Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o‘z ifodasini topgan:
ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
ta’limda onglilik va ijodiy faollik;
ta’limda ko‘rgazmalilik;
ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);
ta’limning tushunarliligi;
guruhli va individual ta’lim birligi;
ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;
pedagogik hamkorlik.
Yuqorida bir qator ta’lim prinsiplari berilgan o‘lib, ularning ichida tizimlilik tamoyili alohida ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning har bir davridagi maktabning tarixiy tajribasi ta’lim vazifasini ma’lum bir tizimsiz bajarib bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
O‘quv materialini tushuntirish tizimi o‘quv materiali aniq bayon qilingan g‘oyalarga, o‘qituvchi bu g‘oyalarning qaysilarini tushuntirmoqchi ekanligiga, bolalar yoshi, ularning bilimlarni o‘zlashtirishga qanchalik imkoniyat berishini, o‘qituvchining yaxshi bilish bilmasligiga, shu yosh va shu saviyadagi bolalarga xos fikrlash faoliyatining xususiyatlariga, darsdagi bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni odamda qanday tushunilishiga bog‘liqdir.
Hozirgi zamon didaktikasi o‘qitishda xususiydan umumiyga qarab borishni talab qiluvchi klassik tamoyilga o‘zgartirishlar kiritdi. Ko‘p hollarda boshlang‘ich sinflardayoq umumiy holatlardan yakka xususiy holatlarga boyish mumkinligi isbotlanadi, shu munosabat bilan. anchagina vaqt tejaladi va yutqizilmaydi, aksincha, o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish ishida yutuqlarga erishiladi.
Dars mazmunining muqobil tuzilishini tanlash, o‘qitishdagi didaktikaning tizimlilik tamoyilini hisobga olishni talab qiladi.
Ta’limda izchillikka rioya qilib o‘qitish lozim, toki bugun o‘rganilgan bilimlar kecha o‘rganilganlarni mustahkamlansin, ertaga o‘rganiladiganlarga zamin hozirlasin.
YA’ni o‘tilayotgan fan yoki bayon qilinayotganligi materialning o‘quvchilarning oldingi o‘zlashtirgan ilmiy bilimlari, ko‘nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog‘lanishi, shu bilan bir vaqtda o‘qitilayotgan o‘quv materiallarini o‘zlashtirish orqali kelajakdagi bilimlarni o‘zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta’lim bosqichiga zamin yaratilishi nazarda tutiladi.
Ta’limning tizimli bo‘lishi uning izchil bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Izchillikka asoslangan ta’limning harakterli belgisi shundaki, u o‘quvchilarning oldindan o‘zlashtirgan bilim va malakalari zamiridaligi bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularning o‘zaro bog‘lanishlarini takomillashtirish va aksincha, bilimlarni bahs qilish jaryonida oldindan o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yana ham chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashni ta’minlashga qaratilgandir.
Tizimlilik va izchillik o‘quvchilarda har qaysi o‘quv fanlarining bir - biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lishini ko‘rsatishda ham muhim ahamiyatga ega.
Ta’limning tizimli bo‘lishi tamoyili bayon qilinayotgan o‘quv materilalarini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarini to‘ldirishga xizmat qilishini; o‘quvchilarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi.
Tizimlilik va izchillik tamoyillri o‘zaro bog‘liq bo‘lgan alohida o‘quv fanlarini hamda kundalik o‘quv materiallarini mantiqiy jihatdan bir biriga mustahkam bog‘liq holda va muayyan bir tartibda o‘qitish hamda ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tizimli ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirib olishlarini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |