10 SINF II VARIANT
Ish qog‘ozlari qaysi uslubga xos?
Badiiy uslub
So‘zlashuv uslubi
Rasmiy uslub
Uslubiy
Mahmud tirishqoq, shirinso‘z va odobli yigit edi.
Ajratilgan so‘zning antonimi ishtirok etgan gapni toping?
Yo‘lchi yerning tosh bag‘rini yorib, to‘nka qo‘poradi.
Maorif mudiri Xizirov Elmurodning talabiga qarshi qo‘pol gapirdi.
Yaxshi so‘z jon ozig‘i
Yomon so‘z bosh qozig‘i (maqol)
Ayozning oyog‘idagi chorig‘i, egnidagi arzon po‘stinini yechib, unga qimmatbaho ko‘ylaklar kiydirdi, xizmatiga oldi.
3. Asar qahramonining muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, realistik tasvirini berishga xizmat qiladigan so‘zlar bu…
A) sheva so‘zlar B) tarixiy so‘zlar C) eskirgan so‘zlar D) arxaik so‘zlar
4. Shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan fikr bildirish uchun rasmiy uchrashuvi bu...
A) brifing B) parlament C) strategiya D) diversifikatsiya
5. Ayyor so‘zining qaysi sinonimi “ish ko‘rgan ayyor" ma'nosida qo‘llanadi?
A) Quv B) dog‘uli C) shaddot D) xirpa
6. Ilmiy uslubga xosini belgilang.
A) Tezis, dissertatsiya, monografiya
B) Ocherk, felyeton, reportaj, intervyu…
C) Ariza, e’lon, dalolatnoma, farmon…
D) Askiya, gurung, alqash, qarg‘ish...
7. Barcha so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘lmagan qatorni toping .
A) Kasal, betob, bemor, xasta
B) Keyin, so‘ng, innaykeyin, ozgina
C) Notinch, bezovta, besaranjomlik, alg‘ov-dalg‘ov
D) Chaqqon, epchil, chechan, abjir
8. O‘lim xavfiga yaqinlashayotgan tillarni belgilang
1. ingliz, 2. xitoy, 3. yoqut, 4. chukot, 5.nemis, 6.ayn, 7.karel, 8.belorus, 9.fransuz,
10.qalmiq, 11.udmurt, 12.qarmiq
A) 1.2.3.8.11
B) 1.2.5.7.9.
C) 4.7.10.11
D) 3.6.9.10.12
9. Boshqa tillardan kirib kelib tilimizga nisbatan o‘zlashgan so‘zlar qatorini belgilang
A) vokzal, aeroport
B) ministr, oblast, rayon
C) kitob, manti, stol
D) anonym, suflyor
10. Og‘zaki nutqda talaffuzi bilib-bilmay aralashtiriladigan so‘zlar ….. deyiladi
A) omonim B) sinonim C) antonim D) paronim
11. Bidirishnoma ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi hujjatga yaqin turadi?
A) Tushuntirish xati B) Hisobot C) E’lon D) Esse
12. Tillarning xavfsizligi nimaga qarab aniqlanadi?
A) Alifbo-imloga, ko‘p sonli so‘zlashuvchilarga
B) Davlat tili maqomiga egalik hamda axborot-kommunikatsiyalar sohalari
C) Internet tili ekanligi bilan ta’minlanadi.
D)barchasi
13. Dardim ko‘pdir kim biladi ishimni.
Qo‘limdan qochirdim olg‘ir qushimni.
Satrlar kimning tilidan olingan?
Sultonxon B) Xuroyim C) Rustamxon D) Xisrav shoh
14.“To‘nyuquq” bitiktoshi nechta ustunga yozilgan va ularning balandligi qancha?
A) 3 ta: 160 sm,150 sm,140 sm
B) 1ta ; 180 sm
C) 2 ta; 170 sm, 160 sm
D) 2 ta: 150 sm, 160 sm
15. Muqir so‘zining ma’nosi?
A) iqror bo‘lmoq B) bo‘yniga olmoq C) gunoh qilmoq D) A va B
16. Atoyi aruz vazning asosan qaysi bahrida ijod qilgan?
A) ramal B) Hazaj C) Maqsur D) Mansur
17. Yassaviyga kim qaysi asarida “Xoja Ahmad Yassaviy- Turkiston mulkining shayx ul-mashoixidir”,-deb ta’rif bergan?
A)Bobur “Boburnoma”
B) Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”
C) Navoiy “Majolis ul-nafois”
D) Bobur”Muxtasar”
18. “O‘qumak barcha musulmong‘a, erkak va yo xotun bo‘lsun, farz endi. “Padarkush” dramasida ushbu fikrlar kim tomonidan aytiladi?
A) Xayrulla B) ziyoli C)boy D)domla
19. Qodiriy she’rlari berilgan qatorni toping?
A) “Fikr aylagil”, “Juvonboz”, “Ahvolimiz”
B) “Fikr aylagil”, “Ahvolimiz”, “Baxtsiz kuyov”
C) “Fikr aylagil”, “Ahvolimiz”. “Millatimga”
D) “Fikr aylagil”, “Uloqda”, “Millatimga”
20. O‘tkir Hoshimovning birinchi badiiy asari qaysi?
A) “Po‘lat chavandoz” B “Cho‘l havosi” C “To‘rt maktub” D “Inson sadoqati”
Do'stlaringiz bilan baham: |