10-mavzu: O’zbekiston viloyatlarining tarixiy-madaniy yodgorliklari


Navoiy viloyati tarixiy yodgorliklari



Download 33,05 Kb.
bet6/12
Sana02.06.2022
Hajmi33,05 Kb.
#630062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10 mavzu

Navoiy viloyati tarixiy yodgorliklari
Abdullaxon banda - viloyat x,ududidagi qadimgi suv ombori va to’g’oni. XVI asrning 80-yillarida Buxoro xukmdori Abdullaxon II (1557-1598 yil) qurdirgan. Eski oqchob qishlog’i yaqinidagi Beklarsoy darasida joylashgan. To’g’onning uzunligi: asosida - 73 metr, yuqorisida - 85 metr, balandligi esa 14,5 metr. Taxminan 1,2 mln. kubometr suv to’plangan.
Kosim shayx xonatsoui - XVI XX asrlarga oid yodgorlik. Dast-lab din arbobi qosim shayx (1571 yil vafot etgan) uchun xonaqox qurilgan. SHayx vafot etgach yon xonaga ko’milgan. Daxma marmarli. Abdullaxon II XVI asrning 80-yillarida xonaqox qurdirgan. 1910 yili atrofi devor bilan o’ralib, qo’shimcha binolar barpo etilgan.
Rabotы Malik (SHox rabota) - Bukj Ipak yo’lidagi eng qadimgi va ulkan karvonsaroy bo’lib, taxminan 1069-1079 yillarda qurilgan. Buxoro - Samarqand yo’lida, Navoiy shaxri yaqinida joylashgan.
Xorazm viloyati tarixiy yodgorliklari
Ko’xni Ark - Xivada joylashgan bu yodgorlikda Anushaxonning o’tli Agapxon tomonidan 1686-1688 yillarda Ko’rinishxona barpo etshtgan. Binoda qurilish XIX asrda davom etgan. Unda to’rtta hovli bo’lib, muxtasham qabullar saroyi, xaram, zarbxona, yozgi- va qishki masjidlar qurilgan.
Ichan qal’a (ichan qal’a) - asosi - miloddan avvalgi V asrdan, yuqori qismi milodiy XVIII-XIX asrlarni o’z ichiga olgan. May-doni 26 gektarga yaqin. Atrofi devor bilan o’ralgan bo’lib, uning uzunligi 2,1 km. 4 ta max.obatli darvozaga ega. qal’a devorining balandligi 7-8 m, qalinligi 3-4 m. Taxminan x,ar o’ttiz metr masofada k att a aylana burj-minoralar bo’rtib chiqkan. Qal’ada asrlar davomida qurilgan ansambllar bo’lib, saroylar, ma’muriy va turar joy binolari, madrasalar va shu kabi inshootlar mavjud.
1842 yili Dishan qal’a qurilishi yakunlangach, ichkari qismidagi kala “Ichan qal’a”, deb atala boshlangan.
Dishan qal’a ( Tashki qal’a) - Xivaning tashqi qismi bo’lib,
1842 yil Muhammad YOqub Mextar raxbarligida shaxarning 6 km.
Uzunlikdagi atrof-qal’a devori qurildi. SHu paytdan bu hudud “Dishan qal’a”deb atala boshlandi. Devorlari orasiga burjlar ur-natilgan hamda 10 ta mustaxkam darvozasi bor. SHaxarning asosiy axolisi yashagan bu yerda Nurillaboy saroyi va ko’pgina me’moriy yodgorliklar joylashgan.
Muhammad Aminxon madrasasi va minora - Madrasa Ichan qal’ada joylashgan bo’lib, 1852-1855 yillarda Muhammad Amin-xon qurdirgan. Madrasa yonida Kalta Minor joylashgan. Xon o’z rejasiga ko’ra Madrasa - minorani Xivadagi eng katta va go’zal ansambl qilishini muljallagan edi. Biroq xonning o’limi tufay-li minora qurilishi yakunlanmay qolgan. Minoraning asos dia-metri 14,2 metr, balandligi 26 metr. Muhammad Aminxon madra-sasi ikki qavatli, bosh tarzi besh gumbazli miyonsaroy, masjid, darsxona va boshqa qo’shimcha xo n alar dan tashkil topgan. Madrasa Xivadagi eng muxtasham va yirik bilim dargoxi xisoblanadi.
Alloqulixon madrasasi - Xivadagi me’moriy yodgorlik bo’lib, 1834-1835 yillarda 3 m. balandlikdagi sun’iy tepalikda qurilgan. Madrasa qarshisidagi Xujamberdiboy madrasasiga o’xshash xolida barpo etilgan. Inshootda 99 ga ikki qavatli qator xujralar, qish-ki masjid va darsxona joylashgan. YAna ikkita minora ham bor.
Amir Tura madrasasi - 1870 yili Muhammad Raximxon II ning akasi Amir Tura qurdirgan bo’lib, Ichan qal’ada joylashgan. Old tomoni ikki, qolgan tomonlari bir qavatli. Xujralar dan tashqari ikkita gumbazli xona va yozgi masjid joylashgan.
Abdullaxon madrasasi - Ichan qal’aning sharqiy darvozasi oldida joylashgan bu yodgorlik 1855 yil qutlitmurod Inoqxon-ning o’g’li Abdullaxonga atab onasi qurdirgan. Kvadrat tarxli, peshtoq orqali uch gumbazli miyonsaroydan xovliga o’tiladi. Bu yerda xujralar, masjid joylashg an.
Islomxuja madrasasi va minorasi - Xivada joylashgan bu yodgorlik Isfandiyorxonning vaziri va qaynotasi Islomxuja to-monidan XX asr boshlarida (1908-1910 y.) qurdirilgan. Madrasa bir qavatli, unda 42 ta xujralar joylashgan. Bu yerdagi masjid-ning gumbazi maxobatlidir. Madrasa bilan yonma-yon qurilgan mi-noraning balandligi - 44 metr, asosining diametri - 10 metrga yaqin. Minora xashamatli va ko’rkam ishlangan bo’lib, aslida Xivaning ramziga aylanib qolgan.
Najmiddin Kubro maqbarasi - XIV asrning 30-yillarida qurilgan bo’lib, Turkmaniston xududida joylashgan. Tasavvufdagi kubroviylik oqimining asoschisi, shoir. olim va shayx Najmiddin Kubro nomi bilan bog’liq. Makbara Najmiddin Kubro qat anasi joylashgan katta xona, bir necha qabrlari bo’lgan kichikxona va ziyoratgoxlardan iborat.
najmiddin Kubro 1145 yilda Xiva yaqinidagi xozirgi Sayot qishlog’ida tug’ilgan. Uning asl nomi Axmad ibn Umar ibn Muhammad al-Xivaqiy al-Xorazmiy bo’lib. Abuljanob - uning kunyasi, Najmiddin - unvoni, Kubro laqabi xisoblangan. Najmiddin - din yulduzi demakdir, Kubro - buyuk degani.
Atoqli Ozarboyjon adibi M.Oxundov: “Vatanparvar - o’z vata-nini kamoloti yo’lida o’z vataniga muxabbati tufayli ezguliklari tug’ul, jonini ham ayamaydigan, xalqi va vatani ozodligi, farovon-ligi uchun o’zini qurbon qiluvchi insondir” deb yozgan edi. SHayx Najmiddin Kubro jasorati bu fikrning yorqin isbotidir. Gap shundaki, mo’tullar Xorazm tuprog’iga bostirib kirganda, u murid-larini tug’ilgan yurtlariga jo’natib, o’zi shaxarni mudofaa qilishga otlandi. SHogirdlarining birga ketish haqidagi taklifiga javo-ban: "Keyin shu yerda shaxid bo’laman, menga Xorazmni tark etishga ruxsat yo’q”, - deydi va qo’liga shamshir tutib, qo’yniga tosh to’l-dirib. yov qarshisiga chiqadi. Ularga tosh otadi, bir necha nayza bilan urib yiqitadi. Dushmanlar o’nta komondan o’q uzadilar. O’q-lardan biri shayxning ko’kragiga sanchiladi. SHaxit bo’layotgan payt-da u dushman qo’lidan bayroqni tortib olib. shu darajada maxkam siqib ushlaganki. O’n kishi bo’lib ham uning qo’lidan bayroqni olisholmagach, barmoqlarini kesishga majbur bo’lishgan. SHayxning bu jasorati yovni ham xayratga solgan. Mazkur voqea, mana, necha asrlarki, tildan-tilga o’tib, afsonaga, xalq uchun ibrat manbaiga aylandi.

Download 33,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish