10-mavzu: O’zbekiston viloyatlarining tarixiy-madaniy yodgorliklari
REJA:
1. Toshkent shaxridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar.
2. O’zbekiston viloyatlaridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar.
Kalit so’zlar: me’morchtik, tarixiy yodgorlik, madaniy meros, me’moriy uslub, san’at, qadriyat, Madrasa, masjid, minora, usto’p, m af ara, devor, peshtoq, ayvon, gumbaz, koshona, naqshq, .uasham, gapok,, sardoba, yodgorlik majmuasi.
Tomchida quyosh aks etgani kabi xar bir tarixiy manba - u asar yoxud tarixiy inshoot bo’ladimi, baribir, o’z davri to’g’risida bizning butungi va kelgusi avlodlarga so’zsiz xikoya qiluvchi be-timsol yodgorlik namunalaridir. SHu tufayli ham ular xalqning bebaxo madaniy merosi, o’tmish qadriyatlarimiz xisoblanadi. Ularda asrlar tajribasi, ota-bobolarimiz - donishu olimlar, san’at va ijod axli, yuksak maxorat soxiblari bo’lgan ustalar ijo-diy mexnatining mujassam qiyofasi, mazmun-moxiyati yaqqol tarzda aks etgan. YUrtimizning barcha xududlarida joylashgan xalqimz madaniy merosining nodir namunalari, ayniqsa, Ochiq osmon ostidagi muzey shaxar xisoblanmish Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaxarlardagi ko’pgina tarixiy-me’morchilik inshootlari mamlaka-timizda turizm durdonalari xisoblanadi.
Bizningcha, o’lkamizda joylashgan tarixiy-madaniy yodgorlik-lar o’zining quyidagi ayrim xususiyatlari bilan aloxida e’ti-borlidir:
- birinchidan. yodgorlik inshootlari - xududda yashagan ajdod-larimizning aql-tafakquri, goyasi, yuksak maxorati, san’ati, me’-moriy tajribalari hamda xukmdorlarning uch davrida yuritgan madaniy siyosatidai dalolat beruvchi tarixiy-ashyoviy namunalar ekanligi;
- ikkichidan, tarixiy inshootlarning uzoq asrlar mobaynida shakllanib borishi barobarida yangicha qurilish uslub va ko’ri-nishlar bilan tobora boyiganligi;
-uchinchidan, me’morchilik inshootlarining (ular xox, katta yoki kichik xajmlarda bo’lsin) asl mazmun-moxiyati avvalambor insonlarni ezgulikka, ular o’rtasila ulug’vor qadriyatlarni qaror toptirishga qaratilganligi;
- to’rtinchidan.o’lkadagi mavjud tarixiy-madaniy yodgorlik-lar mamlakatimzda rivojlanib borayotgan ichki turizm va xalqaro turizmning istiqbolini belgilashda muhim omil ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.
O’lka tarixi va turizmini o’rganishda tarixiy-me’moriy yod-gorliklarning axdmiyati juda katta. Me’morlik san’ati va u bi-lan chambarchas bog’liq xalq amaliy san’ati. xususan, naqqoshlik, o’ymakorlik, ganchkorlik, qandakorlik kabi soxalarda xalqimiz-ning turli davrlarda erishgan ijod namunalarini o’rganish yo’lida anchagina samarali tadqiqotlar mavjud. Ular bilan yaqindan tanishuv kishilar uchun, ayniqsa, talaba-yoshlarda ona-Vatanga bo’l-gan muxabbat. o’z ajdodlarining mexnati jasorati bilan g’urur-lanish xissini shakllantiradi.
O’tmishdan bizning xozirgi davrimizga qadar saqlanib kelayot-gan “ziyo”ga qisgulik ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorlik namu-nalari xalqimz merosi - yurtimizning ko’rki bo’lib, davlatimiz saloxiyatida, taraqqiyotimz uchun muxim ahamiyatga ega ekanligi bar-chamizga ayon. Ilm tufayli ham xalqimiz ardog’idagi va dunyo atri -rofiga sazovor bo’lgan betakror tarixiy-me’morchilik yodgorlik-lari, osori-atiqalarimizni avaylab asrashimiz lozim. Zero ular bizning doimiy ravishda o’rganib, targ’ib-tashviq etadigan mod-diy-ma’naviy mulkimiz hamdir.
Quyida ayrim viloyatlar. shuningdek, shaxarlardagi tarixiy-me’morchilik yodgorliklaridan namunalarni keltirib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |