2016-yildan O‘zbekiston ilm-fanida tom ma’noda tub islohotlar davri boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ilm-fanga e’tibor yanada kuchayishi belgilandi.
Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiytadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida 9 ta ilmiytadqiqot muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil etildi, Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi.
O’zbekistonda Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga oxirgi saylovlar 1995-yilda o‘tkazilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida akademiklarning soni 2martadan ko‘proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi tarixiy farmoni bilan 22 yillik uzoq tanaffusdan so‘ng Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi haqiqiy a’zolari tasdiqlandi. 2018-yilga kelib ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi 400 ta muassasa ro‘yxatga olingan bo‘lib, fan sohasida 36 ming mutaxassis, jumladan, 2 mingdan ortiq fan doktori va 9 mingdan ortiq fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi.
Madaniy-ma’naviy rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. Chunki zamon talablariga javob beradigankadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va bu qonunga asosan mamlakatimizda “uzluksiz talim tizimi tashkil etildi
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila boshlandi:
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4 sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9 sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11 sinf);
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yangi maktab binolari qurishga alohida e’tibor qaratildi. 1994 yilda 80000 o’rinli 209 та, 1995 yilda 55000 o’rinli 134 та, 1996 yilda 64000 o’rinli 198 ta maktab qurilib foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr – «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.
1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imlo, alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi.