Buxoro viloyati tarixiy yodgorliklari
Abdulazizxon madrasasi - 1652 yil qurilgan bu Madrasa badiiy bezaklarga boy bo’lib, O’rta Osiyo me’morchiligida aloxida o’rin egallaydi.
Bolohovuz masjidi - 1712 yil qurilgan bo’lib, Buxoro arki qarshisida joylashgan. SHuningdek, bu yerda xujralar (XIX asr), ayvon. minora (1911-1917 y.) va xovuz barpo etilgan.
Ismiil Simoniy m af arasi - IX-X asrlarga oid O’rta Osiyo me’morchiligining ajoyib va betakror namunasidir. U 892-907 yillarda qurilgan deb taxmin qilinadi. Aniq geometrik ulchamlar va devorning qalinligi 1.8 metrgacha bo’lganligi tufayli bu yodgor-lik ming yildan buyon yaxshi saqlanib turibdi. Rivoyatlarga ko’ra maqbara Ismoil Somoniy tomonidan otasi Axmad ibn Asad uchun qurilgan. Bu tarixiy yodgorlik xalqaro YUNESKO ruyxatiga kiritilgan.
Ko’kaldosh madrasasi - 1578 yil qurilgan bo’lib, Labixovuz maydonida joylashgan. o’rta Osiyodagi eng katta madrasalardan biri bo’lib, 160 xujrasi bor. Bu yodgorlik Abdullaxon xukmronlik qilgan davrda qurilgan.
Labihovo’z - XVII asrda qurilgan bo’lib, uzunligi 42 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr chamasi bo’lgan hovuzdan iborat maydoncha. U 1620 yil qazilgan. Savdo maydonlaridan biri bo’lgan.
Masjidi qalach (katta masjid) juma namozi oqiladigan bu masjid 1514 yilda qurilgan bo’lib kattaligiga ko’ra Samarqand-dagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Masjidning umumiy maydoni bir gektar keladi (127x78). Xovli galereyasi 288 qubba bilan qoplangan. ularni 200 ta ustun ko’tarib turadi, 7 ta eshigi bor. Bu inshoot ham noyob me’morchilik yodgorliklaridan biridir.
Magoki Attor masjidi - X1I-XVT asrlar davomida qurilib ta’mirlangan bu inshoot shaxar markazida joylangan bo’lib, ilga-rigi attorlar rastasi o’rniga qurilganligi tufayli Magoki Atto-ri deb atalgan.
Mir Arab .madrasasi - 1530 yil qurilgan bo’lib, shaxarning markaziy qissmida joylashgan. Bu yerda yamanlik SHayx Abdulla (Mir Arab) va uning qarindoshlari dafn qilingan. YOdgorlik Shuning uchun ham Mir Arab deb nomlanadi.
Sitorai Motsi Xosa majmuasi - XIX asr oxiri - XX asr bosh-larida qurilgan bo’lib, Amir Olimxonning saroyidir. SHaxardan 4 km. narida joylashgan.
Tim va tokgar - XVI asrda qurilgan bu inshoot Buxorodagi eng yirik savdo markazlaridan biridir. SHaxardagi eng yirik in-shootlaridan 4 tasi: Toki zarg’aron, Toki telpak furushon, Toki sarrofon va Abdullaxon timi saqlanib qolgan.
Ulug’bek madrasasi - 1417 yil Mirzo Ulug’bek tomonidan qurdirilgan. Ulug’bek madrasasi darvozasi peshtoqiga "Ilm olish xar bir muslim va muslimaning burchidir", degan so’zlar yozilgan.
CHashmayi Aiyub mozori - XII asrga oid bu yodgorlik shaxardagi madaniyat va istiroxat bog’i o’rnila joylashgan. Qadimgi g’arbiy bino yoniga XIV asrda yana ikkita bino qurilgan. Bu binoni eshigi tepasida Amir Temurning o’zi qurdirganligi haqidagi ma’lumot qayd etilgan.
CHor Minor -uni xalifa Niyozqul madrasasi deb ham atashadi. U XIX asr boshlarida(1807)gi murakkab me’morchilik namunasi bo’lib, peshayvon turidagi masjid, bir qavatli Madrasa, hovuz vz peshtoqdan iborat. 4 ta baland mezanasi bor. Ular minoraga uxshaydi, shuning uchun ham CHor Minor madrasasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |