10 SINF
I VARIANT
Murakkab qo‘shma gaplar ko‘pincha qaysi uslublarda qo‘llaniladi?
Badiiy uslub
So‘zlashuv uslubi
Publitsistik uslub
Uslubiy
Ilmiy maqola, tezis (ma’ruza bayoni), dissertatsiya, monografiya kabilar qaysi uslubga xos?
Badiiy uslub
Ilmiy uslubi
Publitsistik uslub
Uslubiy
….. adabiy, falsafiy, ijtimoiy, publitsistik va boshqa mavzularda yozilgan, muammolar tizimli, ilmiy tarzda emas, balki erkin shaklda talqin qilinadigan ilmiy asar.
Maruza
Hikoya
She’r
Esse
Qaysi sinonimik qatorda ortiqcha so‘z bor?
Sarf, harajat, chiqim, xarj
Iloj, chora, amal, ep, tadbir, imkon
Bemahal, bemavrid, amal, bevaqt
Chehra, nigoh, yuz, jamol
Quyidagi iboralardan qaysi biri bir zumda ma’nosini bildiradi?
A) miridan sirigacha C) “hash-pash” deguncha
B) ko‘zini yog‘ bosgan D) tomdan tarasha tushganday
6. Ko‘plik qo‘shimchasi kesatiq ma'nosini ifodalaydigan gapni toping.
A) O‘zlariyam kelibdilar-da
B) Akamlar yaxshi o‘qiydilar.
C) Akalarim meni juda avaylashadi.
D) Soat beshlarda xabar oling.
7. Ramziy jihatdan „dovon“, „cho‘qqi“ so‘zlari qanday ma’noda qo‘llaniladi?
A) ijodiy o‘sish, yuksalish
B) boyi baland, kelishgan
C) mag‘rur, o‘jar
D) eng baland tog‘, yuksaklik.
8. Jamiyatga optimistlar ham, pessimistlar ham hissa qo‘shadi. Optimist samolyotni o‘ylab topgan bo‘lsa, pessimist parashutni ixtiro qilgan. (B Shou)
Berilgan gapdagi o‘zlashma antonim so‘zlarni toping
Samolyot-parashut
Optimist-pessimist
O‘ylab topgan-ixtiro qilgan
Jamiyat-ixtiro qilgan
9. Xavfsizligi ta’minlangan tillarni belgilang
1. ingliz, 2. xitoy, 3. yoqut, 4. chukot, 5.nemis, 6.ayn, 7.yapon, 8.belorus, 9.fransuz, 10.qalmiq, 11.ispan, 12.ubix
A) 1.2.3.5.8.11
B) 1.2.5.7.9.11.
C) 2.4.7.8.10.12
D) 3.6.9.10.11.12
10. Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay,
O‘g‘lidin anga bu ish siroyat qilg‘ay
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning muqobilini toping
Hurmat e’tibor
Samimiyat
Do‘stlik
Sir saqlash
11. Boshqa tillardan kirib kelib tilimizga butunlay singib ketgan so‘zlar qatorini belgilang.
A) vokzal, aeroport
B) ministr, oblast, rayon
C) kitob, manti, stol
D) anonim, suflyor
12. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri o‘tmishda pul birligi manosini ifodalagan omonim so‘z?
A) paqir B) chelak C) maosh D) moyana
13. “Rustam otasini chopibdi” degan lanqa gapni olma
“Rustamxon” dostonidan olingan ushbu parchadagi “lanqa” so‘zining ma’nosi nima?
bema’ni B)ta’na C)yolg‘on D)keraksiz
14.”Rustamxon” dostonida Sultonxon necha yilda kelaman deb qayerga safarga otlanadi?
A) 14 yilga Qurudimga B) 12 yil Bujul C) 10 yil Oqtosh D) 10 yil Qo‘ng‘irot
15. O‘rxun-Enasoy yodgorliklari dastlab qayerda toshga bitilgan obidalar shaklida topilgan?
A) Mo‘g‘ulistonning sharqiy qismidan
B) Shimoliy Qozog‘istondan
C) O‘rxun, Selenga va Toli daryolari atrofidan, Shimoliy Mo‘g‘ulistondan
D) Urumchidan va Qirg‘izistondan
16. To‘nyuquq va Eltarish xoqon qayerni manzil qilib olgan edi?
A) Chug‘ay quzni, Qoraqumni
B) Oltin yishni, Shantung shahrini
C) Banligak tog‘ini,Chug‘ay Quzni
D) Shantungni, Sangunni
17. Mouman so‘zining ma’nosi?
A) Manmanlik B) johillik C) kibr D) Ojizlik
18. Hamid Olimjonning “Chimyon esdaliklari” she’rda shoir ko‘lni nimaga o‘xshatadi?
A) oynaga B) dengizga C) osmonga D) oyga
19. Said Ahmadning lager xotiralar va tutqunlik yillari mahsuli bo‘lgan asari qaysi?
A) “Yo‘qotganlarim va topganlarim”
B) “Lager turkumi”
C) “Moabit daftari”
D) “Hukm”
20. Abdulla Oripov qaysi she’rida Elvagay Hisorning boshiga kelganliligini aytadi?
A) “Munojot”ni tinglab
B) “Birinchi muhabbatim”
C) “Yurtim shamoli”
D) “Qo‘riqxona”
Do'stlaringiz bilan baham: |