10-mavzu: soha bo‘yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari reja



Download 52,97 Kb.
bet2/5
Sana11.06.2022
Hajmi52,97 Kb.
#655934
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu (1)

Tashkil etish. Muhokama ikki xil yo‘lda tashkil etilishi mumkin.
Birinchisi - vertikal usul, bunda afzalliklar va kamchiliklar alohida ko‘rib chiqiladi.
Ikkinchisi - gorizontal, bu usulda esa mavzu turli nuqtai nazardan yoritiladi.
Vertikal Salbiy tomoni: Qamoqxonalar qimmat, ularni “jinoyat universitetlari" deb atash mumkin, ko ‘p mahbuslar qamoqxonani tark etgandan so ‘ng ham yana jinoyatga qo ‘l urishadi, aksar mahbuslar tuzatib bo ‘lmaydigan ma ‘naviy kasallikka chalinishadi.
Foydali tomoni: Qamoqxonalar xavfli jinoyatchilarni jamiyatdan butunlay ayirib qo ‘yishadi, jinoiy harakatlarni oldini oladi, jinoyatni ja zosiz qoldirmaydi.
Muhokama: Mamlakatlarda jinoyatchilar soni oshib bormoqda, ammo qamoqxonalar doimo jamiyatda ularga qarshi kurashuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Gorizontal Iqtisodiy: Jinoyatchilarini saqlash xarajatlarini ta’minlaydi. Boshqacha jazo turlari bilan taqqoslang.
Axloqiy: Qamoqlar jinoyatchilarni o‘zgartirib yuboradimi? Mahbuslarning qanday huquqlari bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz? Nohaq qamashga nima sabab bo ‘ladi?
Ijtimoiy: Qamalishning mahbus oilasiga ta’siri, ayniqsa u farzandli ayol bo ‘lsa. Qolaversa, begunoh qurbonlarning erta o ‘limi-chi?
Muhokama: Mamlakatlarda jinoyatchilar soni oshib bormoqda, ammo qamoqxonalar doimo jamiyatda ularga qarshi kurashuvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Qaysi shakl afzalroq ekan, sizningcha Quyidagi (vertikalmi, gorizontalmi)?
mavzuda esse yozishingiz talab etiladi:
Jadvalga fikrlaringizni yozib qo‘ying (ijobiy va salbiy xususiyatlarini ajratgan holda). So‘ng esa vertikal yoki gorizontal strukturalardan birini belgilab oling.
Masalan, quyidagi esse mavzusi ko‘rsatilganidek ikki xil uslubda muhokama qilinishi mumkin: qamoqxonalarning jinoyatchilardan foydala-nishi cheklanishi kerak.Muhokama qilinadi.


Taqriz matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
Taqriz (arabcha so‘z, “bayon qilish, so‘zlash, tasdiqlash” ma’nolarini beradi).
Taqriz janrining bosh vazifasi – u yoki bu (ilmiy, badiiy asarlar, spektakl, kinofilm va sh.k.) asarning tahlili orqali uning ilmiy jarayon va muallif ijodiyotidagi o‘rnini aniqlash, unga xos bo‘lgan yutuq hamda kamchiliklarni isbotlash va baholashdan iborat.
Jumladan, badiiy asarni taqriz qiluvchi yozuvchi ijodiy laboratoriyasiga kirishi, uning ichki yo‘nalishini aniqlashi, san’atkorning o‘ziga xos bo‘lgan ijodining asosiy, bosh qonunlarini tushunishi, asarga badiiy asar sifatida mehr bilan yondoshishi, chuqur ijodiy izlanishi kerak. Bu izlanishlarning natijasini siqiq, original shaklda, o‘sha asar mohiyatining butun siru asrorini ochib beradigan usulda bayon qilishi lozim.
Aks holda, ma’lum bir asar haqidagi taqrizda tahlil bo‘sh chiqadi-da, har xil badiiy asarga nisbatan bir-biriga yaqin baholar, kamchilik va nuqsonlar qayd qilinib qoladi va taqrizni qolipga mubtalo qiladi. Natijada suv tomchilaridek bir-biriga o‘xshaydigan, yasalgan (ijodiy yaratilmagan) taqrizlar yuzaga kelaveradi.
Holbuki, taqriz – konkret ilmiy asar ekan, unda qayd qilingan har bir fikr, yangilik yoki nuqson taqrizchi tomonidan yuzaki bayon qilinmasligi kerak, balki aniq dalillar misolida har tomonlama isbotlanishi va bunga yozuvchini ham, kitobxonni ham ishontira bilishi kerak. Taqrizda konkret asar yozuvchining butun ijodi va harakatdagi ijodiy jarayon bilan bog‘lanishi, solishtirilishi shart: ana shundagina asarning ahamiyati, qimmati, yangiligi ochiladi, yozuvchi mahorati yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Taqriz-ilmiy uslubda bitilishidan qat’iy nazar, unda taqrizchining ehtirosi – haqiqatni izlashdagi hissiyoti ko‘rinib turishi lozim. Chunki har bir asar o‘zicha ayrim bir dunyo ekan, unga kirish yo‘llari o‘ziga xos bo‘ladi: taqriz shaklining umumiy qonuniyatlariga jo bo‘lgan ana shu o‘ziga xoslik uning rang-barang bo‘lishini, originalligini ta’minlaydi.
Taqriz yaratish uchun:
1. Muayyan asarni taqriz qilish uchun ilmning shu sohasida chuqur bilimlar egasi bo‘lishi talab etiladi. Shu sabab, turli sohalardagi asarlarni emas, o‘zingiz mutaxassis bo‘lgan ixtisoslikka oid asarnilarni taqriz qiling.
2. Taqriz qilinayotgan asarning muallifi ijodini batafsil o‘rganing. Uning ijodiy psixologiyasini, qiziqishlarini tassavvur qilganingizdan so‘ng, yaratilgan asarning uning ijodida tutgan o‘rnini aniqlang: qanchalik yangiligi, zarurligi, ahamiyatini ko‘rsating.
3. Yuqoridagi vazifani hal qilish uchun aniq shu sohada, shu mavzuda yaratilgan ohori ketmagan ilmiy asarlarni o‘qing, solishtiring. Shundagina taqriz qilinayotgan asarning zamonaviyligini, zarurligini yoki ortiqcha matoh ekanligini aniqlay olasiz.
4. Asarning yutuq va kamchiliklarini umumiy bayon qilmang, balki har bir fikringizni asosli dalillar bilan isbotlang. Isbotingiz aniq, ravshan, obyektiv bo‘lsin.
5. O‘zingiz yaratgan taqriz mazmun va shakl jihatdan go‘zal bo‘lsin: yetishmovchilik ham, ortiqchalik ham, quruq, isbotlanmagan gap ham bo‘lmasin.
Tezis - (yunoncha thesis qoida, isbot) degan ma’nonni anglatadi. 1) keng ma’noda - bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; 2) tor ma’noda - asosiy fikr, prinsip; 3) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza; 4) ma’ruza, ma’lumot, xabarning asosiy mazmunini qisqacha aks ettiirish.
Rezyume - fransuzcha so‘z bo‘lib, yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan narsaning qisqa holatda aks ettirish, qisqacha xulosa, biror narsaning yakuniy natijasi.



Download 52,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish