yozma




  1. Og‘ jibakting tolosi, Bolog‘onimding bolosi. Jumalani adabiy tilde ifodalang! J: Oq ipakning tolasi, Bolaginamning bolasi




  1. Yamon so‘z kelib jong‘a urg‘ay Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay. Ma’dani inson guhari so‘durur

Gulshani odam samari so‘zdurur. Bayt muallifi kim? Alisher Navoiy “Xamsa”



  1. Yodlang!!! 1. Ma’dan—a) mineral ; b) metall c) ruda




  1. Yodlang!!! 2. Imon—xudoga bo‘lgan ishonch va tilde iqroq qilish




  1. Yodlang!!! 3. Guhar—gavhar, qimmatbaho marvarid




  1. Yodlang!!! 4. Gulshan—gulzor, chamanzor, gulbog‘




  1. Yodlang!!! 5. Samar—samara, natija, hosila, foyda




  1. “So‘z latofati” asarining muallifi kim? Erkin Vohidov

  2. Til millatning bosh belgisi sanaladi. Til bor – millat bor. Til yo‘q – millat yo‘q. Mazkur aforizmlar muallifi kim?

Erkin Vohidov



  1. Qaror qilindi:

  1. “Ijtimoiy-siyosiy atamalar lug‘ati nashrga tavsiya etilsin”

  2. Mas’ul muharrir etib E. Begmatov tasdiqlansin. Mazkur parcha qaysi nutq uslubiga oid?

Rasmiy uslub



  1. Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydala-nishga bog‘liq. So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi...

Ushbu parcha qaysi uslubga xos? Ilmiy uslub



  1. Nima to‘g‘ri gapirish va yozishni o‘rgatadi? Grammatika




  1. Muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llanadigan til shakli nima deyiladi? Nutq uslubi




  1. Nutq uslublarini o‘ranuvchi tilshunoslik bo‘limi bu…? Uslubiyat, uslubshunoslik




  1. – Onamning onasini, ya’ni buvimni Momojon matalchi, – derdilar. Men qo‘llariga tanqa (qumg‘on)da suv quyardim. Sharillatib quyar ekanman-da, nuqul dakki eshitardim:

  • Namuncha sharillatib quyasan? Suvni isrof qilasan, oz-ozdan quy-da! Parcha qaysi uslub namunasi sanaladi?

So‘zlashuv uslubi



  1. 1. Xalqimizning birligi, jipsligi, tinch-totuvligi bizning bebaho boyligimizdir. 2. Ogohlik – davr talabi! 3. Tinchlik – eng bebaho ne’mat. Tinchlik bo‘lsa, halovat bo‘ladi, halovatli elning har bir kuni esa fayzli, tarovatli o‘tadi. 4. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi.

Mazkur gaplar qaysi uslub namunasi sanaladi? Publisistik usulub



  1. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” qaysi tilshunos olim tomonidan tuzilgan?

A. Hojiyev



  1. Yodlang!!! Kechirim, uzr so‘zlari

Kechirim 1.«biror gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma’nosida ham, shuningdek, umuman,
Kechirim 2. «kechirish» ma’nosida ham qo‘llanadi.
Afv 1. so‘zi, asosan, «gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma’nosida qo‘llanadi, shu ma’noda ham juda kam qo‘llanadi.



  1. Joy nomlari qanday nomlanadi? Toponimlar




  1. Nima ming yillik tariximizning “tilsiz” guvohlari sanaladi? toponimlar




  1. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular qanday so‘zlar sanaladi? uslub nuqtayi nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilda juda katta qismni tashkil etadi.




  1. So‘zlar nutq uslubiga ko‘ra nechaga bo‘linadi? 2 ga: 1) uslubiy xoslanmagan 2) uslubiy xoslangan




  1. Uslubiy xoslanmagan so‘zlarga misol ayting.

Ishlamoq, o‘qimoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kichik, kun…



  1. Yuqorida, quyida so‘zlari qanday nutqqa xos? Yozma nutq (uslubiy xoslangan)




  1. “Yo Vatan yo o‘lim” shiori kimga tegishli? Najmiddin Kubro




  1. Chingizxon Kubroga qanday imkoniyat bergan? avval 100 kishi bilan, so‘ng 1000 kishi bilan shahardan chiqish




  1. “Egasi bor yurtning ertasi bordir” she’rining muallifi kim? Sirojiddin Sayyid




  1. “Kechir meni, ona tilim” kimning she’ri? Muhammad Yusuf




  1. Yodlang!!! 1) yog‘iy—dushman; 2) isnod—nomiga dog‘ tushiradigan, uyatli ish 3) Murid—eshonga qo‘l bergan so‘fiy; shogird 4) murshid—tariqatdan dars beruvchi pir, shayx; ustoz 5) shayx—ulamolarga, faqihlarga, bilimdonlarga berilgan nom. Muqaddas joy mutasaddilariiga ham berilgan 6) xonaqoh—masjidning namoz o‘qiladigan katta xonasi, so‘fiylar mashg‘ulot o‘tkazadaigan xona va hujralar 7) G‘o‘ch—mard, botir (sheva)




  1. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, Baraka topkur, mullaka, churq etmaslik, miyasi g‘avlab ketdi, donor, kasalxona, hammasi joyida bo‘ladi, qo‘rqma, ovvol kabi so‘z va iboralar qaysi usulubga xos?

So‘zlashuv usulubi



  1. 1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ranglar, maza-si boshqacha bo‘ladi

  1. Voy, men o‘lay seni tanimay!

  2. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga oborish kerak buni! – dedi ikkinchisi.

  3. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rdingmi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi. Mazkur gaplar qaysi usulub namunasi sanaladi?

So‘zlashuv usulubi



  1. Nutq usulublarini sanang.

so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy ( 5 ta)



  1. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, qanday shaklida namoyon bo‘ladi? Og‘zaki




  1. Qaysi usulub og‘zaki bo‘lishi bilan boshqalardan farq qiladi? So‘zlashuv usulubi




  1. So‘zlashuv uslubining qanday shakllari mavjud? adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy so‘zlashuv turi (ikkalasi ham og‘zaki shaklda voqelanadi)




  1. Kundalik turmushda qaysi biri aloqa-aralashuvda yetakchilik qiladi? Adabiy so‘zlashuv usulubi




  1. Endi ketamiz deb turgan edik, uzoqdan: – Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim bor? – degan ovozni eshitib qoldik. Sheriklarim tapura-tupuriga olib qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p yeb qo‘yganimdanmi, qimirlolmay qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim- da, joyimda turaverdim.

Parcha usulubini aniqlang. So‘zlashuv uslubi



  1. Yodlang!!!! OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini uyg‘otuvchi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.








  1. Yodlang!!!

  1. Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi.

  2. Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham qo‘llanadi..

  3. Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi.

  4. Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘lla-nadi.

  5. Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi ma’nosida qo‘llanadi.

  6. Nido kitobiy.

  7. Sado juda kam qo‘llanadi.




  1. Qaysi usulubda ba’zan qisqalikka, ba’zan nutqiy ortiqchalikka yo‘l qo‘yiladi? Oddiy so‘zlashuv uslubida




  1. Opti, kepti, bo‘sa, na’lat, ko‘ynak kabi so‘zlar qaysi nutqiy uslubda uchraydi? Oddiy so‘zlashuv usulubida




  1. Og‘zaki so‘zlashuv uslubining qaysi turida adabiy me’yorlarga qat’iy amal qilinadi? Adabiy so‘zlashuv usulubida




  1. Qaror qilindi, belgilansin kabi so‘zlar qaysi usulubga xos? Rasmiy




  1. Kelishik shakllari, nurning sinishi kabi so‘zlar qaysi usulbga xos? Ilmiy




  1. Bamisli, ruxsor, jilvalanmoq kabi so‘zlar qaysi uslubga xos? Badiiy




  1. Siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot kabi so‘zlar qaysi usulubga xos? Publisistik




  1. Qaysi usulublar yozma shaklga ega? Rasmiy, ilmiy, badiiy, publisitik




  1. Qaysi usulub ham og‘zaki ham yozma bo‘ladi? So‘zlashuv usulubi




  1. Ayniqsa, ish qog‘ozlari usulubi bo‘lmish qaysi usulub faqat yozma shaklda bo‘ladi? Rasmiy




  1. Qaysi uslublar , asosan, yozma bo‘lsa-da, og‘zaki shakli ham qisman mavjud? Rasmiy, ilmiy, badiiy, publisitik




  1. Masalan, ilmiy uslubning asosiy ko‘rinishlari bo‘lgan nimalar yozma yaratiladi? monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar




  1. Masalan, ilmiy usulubda nima og‘zaki bo‘ladi? ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi.




  1. Badiiy usulubda nima og‘zaki bo‘lishi mumkin?

badiiy uslubga mansub sahna asarlari



  1. Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha.

Mazkur parcha qaysi uslubda yaratilgan? Ilmiy uslub



  1. Yodlang!!! OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat. Odam, hayvon, umuman, jonivorlar iste’mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik.




  1. Yodlang!!!

  1. Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi.

  2. Taom faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadi va ovqat so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega.

  3. Oziq «odam va boshqa joni-vorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat» ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi narsani bildiradi.

  4. Xo‘rak, yemish juda kam qo‘llanadi.

  5. Ne’mat badiiy uslubga xos.




  1. Iljaymoq, tirjaymoq, xandon otmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq kabilar qaysi xususiyatga ko‘ra ma’lum usulubga xoslangan?

Salbiy va ijobiyligiga ko‘ra



  1. Esda saqlang!!! Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi.




  1. Uslubiy bo‘yoqning ikki xususiyatini ayting! 1) so‘zning muayyan uslubga mansubligi ; 2) unda so‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi «uslubiy bo‘yoq» nomi bilan umumlashtiriladi.




  1. So‘zlarning muayyan uslubga mansublig bo‘yog‘i nima? «funksional bo‘yoq» (masalan, «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi bor,

«inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud).
Uslubiy xoslanish funksional bo‘yoq sanaladi



  1. So‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi qanday bo‘yoq sanaladi? “emotsional-ekspessiv” bo‘yoq. (masalan, jamol so‘zida ijobiy munosabat, bashara so‘zida esa salbiy munosabat ham o‘z ifodasini topgan)




  1. Demak!!! So‘zlarning ma’lum bir usulubga xoslanishi funksional bo‘yoq va so‘zlardagi subyektiv(shaxsiy) munosabat, ijobiy va salbiylik emotsional-ekpressiv bo‘yoq sanaladi.

  2. Diqqat!!! Inson-kishi-bashar so‘zlaridagi bashar so‘zi badiiy usulubga xos va bu uning funksional bo‘yoq tomoni




  1. Diqqat!!! Bashara-chehra-yuz so‘zlaridagi bashara salbiy, chehra ijobiy sanaladi va bu so‘zlarning emotsional-ekpressiv bo‘yog‘i sanaladi. (salbiy yoki ijobiy munosabat emotsional-ekpressiv bo‘yoq sanaladi)




  1. Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman. Hiringlagani hiringlagan. Gapdagi emotsional-ekpressiv bo‘yoqli so‘zlarni toping.

Bashara va hiringlamoq



  1. Yodlang!!!

  1. Barter—tovar ayriboshlash

  2. Birja—bozorning uyishish shakli, yirik savdo muassasi

  3. investitsiya—iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish

  4. Marketing—a) Iqtisodiyotning mahsulot chiqrish va sotish muammolari bilan shug‘ullanuvchi sohasi

b) mahsulot ishlanmalari tayyorlash, Tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tizimi

  1. Menejer—malakali yollanma boshqaruvchi

  2. Menejment—zamonaviy ishlab chiqarish, boshqarish, tartibga solish to‘g‘risidgi fan (qisqartirildi)




  1. So‘zlarning funksional bo‘yog‘i nima?

So‘zlarning turli uslubiy(badiiy, poetic, she’riy, ilmiy, rasmiy) xoslanishi



  1. So‘zlarning emotsional-ekspressiv bo‘yog‘I nima?

Subyektiv munosabat ifodalash, salbiy yoki ijobiy munosabatda qo‘llash



  1. Esda saqlang!!! So‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va ta’sirli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda so‘zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy bo‘yog‘ini ham yaxshi bilish zarur. So‘zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so‘zdagi salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib, uni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq holatda qo‘llab bo‘lmaydi. Qaysi uslub bo‘lishidan qat’i nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga olishi lozim.




  1. Ma’nodosh(sinonim) so‘zlar qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanadi? 1) muayyan uslubga xoslanishi 2) emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi




  1. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor ma’nodoshlik qatorida qaysi so‘z biron-bir uslubga xoslanmagan?

Yuz



  1. Qaysi so‘zlarda salbiy bo‘yoq darajalangan holda aks etgan? bet, aft, bashara, turq so‘zlarida

  2. Qaysi so‘zlarda so‘zlashuv uslubiga xoslik mavjud? bet, aft, bashara, turq so‘zlarida




  1. Qaysi so‘zlarda ijobiy bo‘yoq mavjud? chehra, jamol so‘zlarida




  1. Qaysi so‘zlar badiiy uslubga xoslangan? chehra, jamol so‘zlari




  1. Qaysi so‘zlar eskirgan va ko‘proq kitobiy uslubga xos? oraz, uzor, ruxsor so‘zlari




  1. Bu so‘zlarning turli uslubga xoslanishi qanday bo‘yoq sanadi? Funksional bo‘yoq




  1. Bu so‘zlarning ijobiy va salbiyligi qanday bo‘yoq sanaladi? emotsional-ekspressiv bo‘yoq




  1. Qanday so‘zlar uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi?

Ma’nodosh so‘zlar



  1. Tilimizdagi qanday so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini aynan qanday so‘zlar tashkil etadi?

Omonim(shakldosh so‘zlar) va paronimlar bilan



  1. Ma’nodosh so‘zlarni eslab qoling!!!

1) bitmadi—tamom etmadi 2) maqtamoq—ko‘kka ko‘tarmoq 3) dard-alam 4) odam—inson 5) olam—dunyo 6) shoir—qalamkash 7) shabboda-sabo



  1. Diqqat!!! Sinonimlarni yodlang:

  1. Do‘st—o‘rtoq—og‘ayni—birodar—oshna—yor;

  2. Chiroyli—go‘zal—suluv—sohibjamol—barno;

  1. ko‘p—ancha—bisyor—talay—mo‘l—serob

  2. tushunmoq—anglamoq—fahmlamoq—ilg‘amoq—idrok qilmoq

114. Diqqat!!! Paronimlarga qarang!!!



  1. Hunarni asrabon netkumdur oxir. (oxir, axir, oxur), Olib tufroqqamu ketkumdur oxir (oxir, axir, oxur).

  2. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qut-mish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj (ganch, ganj) ila.

  3. Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol et, Kamol kasb (kosib, kasb) etarsen, bemalol et.

  4. Har kishikim, birovga qozg‘ay choh (chog‘, choh),

Tushgay ul choh (chog‘, choh) aro o‘zi nogoh.



  1. Omonimni Yodlang!!!

Chek I Chegara, eng so‘nggi chegara.
Chek II chegaralarii aniq belgilangan yer uchastkasi Chek III qur’a, bir ishni bajarish majburiyati sharti
Chek IV Ma’lum summani bankdan, kassadan olish yoki boshqa yerga o‘tkazish huquqini beruvchi hujjat.
Chek V Tortmoq. Iztirob chekmoq



  1. 10-sinfda berilgan omonimlarni lug‘atdan toping va yodlang!!!

Chang-chang, qon-qon, chiq—chiq, gul—gul, ol—ol, dam—dam, otin—otin, bo‘l— bo‘l, o‘t—o‘t, bo‘sh-bo‘sh, yosh-yosh, tut— tut, qoq-qoq (omonimlar mashqlar ichidan olindi, bularni topib yodlash juda ham muhim)



  1. Paronimlarni yodlang!!!

abro‘-qosh//obro‘-e’tibor, nufuz, hurmat; ganj—boylik, xazina///ganch—qurilish materiali;
afzal—yaxshi, a’lo, ortiq//abzal—ot-ulov asboblari majmui; adib—ijodkor//adip—to‘n, xalat matosi



  1. Omonim va paronimlarni yodlang!!!

1) och—ochmoq//och—to‘q emas(omonim) 2) mart—oy nomi///mard—dovyurak, botir(paronim) 3) kir—toza emas//kir— kirmoq(omonim) 4) osh—oshmoq// osh— taom(omonim) 5) qor—qormoq//qor—tabiat hodisasi(omonim)



  1. Shoti so‘zi adabiy tilda nima sanaladi? Narvon




  1. Patinjon so‘zi adabiy tilde nima sanaladi? Pomidor




  1. Tancha adabiy tilde nima? Sandal




  1. Qanday birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi?

Shevaga xos so‘zlar



  1. Milliy tilga nimalar kiradi? Shevaga xos so‘zlar, argolar, jargolar, vulgar so‘zlar, varvarizm, eskirgan so‘zlar, atamalar, kasb-hunar leksikasi, xullas, tilimizdagi barcha unsurlar. (milliy til nihoyatda keng tushuncha)




  1. Milliy tilning ishlov berilgan, tanlangan, sayqal berilgan eng oliy shakli qanday til sanaladi?

Adabiy til (milliy tilga nisbatan ancha tor tushuncha)



  1. Shuning uchun bunday unsurlar(shevaga xos so‘zlar) qaysi uslublarda qo‘llanmaydi?

ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi.



  1. Shevalar so‘zlashuv uslubida qo‘llanadimi? ko‘proq oddiy so‘zlashuv uslubida qo‘llanadi




  1. Shevaga xos so‘zlar qaysi uslublarda ma’lum bir me’yorda(kamroq) qo‘llanadi? Badiiy va adabiy so‘zlashuv uslubida




  1. Qaysi uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi?

Badiiy uslubda



  1. She’valar badiiy asarda qanday maqsadda qo‘llanadi? badiiy asarda qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik tasvirini chizishga yordam beradi.




  1. Yozuvchi shevaga xos so‘z va adabiy tildagi muqobili o‘rtasida nozik farq bo‘lsa, qaysi birini tanlaydi?

Shevaga xos so‘zni



  1. Qaysi ijodkorning qissaslaridan biri «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nomlagan? Abdulla Qahhorning




  1. Sinchalakning adabiy tildagi muqobili nima? Chittak




  1. Sinchalak va chittakning farqi nimada? «chittak» so‘zida qushning qo‘nimsizligiga ishora bor, «sinchalak»da esa uning nozikligi (sinchaloq – jimjiloq so‘zi bilan aloqador) ta’kidi mavjud, noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr bilan tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini(sinchalakni) ma’qul ko‘rgan.




  1. Eskirgan so‘zlar qaysi ulublarda juda katta uslubiy qimmatga ega? Badiiy va publisistik




  1. Eskirgan so‘zlarning necha turi mavjud? 2 ta—tarixiy va arxaik




  1. Qanday so‘zlar tarix mavzulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o‘tmishni real tasvirlash maqsadi bilan qo‘llanadi?

Tarixiy so‘zlar

  1. Qanday so‘zlar matnga tarixiy kolorit berish bilan birga, zamonaviy mavzular yoritilgan badiiy va publitsistik asarlarda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi?

Arxaik so‘zlar



  1. Arxaik so‘zlarga misol ayting! (dudoq – hozirgi muqobili lab; meng – hozirgi muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi)




  1. Tarixiy so‘zlarga misol ayting! (yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri kabi).




  1. Arxaik va tarixiy so‘zning farqi nimada? Arxaik so‘zlarning hozirgi kunda muobili mavjud, ular boshqa so‘z bilan yuritiladi. So‘z eskirsa ham, u ifodalagan tushuncha saqlanib qolgan . Ammo tarixiy so‘zlarda so‘z ham , u ifodalagan tushuncha ham eskirgan bo‘ladi. Masalan, dudoq hozir lab deb yuritiladi, ammo yasovul so‘zi ham, u ifodalagan tushuncha ham hozir mavjud emas . (yuqoridagi misollarni aynan yodlang)




  1. Shevalarga e’tibor bering!! Bodparak, barak, valish, adrasman, yorqanat, shapati, vahmak, bo‘riq,




  1. So‘zlarni tarixiy va arxaikka ajrating!!!

rayon, sipoh, oblast, qozi, muhrdor, podsho, tanob, tarxon, kepakiy , qutidor, cho‘ri



  1. Yodlang!!!

  1. bitik—a) yozuv b) xat, maktub c) asar

  2. kolorit—a) rasm, ranglar uyg‘unligi; biror narsaning xususiyatlari majmui

  3. zavj—er, qayliq; 4) zavja—rafiqa, xotin 5) moziy—o‘tmish 6) tancha(sheva)— sandal

7) qutidor—Qo‘qon xonligida soliqlarni to‘plab xon xazinasiga yuboruvchi



  1. Esda saqlang!!! Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, evrilishlar, yangilanishlar o‘zbek tili leksikasining rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bo‘lganligini ta’kidlash lozim.

Mustaqillikdan avval lug‘atlarimizga sig‘magan ma’naviyat so‘zi izohli lug‘atga qaytdi.
!!! Bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer, multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh kabi son-sanoqsiz so‘zlar tilimizga kirib keldi va uning boyishi uchun xizmat qilmoqda. (yozilishini ham o‘rganing)



  1. Qolip, betlik, poshna, charm, shirach; sandon, dam, ko‘ra, bosqon, bolg‘a; andava, mola, chaplama suvoq; iskana, randa, shovun, tesha. Berilgan so‘zlar nimaga oid? Kasb- hunarga oid




  1. Tilimizdagi nimalar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir?

Terminlar

  1. Nimalar ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi?

Terminlar



  1. Terminlar , asosan, ilmiy uslubga xos sanaladi. Ular qaysi uslublarda tasviriy- uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin?

badiiy va publitsistik uslublarda



  1. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan soha bilan bog‘liq shaxsning nutqiy xarakteristikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan nimalar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin?

Terminlar(atamalar, istilohlar)



  1. Mamlakatimizning turli hududlarida qadimdan kulolchilik, duradgorlik, etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, tikuvchilik, naqqoshlik, temirchilik, pichoqchilik kabi bir qancha kasb-hunar tarmoqlari rivojlanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar, o‘ziga xos so‘zlar bilan nomlangan, bular qanday nomlanadi? kasb-hunar leksikasi nomi bilan umumlashtiriladi va ana shunday leksika, albatta, kasbiy-ilmiy matnlarning asosiy unsurlaridir.




  1. Kasb-hunarga oid so‘zlar va iboralar qaysi uslublarda qo‘llanishi va tegishli sohaga daxldor hududiy o‘ziga xoslikni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin? badiiy va publitsistik uslublarda




  1. Esda saqlang!!! Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vositalaridan biridir. Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Bunga misollar ayting! qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq (demak iboralar ilmiy va rasmiy uslubda kamroq, muayyan tushunchani nomlash uchungina qo‘llanadi)




  1. Iboralar qaysi uslublarda keng qo‘llanadi? So‘zlashuv, publisistik va badiiy usulublarda




  1. Nimalar obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi?

Iboralar



  1. Iboralarga diqqat qiling!!! Tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq




  1. Qaysi uslublarda iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi?

Badiiy, publisistik va so‘zlashuv uslublarida

  1. Antonim va sinonim iboralarni yodlang!!!

  1. O‘ziga to‘q—qo‘li uzun sinonim iboralardir; ularning antonimi qo‘li kalta sanaladi

  2. joni achimoq—ichi achimoq—sinonim

  3. Boshi qotmoq—miyasi g‘ovlamoq—sinonim?

  4. Bir yoqadan bosh chiqarmoq—bir tan-u bir jon bo‘lmoq—sinonim




  1. Iboralarga diqqat qiling!!! Ma’noshlarini toping!!!

Aqldan ozmoq, bino qo‘ymoq, bir shingil, almisoqdan qolgan, miridan sirigacha, ichi qora, ko‘zini yog‘ bosgan, mazasi qochdi, payini qirqmoq, oyog‘ini tirab olmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, «san-man»ga bormoq, joni halqumiga keldi, yuragini yormoq, qo‘ldan ketmoq, «hash-pash» deguncha.



  1. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni yodlang va yozilishiga diqqat qiling!!!

  1. Brifing—rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari bilan o‘z fikrini bildirishi

  2. Diversifikatsiya—mahsulot turini ko‘paytirish, kengaytirish

  3. Modernizatsiya—Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish

  4. Parlament-Demokratik davlatlarda, asosan, saylov yo‘li bilan tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi

  5. Strategiya-Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi;




  1. Matematika, kimyo, geografiya ,ona tili kabi fanlarda ishlatiladigan terminlar qaysi uslubga oid?

Ilmiy uslub



  1. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi bu…? Rasmiy uslub




  1. Radio, televideniyekabi ommaviy axborot vositalari uslubi bu…? Publisistik usulub




  1. Qayta faollashgan so‘zni ayting. Vazir




  1. Iboralar qaysi uslubda ko‘proq ishlatiladi? Badiiy, shuningdek so‘zlashuv va publisitik




  1. Iboralar qaysi uslublarda muayyan tushuncha uchungina (kam)qo‘llanadi? Ilmiy va rasmiy




  1. Diqqat!!! Arra, tesha, mix, ketmon, posha, qolip, andava, mola kabilar kasb-hunar leksikasi sanaladi




  1. Diqqat!!! Ega, katet, gravitatsiya, aniqlovchi, ildiz, ko‘paytma, sintez, yonbosh, halol kabilar atamalar(termin) sanaladi 168. Ma’lumki, tilshunoslikka oid nazariy adabiyotlarda olmosh so‘z turkumi xususida boshqa so‘z turkumlariga nisbatan noan’anaviy

lisoniy qarashlar mavjud. Bunday qarashlar, albatta, olmoshlar turkumiga xos so‘zlarning lingvistik tabiatiga bog‘liq holda shakllangan. Ichi bo‘sh so‘zlar – ma’no qobig‘i bo‘sh so‘zlarga olmoshlar va atoqli otlar kiritiladi. Olmosh va atoqli otlar pragmatik funksiyaga ega bo‘lib, matn ichida ma’lum nutq vaziyati bilan aloqador ma’no ottenkalari bilan to‘ldiriladi. Parcha qaysi uslubga oid?
Ilmiy uslubga



  1. MORFOLOGIK VOSITALAR USLUBIYATI!!!




  1. Kelasi zamonning qaysi shakli usulbiy xoslangan bo‘lib, unda tantanovorlik ta’kidi kuchli?

-ajak



  1. –ajak shakli qaysi uslubga xos? Publisistik




  1. Morfologik vositalarda (shakl yasovchi qo‘shimchalarda) qanday bo‘yoq kuchli emas?

Emotsional-ekpressiv (subyektiv, ya’ni ijobiy va salbiy bo‘yoq)



  1. Morfologik vositalarda (shakl yasovchi qo‘shimchalarda) qanday bo‘yoq kuchli bo‘ladi?

Funksional bo‘yoq(ya’ni, uslublarga xoslanish)



  1. Siz unda haqiqiy onalarni ko‘r+ajak+siz. (-ajak)




  1. Safar hozirligini ko‘r+gay+siz(-gay uslubiy xoslangan, publisitik uslub)




  1. O‘zingizni bosing dedim, quriq+qina qilib (-qina uslubiy xoslangan, so‘zlashuv uslubi)




  1. Do‘ppi+dak+kina osh qildim (-dek(-dak) va kina uslubiy xoslangan, so‘zlashuv usulubi)




  1. So‘rang, do‘ndiq+chaning oti nima? (-cha uslubiy xoslangan, kichraytirish)




  1. Bitmas baxtim bor man+im (-im, ya’ni –ning uslubiy xoslangan, badiiy uslub)




  1. Ko‘z+lariga buncha tikilding (-lar uslubiy xoslangan)




  1. Dadam+larga salom ayting (-lar uslubiy xoslangan)




  1. Ochiq yuz+la ko‘rishdi (-la(bilan) uslubiy xoslangan)




  1. Nechun men+din yashirding (-dan(-din) uslubiy xoslangan)

  2. Shuning+chun keldim (-chun(uchun) uslubiy xoslangan)




  1. O‘t bo‘lib orqangdan kez+mak+daman (-mak(-moq) uslubiy xoslangan)




  1. Unga teng kel+adirgan kim bor? (-adirgan(-adigan) uslubiy xoslangan)




  1. U sher yanglig‘ hayqirdi (yanglig‘ uslubiy xoslangan)




  1. Diqqat!!! Kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari badiiy uslubga xos sanaladi, yanglig‘ ko‘makchisida bo‘yoqdorlik kuchli) 189. Seni olib ket+gali keldim (-gali(-gani) uslubiy xoslangan)




  1. Biz gashtini sur+ayotir+miz (-ayotir usulubiy xoslangan)




  1. Diqqat!!! -gay, -gu, -ajak, -ayotir, -ayotib, -moqda kabi zamon shakllari uslubiy xoslangan shakllar sanaldi




  1. –lar ko‘plik shakli Grammatik vazifa bajarmasa, uslubiy xoslangan sanadi. Akamlar, suvlar, ko‘zlarim, boshlarim, yog‘lar, unlar, quyoshlar, yuraklar kabi




  1. Yodlang!!! TAYYOR, muhayyo, shay, taxt, hozir. Ishlatish, foydalanish yoki bosh-qa narsa uchun naqd holatda.




  1. 194.




  1. Yodlang! Tayyor kengroq tushunchaga ega.

  1. Muhayyo ko‘proq yozuv uslubiga xos. Shay «tayyor» ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi. U biror narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi.

  2. Taxt so‘zi bu ma’noda ko‘proq jonli so‘zlashuvda qo‘llanadi va ma’noni tayyor so‘ziga nisbatan biroz kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi.

  3. Hozir bu ma’noda juda kam qo‘llanadi.




  1. Esda saqlang!!!

Ko‘plik qo‘shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’nosidan tash-qari turli qo‘shimcha ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko‘rsatilgan holatlarda bu qo‘shimchaning qo‘llanishi uslubiy xato sanaladi.
Masalan, o‘nta kitoblar tarzidagi birikmada odatdagi ko‘plikni ifodalovchi -lar qo‘shimchasi noto‘g‘ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to‘g‘risi o‘nta kitob bo‘lishi kerak.



  1. Yodlang!!!

Ko‘plik qo‘shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslublarda hurmat, kinoya-piching, kuchaytirish-ta’kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Masalan:

  1. Dadam keldilar (hurmat);

  2. Yigitcha «botir» bo‘lib keldilar (kinoya);

  3. Bolalar quvonchlarga to‘ldi (kuchaytirish);

  4. Alpomishlar maydonga tushdi (umumlashtirish) kabi.




  1. !!!Qo‘llarim-kuchaytirish, oybeklar-umumlashtirish, bellarim-tasviriylikni oshirish akamlar-hurmat, Farg‘onalarga— atrof bilan birgalikdalik

  2. Yodlang!!!

  1. Kaniz- 1. Tutqun ayol; cho‘ri. 2 Xon, amir va boshqa hukmdorlar saroyidagi xizmatchi ayol.

  2. Mufti(y)- Musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy; shariat qonunlarini talqin qiluvchi; fatvo beruvchi lavozimli ulamo

  3. Rabot- 1. Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2 Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. 3 Shahardan chetroq-dagi turarjoy.

  4. Suyurg‘ol- Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om qilingan yer-suv, mol-mulk.

  5. Qiblagoh- 1 Qibla tomon, qibla. 2 O‘ta hurmatga loyiq kishi (ma-salan, ota) va unga murojaat shakli.

  6. Qurultoy- 1 Mo‘g‘ul va turkiy xalqlarda qadimdan mavjud bo‘lgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi. 2 O‘zbekistonda hozir: biror soha vakillari ishtirokidagi respublika miqyosida o‘tkaziladigan




  1. Esda saqlang!!! Kelishik qo‘shimchalari belgili-belgisiz qo‘llanishi, bir-biri bilan alashinish imkoniyati, ayrim ko‘makchilar bilan ma’nodoshligi, ayrimlarining qisqargan shaklda qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlariga ko‘ra turli uslubiy ma’no nozikliklarining yuzaga chiqishiga imkoniyat beradi.




  1. Qaysi kelishik belgili qo‘llanganda, obyektni ta’kidlash ma’nosi ifodalanadi, belgisiz bo‘lganda esa bu ta’kid yo‘qola-di ?

Tushum kelishigi



  1. Misol ayting. kitobni o‘qidi- obyektni ta’kidlash kitob o‘qidi-ta’kid yo‘qolgan




  1. Ayrim birikmalarda tushum kelishigi qo‘llanganda, obyektning barchasi nazarda tutilganligi ifodalanadi. Uning o‘rniga qaysi kelishik qo‘llansa, obyektning bir qismiga e’tibor qaratilganligi anglashiladi?

Chiqish kelishigi



  1. Misol ayting. choyni ichdi – choydan ichdi. (choyni ichdi—hammasini, choydan ichdi qismini)




  1. Jo‘nalish kelishigini nima bilan almashtirsa, uslubiy farq yuzga keladi? Ko‘makchi bilan




  1. Misol ayting. Do‘stimga oldim va do‘stim uchun oldim

  2. Qaysi kelishiklarning qo‘shimchalari badiiy uslubda, xususan, she’riyatda -n shaklida qisqargan holda qo‘llanishi va matnga ekspressivlik, poetik ohang baxsh etishi mumkin.

Tushum va qaratqich kelishi shakli -n



  1. Misol ayting! Qarshimda yer sharin surati turar (qaratqich shar+i+ning) Bu shakl uslubiy xoslangan shakl bo‘lib she’riyatdagina qo‘llanadi




  1. 209.




  1. Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash’ali. Bu yerda –n uslubiy xoslangan va u tushum kelishigi shakli sanaladi (ort+i+ni yoritdi)




  1. Demak, kelishiklar orasida tushum va qaratqich kelishi shakllari –im, -n; chiqish kelishigi shakli –din, jo‘nalish kelishigi shakli –g‘a kabilar badiiy uslubga xoslangan bo‘aldi va ularda funksional bo‘yoq mavjud bo‘ladi.




  1. Yodlang!!!

  1. KOSHIN 1 Chinniga o‘xshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli g‘isht plas-tinkasi. 2 Bir- biriga zich qilib yopishtirilgan rang-barang shisha, marmar, tosh, yog‘och va shu kabilardan yasalgan surat yoki naqsh.

  2. KULLIYOT Bir adabiy turga mansub asarlarning majmuyi, she’riy to‘plam

  3. KUNGURA Qal’a devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga o‘xshatib ishlangan me’moriy bezak; dandana.

  4. MADRASA Diniy oliy o‘quv yurti

  5. MAQBARA Qabr ustiga qurilgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut; dahma, sag‘ana.




  1. Qaysi kelishiklar belgisiz qo‘llana oladi? Qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-pay




  1. Qaysi kelishik belgisiz qo‘llanmaydi? Chiqish kelishigi




  1. Qaysi kelishiklar ko‘makchilar bilan ma’nodosh bo‘lib, almasha oladi? 1) uyga—u tomon(jo‘nalish); uyalganidan— uyalgani sababli(chiqish); mashinada—mashina

bilan(o‘rin-payt); ko‘rganlarini gapirdi—ko‘rganlari haqida (tushum) …



  1. !!! Kelishiklar har bir uyushiq bo‘laklarga qo‘shilsa qanday ma’no anglashilari? Uyushiq bo‘laklarni ta’kidlab sanash Ali+ni, Vali+ni, Soli+ni chaqirdi (xususiy, har biriga qo‘shilsa ta’kidlash bo‘aldi)




  1. Kelishiklar uyushiq bo‘laklarga umumiy qo‘shilsa qanday ma’no anglashiladi? Uyushiq bo‘laklarni ta’kidlamay sanash (Ali, Vali, Soli+ni chaqirdi. Shunchaki sanash)

  2. SUBYEKTIV BAHO ifodalovchi shakllar qaysilar? Erkalash va kichraytirish shakllari(aniqrog‘I, erkalash shakllari)




  1. Esda saqlang!!! Tilimizda -cha, -choq, -loq, -jon, -xon, -toy,-gina, -kina, -qina, - boy, -bek, -oy, -poshsha, -bibi, -nisa, -bonu kabi bir qancha qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi. Ular kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari nomi bilan ham ataladi. Bu qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib, shu so‘zlar ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv munosabatini bildiradi, ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqni yuzaga keltiradi. Bunday qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol, kam qo‘llanadi.




  1. E’tibor bering!!! Uka+jon, yigit+cha, toy+choq, kelin+chak, Unsin+oy, qiz+aloq, ona+gina+m, Sharifa+niso, bola+kay, peshona+gina+m, aka+xon, o‘g‘il+tpy, Olim+toy, jimitdek+kina, andak+kina, yumshoq+qina, jinni+voy, bo‘ta+loq




  1. Subyektiv baho shakllari qaysi turkumlarga qo‘shiladi? Asosan, ot va sifatlarga




  1. AVAYLAMOQ, ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, e’zoz etmoq, papalamoq (po‘palamoq). Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyot bilan munosabatda bo‘lmoq.




  1. Yodlang!!!

  1. Avaylamoq, asosan, «tashqi ta’sirdan, tashqi ta’sir natijasida bi-ror narsa bo‘lishdan ehtiyot qilish» ma’nosida qo‘llanadi. Bu so‘zda ehtiyotlash darajasi ayamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlaridagiga nisbatan kuchliroq.

  2. Ayamoq «tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan, shuningdek, yo‘qolish, sarflanish kabilardan ehtiyotlanish» ma’nosida ham qo‘llanadi.

  3. Ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlarining ma’no xu-susiyati ularning o‘zagi (ehtiyotdan) anglashilib turadi. Bular «tashqi ta’sir yoki biror sabab bilan biror narsa bo‘lishdan ehtiyot holda tutmoq» ma’nosida qo‘llanadi.

  4. Ardoqlamoq oddiy so‘zlashuvda kamroq uchraydi. Bu so‘zda g‘amxo‘rlik, hurmat munosabati ham aks etadi.

  5. E’zozlamoq, e’zoz etmoq kitobiy uslubga xos, unda g‘amxo‘rlik munosabati yana ham kuchliroq bo‘ladi.

  6. Papalamoq so‘zlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi.




  1. Diqqaat!!! Opa+gina+m, opa+gina+ng, opa+ginas+si kabilar erkalash shakli; opa+m+gina, opa+ng+gina, opa+si+gina dagi –gina shakli yuklama sanaladi.

Egalik+gina=yuklama; gina+egalik=erkalash



  1. DIQQAT!!!

1. Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. 2. Shunda sizni azob emas, rohat kutajak.
1. Bir kun bu alamlar unutiladi. 2. Bir kun bu alamlar unutilgay. 2-gaplardagi zamon shakllari uslubiy xoslangan sanaladi (publisistik uslubga xos)

  1. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Gapida qaysi zamon ifodalangan? O‘tgan zamon shakli qo‘llangan , ammo kelasi zamon ma’nosi ifoda etilgan




  1. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Gapi qaysi uslubga xos? So‘zlashuv uslubi




  1. Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? Gapi qaysi zamon shaklida qo‘llangan?

Nima de+di+ngiz kesimidagi –di o‘tgan zamon, ammo ma’nosi kelasi zamonni ifoda etgan (ikkala gapada ham shakl—o‘tgan zamon, mzamun—kelasi zamon)



  1. Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? Gapi qaysi uslubda?

So‘zlashuv usulubi



  1. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz?




  1. Gaplarida nimaning taqazosi bilan zamon ko‘chgan? So‘zlashuv uslubining taqazosi bilan




  1. Hozirgi zamon shaklini yasovchi -yotir, -yap, -moqda qo‘shimchalari ma’nodosh. Ammo ular orasida qanday uslubiy farq mavjud?

  1. Ulardan -yap ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xos,

  2. -yotir va -moqda qo‘shimchalari esa poetic(badiiy) uslubga xos bo‘lib tantanvorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘i(funksional bo‘yoq)ga ega




  1. Kelasi zamon shakllaridan qaysi biri ham uslubiy xoslangan va tantanvorlik, ko‘tarinkilik bo‘yog‘i(funksional bo‘yoq)ga ega? -ajak shakli




  1. Diqqat qilib yodlang!!!

  1. Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli (-a, -y qo‘shimchasi) ning qo‘llanishida ham uslubiy o‘ziga xoslik mavjud. Bu shakl aniq zamonni emas, balki, umuman, zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham qo‘llanadi. Masalan, predmetning belgisini bildiruvchi so‘zlar sifat deyiladi; kesim gapning markazi hisoblanadi; ega bosh kelishikdagi so‘z bilan ifodalanadi kabi ifodalarda buni ko‘rish mumkin.

  2. So‘zlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi, qush uchadi, pichoq kesadi singari qo‘llanishlarda kuzatiladi va aniq zamonni emas, umuman, zamonni ifodalaydi.




  1. Uslubiy xoslangan zamon shakllarini eslab qoling!!!

-ajak, -gay, -gu, -ayotib, -ayotir, -moqda



  1. Zamonlarning ko‘chishini o‘rganing!!!

  1. Endi men nima qil+di+m. Shakl o‘tgan zamon, mazmun kelasi zamon (nima qil+a+man)

  2. Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ket+d+im. Shakl o‘tgan, mazmun hozirgi zamon (men ket+yap+man)

  3. Bir kuni ko‘cha-da ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko‘tarib kel+yap+ti. Shakl hozirgi zamon, mazmun o‘tgan zamon (ko‘tarib kel+di)

  4. Bir vaqt qarasam, yig‘la+yap+man. Shakl hozirgi, mazmun o‘tgan zamon

  5. Ko‘cha tomondan traktorning kelib to‘xtagani eshitil+a+di. Ko‘p o‘tmay bir qop narsani orqalab Qo‘chqor kirib kel+a+di. Shakllar kelasi zamon, ma’no o‘tgan zamon(eshitil+di, kirib kel+di)




  1. Yodlang!!!

AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam. Ruhiy yoki jismoniy qiynoq.

  1. Azob keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» ma’no-sida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan, shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi.

  2. Aziyat, asosan, yoz-ma nutqda va o‘qimishli, katta yoshdagi kishilar nutqida qo‘llanadi.

  3. Jabr so‘zida belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchli va bu so‘z, asosan,

«inson tomonidan bo‘ladigan azob» ma’nosida qo‘llanadi.

  1. Jafo mustaqil so‘z holida kam qo‘llanadi. Ko‘pincha bar so‘zi bilan juft so‘z holida(jabr-jafo) yoki qilmoq fe’li bilan birga qo‘llanadi

  2. Ozor so‘zida belgi darjasi azob , jabr so‘zlariga nisbatan kuchsizroq. Bu so‘z ham mustaqil holda juda kam qo‘llanadi.

  3. Zahmat mehnat bilan bog‘liq azobni bildiradi.

  4. Alam bu ma’noda kam qo‘llanadi.

  5. Iztirob, asosan, «ruhiy azob» ma’nosida qo‘llanadi va unda belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi.

  6. Uqubat, sitam so‘zlari yakka holda juda kam ishlatiladi. Uqubat so‘zi, ko‘pincha, azob so‘zi bilan, sitam so‘zi jabr so‘zi bilan juft so‘z holida qo‘llanadi. Azob-uqibat, jabr-u sitam…




  1. Hozirgi zamon shakli –yap qaysi uslubda ko‘p qo‘llanadi? So‘zlashuv uslubi




  1. Qaysi zamon shakllari poetic(badiiy) uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanvorlikni ifodalaydi?

-ajak, -ayotir, -ayotib, -gay



  1. Qaysi zamon shakli aniq zamonni emas, umuman zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham ishlatiladi?

Kelasi zamon shakli -a(-y). boraman, uchadi, o‘qiyman, pishadi



  1. SHAXS-SON SHAKLLARI KO‘CHISHI VA USLUBIYATIGA QARANG!!!

  2. Borib so‘rasang, o‘shqirib beradi. Qo‘rqasan odam... Gapdagi qo‘rq+a+san shaklini izohlang.

Bu yerda –san shaklan II shaxs birlikni, mazmunan I shax birlikni ifodalaydi (qo‘r+q+man bo‘lishi kerak edi)



  1. O‘libmizmi, akaxon, bizam tushunamiz, ishingiz nozik, ha.

Bu gapda tushun+a+miz kesimidagi –miz shaklan II shaxs ko‘plik, mazmunan II shaxs birlik sanaladi ko‘plik birlik o‘rnida qo‘llangan) tushun+a+man bo‘lishi lozim edi.



  1. Esda saqlang!!! Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini

, bu shaxslarning miqdorini ko‘rsatadi. Bu shakllar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda birinchi shaxsning ko‘plik(-miz) shakli shu shaxsning birligi(-man)ni ifodalash uchun qo‘llanadi, bunda kamtarlik yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi ma’nolarni ifodalaydi.



  1. E’tibor bering!!!

  1. Biz ham bu narsalarni ko‘rgan+miz. (Men ham bu narsalarni ko‘rgan+man) (Shaklan: K Mazmunan: B) manmanlik

  2. Mana kel+di+k. (mana kel+di+m) kamtarlik

  3. Jahongir “Hozir ko‘ramiz” deb stoliga qaytdi. ( ko‘r+a+man) (ko‘r+a+miz) kamtarlik

  4. Bu maqolni biz ham bilamiz dedi Shoto‘ra. (bil+a+man) (bil+a+miz) kinoya- kesatish




  1. Esda saqlang!!!

Ikkinchi shaxsning birligi va ko‘pligini ifodalovchi -san va -siz qo‘shimchalarining qo‘llanishidagi uslubiy holat shundan iborat: 1) -siz hurmat ifodalashga, ya’ni «sizlash»ga ham ixtisoslashgan
2) -san esa «senlash»ga ixtisoslashgan.
Masalan: a) Mansur aka, mana, siz ham, harqalay, uncha-muncha narsani ko‘rgansiz (sizlash, hurmat ma’nosi).
b) Otingniqamchila, bo‘lmasa quruq qolasan. (sensirash, hurmatsizlik ma’nosi)



  1. Diqqat!!! Hurmat yoki hurmatsizlik ifodalsh va kuchaytirish maqsadida –siz va – san shaxs-son shakllariga –lar ko‘plik shakli qo‘shilishi mumkin.

  1. Xush kel+ib+siz+lar (hurmat hamda ko‘plik)

  2. Hammang mum tishlaganmi+san+lar(hurmatsizlik), nega javob bermay+san+lar(hurmatsizlik)




  1. Diqqat!!! Shuningdek, buyruq-istak maylidagi -ing qo‘shimchasi ham hurmat ma’nosini ifodalaydi, ayni paytda ko‘pchilikni «sizlash» ma’nosida -inglar, ko‘pchilikni

«senlash» ma’nosida esa -laring qo‘shimchasi ishlatiladi.

  1. Sizlar ketaver+ing+lar, orqalaringdan yetib boraman!(ketaver+ing+lar—hurmat)

  2. Bu bolaga yetti yot begona edilaring-ku! Amaldor bo‘lgandan keyin g‘imirlab qoldilaringmi? (begona edi+lar+ing va g‘imirlab qoldi+lar+ing hurmatsizlik)




  1. Demak, o‘q+ing birlikdagi hurmat, o‘qi+ng+lar ko‘plikdagi hurmat;




  1. Demak , O‘qi+lar+ing ko‘plikdagi hurmatsizlik




  1. Xullas, ayt+ ing+lar=ko‘plik va hurmat; ayt+ lar+ing ko‘plik va hurmatsizlik




  1. Qani jo‘na+lar+ing. 1) Buyruq mayli 2) ko‘plik 3) hurmatsizlik




  1. Salomat bo‘l+sin+lar—salomat bo‘ling (sh:III shaxs—m:II shaxs—salomat bo‘l+ing)




  1. Endi, ijozat etsalar, bir-ikki so‘raydurgon gapimiz ham bor.(sh: III shaxs—m:II shaxs—ijozat etsa+ng)




  1. Assalomu alaykum, taqsir! Xush kelibsiz (sh:II shaxs ko‘plik—m: II shaxs birlik— kelib+san)




  1. Xush ko‘rdik! Sizlarga ming-ming rahmat, O‘rmonjon (sh: I shaxs ko‘plik—m: I shaxs birlik—ko‘rdi+m)




  1. E-e... kelsinlar, kelsinlar. Qadamlariga ha-sanot! (sh: III shaxs ko‘plik—m: II shaxs birlik—kelib+siz)




  1. Bu men, akosi, tanidilarmi? (sh: III shaxs ko‘plik—m: II shaxs birlik— tanidi+ng+mi)




  1. Yodlang!!!! AYYOR, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak,qirriq, xirpa, maston. Aldab, chalg‘itib, har qanday ishni o‘z foydasiga hal qiladigan makr-hiylaga usta.




  1. Yodlang!!!

  1. Ayyor, quv, mug‘ombir so‘zlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga nisbatan ham qo‘llana oladi.

  2. Qolganlari esa bu ma’noda faqat odamga nisbatan qo‘llanadi.

  3. Ustomon, hiylagar so‘zlarining ma’nosi uning o‘zagidan anglashilib turadi.

  4. Mug‘ombir so‘zida belgi darajasi ayyor so‘zidagiga nisbatan biroz kuchsiz.

  5. Quv so‘zida belgi darajasi kuchliroq.

  6. Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), makkor so‘zlarida ham belgi darajasi kuchli. Lekin bu so‘zlar nisbatan kam qo‘llanadi.

  7. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa so‘zlari«ish ko‘rgan ayyor» ma’nosida qo‘llanadi. Maston so‘zi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi

  1. Qaysi shaxs-son shakli sizlashga xos?

-siz bor+a+siz



  1. Qaysi shaxs-son shakli senlashga xos?

-san bor+a+san



  1. –san va –siz shakllariga hurmat yoki hurmatsizlikni kuchaytirish uchun qaysi shakl qo‘shiladi?

Ko‘plik shakli –lar bor+a+siz+lar—bor+a+san+lar



  1. INKOR SHAKLLARI VA USLUBIYATI!!!




  1. Yodlang!!! Tilimizda inkorni ifodalovchi morfologik vositalar sifatida fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi 1) -ma qo‘shimchasini, 2) emas, 3) yo‘q kabi so‘zlarni, shuningdek, 4) na..., na yordamchisini ko‘rsatish mumkin.




  1. Qaysi inkor shakli so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni(inkorni emas), tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin?

Bo‘lishsizlik shakli –ma bormay qo‘ymayman—boraman (ta’kidlangan tasdiq)



  1. Qaysi inkor shakli ritorik so‘roq gaplarda keng qo‘llanadi? Bo‘lishsizlik shakli –ma




  1. Ritorik so‘roq gaplarda qaysi shakl tasdiqni(inkorni emas) kuchaytirib ifodalaydi? Bo‘lishsizlik shakli –ma




  1. Rahimov g‘animga tashlangan chog‘da Alpomish shiddatin payqamagan kim?! Ushbu ritorik so‘roq gapda nima tasdiqni kuchaytirgan?

Bo‘lishsizlik shakli –ma (bu yerda “hamma payqagan” degan yorqin ifodani yuzaga chiqargan)



  1. Bo‘lishsizlik ifodalovchi -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida qaysi qo‘shimchalar mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila olmaydi? -moq, -moqda, -moqchi kabi ( bu o‘zbek nutqiy odatida yo‘q. Masalan, kelmamoq, kelmamoqda, kelmamoqchi kabi qo‘llanishlar mumkin emas)




  1. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarining har ikki qismi, ya’ni ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga bu qo‘shimcha qo‘shilganda ham, inkor emas, balki qat’iy tasdiq ifodalanadi. Bunga misol ayting! Dushmanni yeng+may qol+maydi (albatta yengadi) Hech kim bil+may qol+maydi (hamma biladi)




  1. Qaysi inkor shakli inkor bog‘lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida ham inkorning kuchli va qat’iy

  2. ifodalanishiga xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi?

..na…na inkor shakli



  1. Inkor ma’nosi ba’zan so‘zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda ham !!! Ohang(intonatsiya) yordamida ifodalash mumkin. Misol ayting. Bor gapni aytaman- tashlayman. Uni topib bo‘ptilar keyin (ya’ni, topa olmaydilar inkor ma’nosini ifodalagan)




  1. Demak, inkorni 1) –ma 2) yo‘q 3) emas 4) …na…na 5) ohang bilan hosil qilish mumkin!!!




  1. Bir ahmoq xodimining qilig‘i uchun mansabdan ayrilishni kim ham istar edi? (sh: tasdiq—m: inkor)




  1. Qalbi muhrlangan banda uyni muhrlamoqchi bo‘lganlarga nima ham deya olardi? (sh: tasdiq—m: inkor)




  1. Bu gaplarni kim bilmaydi dersiz? (sh: inkor—m: tasdiq ritorik so‘roq gap)




  1. Diqqat!!! Ritorik so‘roq gaplar kesimi tasdiq bo‘lsa, inkorni, inkor bo‘lsa tasdiqni ifodalaydi)




  1. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa, davomli bo‘ishsizlikni ifodalaydi. O‘qi+may qo‘ydi, kel+may qo‘ydi(anchadan beri, davomli)




  1. Bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, bir martalik inkorni ifoda etadi: o‘qib qo‘y+madi, bajarib qo‘y+madi (bir marta)




  1. Bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi ham yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday ma’no anglashiladi? Qat’iy tasdiq qimay qo‘ymadi, bajarmay qo‘ymadi




  1. YODLANG!!! ASIL, sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon Qimmati, fazilati va boshqa xususiyati jihatidan eng yuqori darajali, eng yaxshi.

  1. Asil, sara, xil shaxs yoki narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llana oladi Lekin juda oz uchraydi.

  2. Sarxil faqat narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi.

  3. Sara, sarxil donalab sanaladigan narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llanadi.

  4. Sarxil, asosan, saralab (xillab) ajratilishi mumkin bo‘lgan narsalarga nisbatan qo‘llanadi va unda saralash (xillash) ottenkasi sezilib turadi.

  5. Mumtoz kitobiy uslubga xos, shaxsga nisbatan qo‘llanadi.

  6. Poshshaxon oddiy so‘zlashuv uslubga xos.

  7. Zupta kam qo‘llanadi




  1. Na… na inkor shakli badiiy usulubda inkorni ifodalaydi.




  1. Yo‘q so‘zi gap boshida kelsa, qat’iy inkorni ifodalaydi. Yo‘q, bormayman.

  2. SINTAKTIK VOSITALARNING QO‘LLANISH USLUBIYATI!!!




  1. Gap bo‘laklarining odatiy tartibi mavjud. Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim esa keyin joylashadi, aniqlovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi, demak, kesim odatda gapning oxirida keladi.




  1. DIQQAT!!! Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan so‘z tartibi inversiya deb nomalandi.




  1. Qaysi uslublarda so‘zlarning odatdagi tartibi saqlanadi? Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‘zlarning odatdagi tartibi , asosan, qat’iy saqlanadi

  2. Qaysi uslublarda odatdagi tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanishi mumkin? So‘zlashuv, badiiy va publisistik usulublarda inversiya uchraydi




  1. Inversiyaga misollar ayting. 1) Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog‘iga. 2) Bir daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini.




  1. Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi(inversiya) mantiq urg‘usining o‘zgarishi bilan ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni ta’kidlashga xizmat qiladi, bunday urg‘uli bo‘lak qaysi bo‘lak oldiga olib o‘tiladi? kesimning oldiga olib o‘tiladi




  1. Mantiqiy urg‘u kesim oldiga kelishiga misol ayting!

  1. Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun bordi (Boshqa narsaga emas, nodir kitobni o‘qish uchun) bordi;

  2. Kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi. (boshqa kishi emas, do‘stim bordi) ;

  3. Do‘stim nodir kitobni o‘qish uchun kecha kutubxonaga bordi (Boshqa joyga emas, kutubxonaga bordi);

  4. Do‘stim kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun kecha bordi (kecha, bugun emas)




  1. Sinonimlarni yodlang!!! BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq.

  1. Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro qilish va yakuniga yetkazish» ma’nosida qo‘llanaveradi.

  2. Ado etmoq ko‘proq kitobiy uslubga xos.

  3. Bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani yakuniga yetkazish» ma’nosida ishlatiladi.

  4. O‘rinlatmoq kam qo‘llanadi.

  5. Do‘ndirmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli.

  6. bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi.

  7. O‘tamoq «burch-vazifani ado etish» ma’nosida qo‘llanadi

  1. Gap bo‘laklari o‘zgarishi qanday asarlarga ko‘proq xos? She’riy

  2. O‘rningdan tur jumlasida ma’noni qanday kuchaytirish mumkin? Tur o‘rningdan deya inversion qo‘llash




  1. IFODA MAQSADIGA KO‘RA GAPLAR USLUBIYATI!!!




  1. Diqqat!!! Darak, so‘roq va buyruq kabi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari nutqiy uslublarda turli qo‘shimcha uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu turlarning barchasi kuchli his-hayajon, emotsionallikka ham ega bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular undov gaplar ham deyiladi. Nutq uslublarining deyarli barchasida gaplarning bunday turlari matn maqsadiga muvofiq ravishda qo‘llanadi.




  1. Nutqada eng ko‘p qo‘llanadigan gap turi qaysi? Darak gaplar




  1. Qanday gaplarda maxsus intonatsiya yordamida sevinch, gumon ma’nolarini ifodalash mumkin?

Darak gaplarda



  1. So‘roq gaplar xilma-xil uslubiy xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning ayrim ko‘rinishlari so‘roq bilan birga hayrat, gumon, shubha, hayajon, sevinch, taajjubni ifodalash mumkin. Bunga misol ayting!

  1. Shunaqayam bo‘ladimi?! (hayrat)

  2. Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?! (seninch, hayajon)

  3. Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?(shubha-gumon)




  1. Hatto ba’zan so‘roq gap bevosita so‘roqni emas, balki buyruqni ham bildirib kelishi kuzatiladi. Bunga misol ayting! Tez-tez yurmaysanmi?! («Tez-tez yur» mazmuni angashiladi). Bunday holatlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarga xos




  1. Qanday gaplarning ilmiy va rasmiy uslublarda qo‘llanishi ularning so‘zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda qo‘llanishidan katta farq qiladi?

Buyruq gaplarning qo‘llanishi



  1. Qaysi uslubda buyruq gaplar his-hayajonsiz, ya’ni emotsionalliksiz qo‘llanadi? Ilmiy va rasmiy uslubda




  1. Qaysi uslublarda buyruq gaplar ko‘proq emotsionallik ifodasi bilan ishlatiladi? so‘zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda




  1. Sinonimlarni yodlang!!! BALO, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon. O‘rinlatib bajaradigan, mahorat va chaqqonlikka ega.

  1. Balo ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos. U «aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llana oladi.

  2. Usta aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadi.

  3. Ustamon quvlik, ayyorlik bo‘yoqqa ega.

  4. Bilag‘on, bilarmon so‘zlarining xususiyati ularning o‘zagidan anglashib turadi.

  5. Bilarmon salbiy bo‘yoqqa ega.

  6. Chechan, chaqqon, epchil «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi.

  7. Uddaburon, asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llanadi.




  1. Diqqat!!! Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi javobni o‘zida yashirin ifodalaydigan gaplar bo‘lib, ular eng kuchli uslubiy vositalardan sanaladi. Bunday so‘roq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodali, ta’kidli va ta’sirchan tarzda beriladi. Shuning uchun bunday gaplar, asosan, so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda keng qo‘llanadi.

Misollar:

  1. Hozir erta turmasa bo‘ladimi?! (bo‘lmaydi)

  2. Xalqini sevgan qaysi farzand vatanini ozod ko‘rishni xohlamaydi?! (ozod ko‘rishni xohlaydi)

  3. Oliy adolat degani mana shu emasmi?! (shu)




  1. Yodlang!!! BOSHLIQ, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo.

Guruh, jamoa, xo‘jalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh bo‘luvchi, mas’ul shaxs

  1. Boshliq «katta jamoa, xo‘jalikka rahbar shaxs» ma’nosida ham, shuningdek, «uch- to‘rt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs» ma’nosida ham qo‘llana oladi. Lekin «katta xo‘jalik (muassasa) ish-faoliyatining rahbari» ma’nosida ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos bo‘ladi.

  2. Rahbar, asosan, «davlat idoralarining boshchilari» ma’nosida qo‘llanadi.

  3. Yo‘lboshchi so‘zida «boshlovchilik, yetakchilik qilish» bo‘yog‘i bor.

  1. Ishboshi nisbatan eskirgan.

  2. Boshchi kam qo‘llanadi.

  3. Katta, kattakon, ulug‘ oddiy so‘zlashuvga xos.

  4. Rahnamo kitobiy uslubga xos ma’no xususiyati jihatidan yo‘lboshchi so‘ziga yaqin turadi.

  5. Peshvo, sarvar eskirgan, kitobiy.

  6. Sardor, sarkarda kam darajada, asosan, obrazli ifodalarda qo‘llanadi

  7. Xo‘jayin oddiy so‘zlashuvga xos, biroz salbiy bo‘yoqqa ega.

  8. Kallampo oddiy so‘zlashuvga xos, kam qo‘llanadi, salbiy bo‘yog‘i kuchli.




  1. UNDALMALAR USLUBIYATI!!!




  1. !!! Ma’lumki, undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani ifodalaydi.




  1. !!! Ular so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi.

  2. !!! Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i sezilib turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki...




  1. !!! Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional- ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi(hurmat). Bo‘tam, orqaga qayt . Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (erkalash).




  1. !!! Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli 1) undovlar ham birga qo‘llanishi 2) undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan:

  1. Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurmoqni istaydi ko‘ngil. (undovi mavjud undalma)

  2. Qizginam-ey, qizginam-ey,nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey! (undalma takror kelgan)

  3. Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st. (undalma takror kelgan) 314. Diqqat!!! Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan:

  1. Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vatan onajon.

  2. Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim.

  3. Qutida, – dedi Zulayho. – Xuddi shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, dada?

  4. Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq

deydi.



  1. Yodlang!!!

VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza.
Yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. bilan o‘lchanadigan davomiyligi.


  1. Download 87,06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish