10-Mavzu. Somoniylar davlati. Qoraxoniylar davlati. G`aznaviylar,Saljuqiylar va Xorazmning siyosiy munosabatlar 1



Download 96,49 Kb.
bet4/15
Sana31.12.2021
Hajmi96,49 Kb.
#253423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
10-Mavzu. Somoniylar davlati.Qoraxoniylar-2

Jamoa mulki: yaylov, tog‘ yonbag‘irlaridagi lalmi yerlar.

Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dirxamni tashkil qilgan.

Somoniylar davrida yerlar qaytadan taqsim qilindi. Yer egalarining yangi guruhi tashkil topdi. Ularning ko‘pi sipohiylardan chiqqan edi. Masalan, Alpteginning Xurosonda va Movarounnahrda 500 qishlog‘i bo‘lib, biror shahar yo‘q ediki, unda uning qasri yo bog‘i, yoxud karvonsaroyi bo‘lmasa. Uning tasaruffida minglab otlar va chorva mollari bo‘lgan.

Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida Movaraunnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Movaraunnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o‘lkalaridan hisoblangan. Tarixchilar va geograflar bu borada juda yaxshi ta’riflar yozib qoldirganlar. Ular, bu yerlar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko‘plab qishloq va shaharlar borligini, aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo‘r ehtiros bilan bitganlar.

Xuroson va ayniqsa, Movaraunnahr dehqonchilik o‘lkalari qatoriga kirgan. Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun’iy sug‘orishga asoslangan. Ko‘plab soy va daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo‘lgan. Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Barj (Darg‘om), Barmsish, Buzmadisoy, Ishtixon kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlagan. Bundan tashqari bunday kanallar Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va Shoshda ham bo‘lgan. Manbalarga qaraganda Shosh aholisi xalifa Mutasimga (833-842) murojaat qilib vohada suv yetishmasligi tufayli kanal qurilishiga yordam so‘ragan. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Dalalarda bug‘doyning turli navlari, arpa, sholi va boshqa boshoqli ekinlar ekilgan. Qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan. Paxta, ayniqsa, Zarafshon, Qashqadaryo va Marv vohasida ko‘p ekilgan. Bog‘dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bog‘larda olma, shaftoli, nok, behi, anor, anjir, yong‘oq kabi turli mevalar yetishtirilgan. Uzum yetishtirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, Samarqand, Marv, Hirotda yetishtirilgan uzumlar juda qadrlangan. Umuman Xuroson va Movaraunnahrning mevalari o‘zining turli navlari va yuqori sifatliligi bilan butun Sharqda dong taratgan. Juda ko‘p quruq mevalar Yevropaning turli shaharlariga jo‘natilgan.

Umuman, Somoniylar davrida Xuroson va Movaraunnahr qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari xususan, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Somoniylar davrida dehqonchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham keng sur’atlar bilan tarqalgan. Shahar aholisining ko‘p qismi hunarmandchilikning turli sohalari bilan mashhur bo‘lishgan. Manbalarda qayd qilinishicha, Movaraunnahrda, ayniqsa to‘qimachilik yaxshi taraqqiy qilgan. Bu yerlarda ipak va jundan tayyorlangan turli-tuman gazlamalar o‘zining yuqori sifatliligi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vedar va Surxondaryodagi Darzangi to‘qimachilarining mahsulotlari faqatgina Movaraunnahr va Xurosondagina emas, balki Iroq, Еron va Hindistonda ham ma’lum bo‘lgan. Xususan, Narshahiyning yozishicha, Zandanada tayyorlangan gazlamalarga Sharq bozorida ehtiyoj juda katta bo‘lgan. Ibn Xavqal va Muqaddasiyning qayd etishicha, Vedarda tayyorlangan yuqori sifatli gazlamalar aholining yuqori tabaqalari orasida juda qadrlangan. Bu gazlamalardan asosan amirlar, vazirlar, turli amaldorlar, qozilar o‘zlariga liboslar tiktirganlar. Vedar gazlamasi hatto Xuroson parchasi ham deb atalgan. Gazlamalarning turli navlari bundan tashqari Keshda, Nasafda, Dabusiyada va ko‘pgina boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.

Kulolchilik ham Somoniylar davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori bosqichlariga ko‘tarilgan. Kulolchilik charxini yanada mukammallanishi natijasida idishlarni bezashda sirlardan foydalanishni kashf etilishi bu borada katta yutuq bo‘ldi. Natijada idishlarni turlari ham, shakllari ham ko‘paydi. Ularning sifati keskin darajada oshdi. Idishlar turli rangdagi sirlar bilan bezatila boshlandi. Manbalarda qayd qilinishicha, ayniqsa, Samarqand, Binket va Marv kulollari tayyorlagan idishlar o‘zining bejirim shakli, yuqori sifati, ajoyib va nafis naqshlari bilan ajralib turgan. Еpigrafik naqsh bilan bezatilgan turli-tuman idishlar ayniqsa, diqqatga molikdir. Shu davrga oid shaharlarda olib borilgan arxeologik izlanishlarga qaraganda, kulollar shaharlarda mahalla-mahalla bo‘lib yashaganlar. Mana shunday mahallalar Samarqandda, Marvda, Axsikatda, Termizda ochib o‘rganilgan.

Bu davrda shishasozlik ham keng rivojlangan. O‘rta Osiyo shishasozlari turli shakldagi katta-kichik shisha idishlarni tayyorlaganlar. Idishlar asosan ko‘kimtir va shaffof rangdagi shishalardan tayyorlangan. Ularning ma’lum qismi naqshlar bilan bezatilgan. Shishasozlarning ustaxonalari Niso, Marv, Termiz, Poykant kabi shaharlarda ochib o‘rganilagan. O‘rta Osiyo shishasozlarining mahsulotiga boshqa o‘lkalardan ehtiyoj katta bo‘lgan.

Somoniylar davrida metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Yozma manbalar va olib borilgan arxeologik qazish ishlarga qaraganda bu davrda kon sanoati taraqqiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Bu davrda Badaxshonda kumush, oltin, billur, lojuvard kabi qimmatbaho metall va toshlar qazib olish davom etgan. Ustrushonaning Mink tumanida katta miqdorda temir rudasi, Buttamda oltin, kumush, mis va boshqa metallar, Tuzkon ko‘lida tuz, Farg‘onadagi Nokad degan joydan oltin, kumush, Isfara yaqinida toshko‘mir qazib olingan. Farg‘onada neft ham borligi yozma manbalarda qayd qilingan.

O‘rta Osiyoda somoniylar davrida qog‘oz ishlab chiqarish ham yaxshi rivojlangan. Qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik markaz Samarqand bo‘lib, undagi qog‘ozlarning mahsuloti faqat O‘rta Osiyo yoki Sharqda emas, balki Yevropada ham mashhur bo‘lgan. Samarqand qog‘ozining olti navi manbalarda qayd qilingan.

Yuqorida qayd qilingan hunarmandchilik turlaridan tashqari somoniylar davrida O‘rta Osiyoda toshtaroshlik, zargarlik, duradgorlik kabi sohalar ancha rivoj topgan. Somoniylar davrida kuchli va mustaqil davlatnig paydo bo‘lishi dehqonchilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning taraqqiyoti o‘z navbatida ichki va tashqi savdoni yanada uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomondan shahar va qishloqlarni qo‘shni ko‘chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivojlandi.

Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va hatto qishloqlarda bo‘lgan. Ayniqsa, karvon yo‘llari bo‘ylab joylashgan, shaharlarda bir nechtadan bozorlar bo‘lgan. Buxoro, Xo‘jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, Nishopur shaharlaridagi bozorlar katta va juda gavjum bo‘lgan. Istahriyning yozishicha, Samarqandda Movarounnahrning bosh bozorlari joylashgan. Bu yerga hamma yerdan savdogarlar kelgan. Movarounnahrda tayyorlangan mahsulotlarning katta qismi Samarqandga keltirilgan va undan keyin boshqa o‘lkalarga tarqalgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik shaharlarning ham o‘rni katta bo‘lgan. Bu borada Poykand shahri muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda yozishlishicha bu shaharda somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy bo‘yidagi o‘lkalar va Xitoy bilan oldi-sotti ishlari olib borishgan. Shahar hokimlari savdogarlar uchun hamma shart-sharoitlarni tug‘dirib berishga harakat qilganlar. Shaharda o‘nlab karvon saroylar mavjud bo‘lgan, ular bozorga yaqin joylarda joylashgan. Savdo rastalari karvonsaroyning o‘zida ham bo‘lgan. Karvon saroylar yo‘llarda ham qurilgan.

Bozorlarda sotiladigan mollar avvalo mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Hunarmandlar o‘z mollarini sotib oziq-ovqat mollarini xarid qilishgan, o‘z navbatida dehqonlar hunarmandchilik mollarini xarid qilishgan.IX-X asrlarda O‘rta Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq katta ahamiyatga ega edi. Bu borada ko‘chmanchilar bilan chegaradosh bo‘lgan shaharlarning ahamiyati katta bo‘lgan. Ko‘chmanchilar shaharlarga kelib, dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotganlar.

O‘rta Osiyolik savdogarlar o‘z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga, Kavkazga, Xazar va Bulg‘oriyaga, Xitoy va Hindistonga olib borib sotganlar. O‘rta Osiyodan Xitoy bilan O‘rta Yer dengizini birlashtiruvchi va Janubi-Sharqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo‘llari o‘tgan. Ayniqsa, O‘rta Yer dengizi bilan bog‘lovchi karvon yo‘li ancha gavjum bo‘lgan. Bu yo‘l Bag‘dod, Hamadon, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Nasaf, Kesh, Samarqand, Ustrushona, Choch, Bolasog‘un orqali Xitoyga olib borgan. Xitoyga O‘rta Osiyodan otlar va shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman ipak gazlamalar keltirilgan. Xazar, Bulg‘or va Rus yerlariga O‘rta Osiyodan quruq mevalar, turli-tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. O‘z navbatida janubi-sharqiy Yevropadan O‘rta Osiyoga mo‘yna, mis, teri, qoramol, qullar keltirilgan. Janubi-sharqiy Yevropa bilan bo‘lgan savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlarning o‘rni katta bo‘lgan.


Download 96,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish