Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Ichak tayoqchasining ayrim seroguruhlari hali emadigan buzoqchalarda ich ketishi bilan kechadigan me’da-ichak yo‘lining og‘ir, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydigan kasalligini keltirib chiqaradi. Esherixiyning enteropatogen kulturasini quyon,
dengiz cho‘chqachasi, oq sichqon venasiga yoki qorin bo‘shlig‘iga yuborilganda sepsis va peritonit rivojlanib, hayvonlar nobud bo‘ladi. Teri ostiga yuborilganda shu joyda yallig‘lanish rivojlanib, abssessga aylanadi.
Odamlardagi patogenezi. Esherixiylar shartli-patogen mikroorganizmlardir. Ularning oddiy sharoitda yashab kasallik qo‘zg‘atmaydigan odam uchun foydali (kommensal) turlari mavjud.
Esherixiylar tif, paratif, ichburug‘ va ichakda yiring paydo qiladigan turi bakteriyalarga nisbatan antagonistdir. Bundan tashqari, ular organizm uchun zarur moddalar, ferment va vitaminlarni sintez qiladi. Esherixiylarning enterobakteriyalar oilasiga mansub patogen mikroblarning
ko‘payishini to‘xtatish xususiyatidan foydalanib, ulardan ichak kasalliklarini davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan biologik preparatlar (kolibakterin, koli-autovaksina) tayyorlanadi.
Patogen ichak tayoqchasi klinik belgilari og‘ir kechishi va davom etishi bilan bir-biridan farq qiladigan yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi.Ichak tayoqchasi, asosan, kolienterit kasalligining qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi.Infeksiya manbai bemor va bakteriya tashuvchilardir. Patogen mikrobalimentar yo‘l bilan, ba’zan bilvosita aloqa, havo-tomchi va chang orqali
yuqadi. Asosiy yuqish yo‘li fekal-oral, bunda odam ifloslangan oziq-ovqat, suv orqali kasallanadi. Koli-enterit ko‘pincha chaqaloq va yosh bolalarda uchraydi. U kasallikka, asosan, chala tug‘ilgan shu, sun’iy ovqatlantiriladigan, darmonsiz, raxit va gipotrofik bolalar chalinadi.
Ichburug‘ga o‘xshash kasallikning qo‘zg‘atuvchilari esherixiy kolining 023,028, 032, 0115, 0124, 0136, 014', 0144, 0151 va boshqa seroguruhlar, bular ayrim biologik xususiyatlari bilan ichburug‘ qo‘zg’atuvchilariga o‘xshaydi.Enteropatogen esherixiylar vaboga o‘xshash kasallikka ham sabab bo‘ladi.Enterotoksin hosil qiluvchi esherixiyning 01, 06, 015, 025, 078, 0148 na
boshqa seroguruhlari vabosi moy kasallikning qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi,ular haroratga chidamsiz va chidamli enterotoksinlar hosil qiladi.Enteropatogen esherixiylarning 02, 06, 07, 09, 011, 015, 075seroguruhlari siydik yo’llari infeksiyalari, 01, 08, 011 seroguruhlari xoletsistit, 01, 02, 08 seroguruhlari appenditsit keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, patogen esherixiylar peritonit, sepsis, septik shok, sistit,meningit, pielit, otit, ovqatdan zaharlanishlarga ham sabab bo‘ladi.Koli-enterit va vabosimoi kasallik qo‘zg‘atuvchilari ichak epitelial hujayrasining yuzasida, ichburug‘ga o‘xshash kasallik qo‘zg‘atuvchilari esa shigellalar kabi epitelial hujayralar ichida ko‘payadi. Bakteriyalarning nobud bo‘lishi natijasida ko‘p miqdorda pirogen xususiyatiga ega bo‘lgan endotoksinlar hosil bo‘ladi.
Immuniteti. Yosh bolalarda koli-infeksiya immuniteti chuqur o‘rganilgan
emas, kasallikdan so‘ng tip maxsus kuchsiz immunitet paydo bo‘ladi.Kesishma immunitet bo‘lmaganligi sababli odam umrida bir necha marta koli-infeksiya bilan kasallanishi mumkin. Koli-infeksiyadagi immunitet kuchsizligiga E.coli ning mikrokapsulasi borligi tufayli fagotsitoz
qiluvchi hujayralar faolligining pasayishi ham sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |