10-Mavzu. Somoniylar davlati. Qoraxoniylar davlati. G`aznaviylar,Saljuqiylar va Xorazmning siyosiy munosabatlar 1


Sulton Sanjar davrida saljuqiylar davlatining yuksalishi. Saljuqiylar davlatining kuchsizlanishi. Qoraxitoylarning Movarounnahrga hujumlari



Download 96,49 Kb.
bet15/15
Sana31.12.2021
Hajmi96,49 Kb.
#253423
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10-Mavzu. Somoniylar davlati.Qoraxoniylar-2

Sulton Sanjar davrida saljuqiylar davlatining yuksalishi. Saljuqiylar davlatining kuchsizlanishi. Qoraxitoylarning Movarounnahrga hujumlari. Saljuqiylarning eng so’nggi hukmdori Sulton Sanjar (1118-1157) bu davlatning ham yuksalishi, ham halokatga yuz tutishi bilan o’ziga xos murakkab, ziddiyatli davrni aks ettiradi. Negaki, bu yillarda Saljuqiylar hukmronligi Xuroson va Movarounnahrda yanada mustahkamlandi. Qoraxoniylar hukmdorlari amalda ularga tobelik maqomiga tushib qolgan edi. Ayniqsa, 1130 yilda Sanjar tomonidan bu sulolaning asosiy hayotiy markazlari Samarqand, Buxoroning egallanganligi (garchand bular yana Qoraxoniylarga qaytarib berilgan bo’lsa-da) fakti ham fikrimizni isbot etadi. Bu davrda Xorazm yerlari ham amalda Saljuqiylar ta’sirida bo’lib, Xorazmshohlar, masalan, Qutbiddin Muhammad, Otsiz rasman ularga itoat etardilar. Biroq XI asrning 40-yillariga kelib Saljuqiylar davlatining mavqei puturdan keta boshlaydi. Bunda ayniqsa Sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar bir vaqtning o’zida ham Qoraxoniylarga va hamda Saljuqiylar saltanatiga katta xavf soladi. Sulton Sanjar va Qoraxoniylar xoni Mahmudning birlashgan qo’shini 1141 yilda Samarqand yaqinidagi Katvon cho’lida Qoraxitoylar bilan bo’lgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich mag’lubiyatga uchragach, Movarounnahr yerlari Qoraxitoylar qo’li ostiga o’tadi. Saljuqiylar esa katta hududlarga egalik qilish huquqidan mahrum bo’ladi. Qoraxitoylar esa Movarounnahrni ishg’ol etish bilan birga, bu yerdagi sulolalar hukmronligini yiqitmay, ularni o’zlariga vassal qilish, muntazam boj, xiroj olib turish sharti bilan kifoyalandilar. Shuning uchun ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va boshqalar Bolasog’unda turuvchi Qoraxitoylar hukmdori Gurxonga kelishilgan miqdordagi xiroj-o’lponni yuborib turishga majbur edilar. Sulton Sanjarning keyingi taqdiri ham favqulodda holatda kechdi. U 1153 yilda Balx viloyatining tog’li hududida ko’chib yuruvchi g’uz qabilalarining g’alayonlarini bostirish chog’ida kutilmaganda asirga tushib qoladi. U uch yil davomida g’uzlar qo’lida asirda bo’ladi. Bu vaqt ichida g’uzlarning Xuroson va Movarounnahrning janubiy-sharqiy yerlariga bosqinlari tez-tez takrorlanib turadi. Faqat 1156 yildagina Sulton Sanjar tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo’ladi va bir yildan so’ng vafot etadi. Uning o’limi bilan bir vaqtda o’z davrida qudratli bo’lgan markazlashgan Saljuqiylar davlati-yu, uning shonu-shuhrati ham so’nadi. Bu davrga kelib Kermon o’z mustaqilligiga erishadi. Fors va Ozarbayjon hududlarida mustaqil davlatlar paydo bo’ladi. Xuroson ham Saljuqiylar tobeligidan chiqadi. Arab xalifaligi o’zining avvalgi mustaqilligini tiklaydi. Ayni chog’da Kichik Osiyo hududida Saljuqiy turklarning uzil-kesil joylashuvi jarayoni kuchayadi ham ularning mustaqil davlat tuzilmalari vujudga kela boradi. Bular keyinchalik Usmonli turklar davlatining tarkib topib, mustahkamlanishida muhim asos bo’lib xizmat qiladi.
Download 96,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish