XX asrning 60 chi va 80 chi yillarida O‘zbekistonda
pedagogika fanining taraqqiyot yo‘nalishlari
Dastlab pedagogika sohasidagi ilmiy
tadqiqotlar uch muhim yo‘nalishda
amalga oshirildi:
O‘zbekistonda 50-60
yillarga
qadar
pedagogik muallimalar
bo‘yicha
tadqiqot
ishlarini
amalga
oshiradigan
birorta
markaz mavjud emas,
oliy ilmiy malakaga ega
bo‘lgan
mutaxassislar
nihoyatda oz va ilmiy
xodimlarning bir qismi
o‘tmish
madaniy
merosga
noto‘g‘ri
munosabatda bo‘lar edi.
Shunga
qaramay
respublikamiz pedagog
olimlari qiyinchiliklarni
yengib
muvaffaqiyatlarga
erishdilar
(O.Hasanboyeva)
K.YE.Bendirgayev “Turkistonda xalq ta’limi
tarixidan ocherklar”
I.I.Umnyakov “Buxoroda yangi usul maktabi
tarixiga doir”
S.Rajabov “O‘zbekistonda maktablar tarixi”
E.Qodirov “O‘zbekiston umumta’lim
maktablarining rivojlanish tarixi (1917-
1975 yillar)”
Z.Mirtursunov
“A.Navoiyning
pedagogik
qarashlari”
S.Rahimov “Abu Ali ibn Sinoning
pedagogik qarashlari ”
Pedagogika tarixi
Tarbiya nazariyasi
Ta’lim
nazariyasi
S.Rajabov
“Pedagogika fani
taraqqiyotining
ba’zi masalasi”
S.Temirova
“Oliy maktab
didaktikasi”
A.S.Yefimov
Tarbiyaning
metofologik asosi:
“O‘qituvchilik
kasbi”
M.Ochilov
“Bo‘lajak
o‘qituvchilarni
axloqiy
shakllantirish”
R.Mavlonova
-O‘zbekistonda
boshlang‘ich
ta’lim taraqqiyoti;
-Mehnat ta’limi
metodikasi
J.Hasanboyev,
O.Hasanboyeva.
“Oliy maktab
didaktikasi”
O.To‘rayeva Oila
pedagogikasi“,
“Odobnoma”
D. .Shodiyev “Fizika
ta’limi nazariyasi”
N.Shodiyev
“Kasbga .......
yo‘llash nazariyasi”
S.Temirova
-Oila tarbiyasi;
-Sinf rahbari
faoliyati;
-Bolalarda
mustaqilligi
tarbiyasi
Bugungi pedagogika fani o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashiga zamin
hozirlashdek ulkan vazifani bajarishga safarbar etilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “2004 – 2009 yillarda maktab ta’limini
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilgan barkamol shaxsni
shakllantirish yo‘nalishlari, qonuniyatlari va tamoyillariga asoslangan holda keng
ko‘lamli tadqiqotlarni amalga oshrildi.
Pedagogika fanini rivojantirish va istiqbolga yo‘naltirish dasturi fanning
mazkur sohasi yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularga uzluksiz ta’lim –
tarbiya berish, pedagogik qo‘llab – quvvatlash, yoshlar ongiga milliy istiqlol
g‘oyasi va mafkurasini singdirish, umumpedagogik va xususiy didaktik bilim,
ko‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik asoslarini yaratish bilan
izchil tadqiqot olib borildi, pedagogika fani davlat tomonidan ilmning ustivor
sohasi sifatida e’tirof etildi.
Pedagogika fanining rivojlantirish va istiqbolga yo‘naltirish dasturida Jahon
va Sharq pedagogik tafakkuri, maktab, oila, mahalla hamkorligi pedagogikasi,
shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlari, o‘quvchi shaxsini jamiyat
hayotiga tayyorlashning shakl va vositalari, ta’lim – tabiya metodlari, qonuniyat va
tamoyillari eng ilg‘or yutuqlarga tayanilgan holda ishlab chiqildi.
Mazkur dasturni yaratishda Jahon va Sharq pedagogikasining o‘ziga xos
jihatlari, aloqadorlik va umumiylik tomonlari, Sharq mutafakkirlarining uyg‘onish
davrida pedaogikaga qo‘shgan hissalariga tayaniladi.
Pedagogika fanini rivojlantirish va istiqbolga yo‘naltirish dasturi uzluksiz
ta’lim- tarbiya tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan pedagogik tadqiqotlarning
umumiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Maktabgacha ta’lim, maktab, oila,
akademik litsey, kasb – hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari hamda ilmiy –
pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish tizimida ta’lim – tarbiya va
pedagogik ta’limning umuminsoniy hamda milliy xarakterga ega bo‘lgan yagona
yo‘nalishlarini ilmiy jihatdan tadbiq qilindi.
Istiqbolda pedagogik antropologiya va ijtimoiy psixologiya sohasidagi
tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, pedagogika fani ta’lim – tarbiyaning darajasi
hamda shaxsning ma’naviy qiyofasi, uni sotsiokorreksiya qilish yo‘llari va
qonuniyatlari, insonning aqliy intelektual salohiyati orasidagi aloqadorlikni har
tomonlama ochib berishi, pedagogik diagnostika hamda kognitiv pedagogika
sohasidagi tadqiqotlarga keng yo‘l ochilishi, maktabda beriladigan ta’lim – tarbiya
darajasi bilan o‘quvchi shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikni
pedagogik jihatdan ta’minlash yo‘llari va mexanizmlari yaratildi.
Jinoyatchilik va xuquqbuzarlikning oldini olishda maktabda beriladigan
ta’lim – tarbiya ta’sirini oshirish yo‘larini tadqiq etish, pedagogika fanining
ommaviy axborot vositalari, mustaqillik mafkurasining keng targ‘ib qiluvchi
manbalar, shuningdek, madaniy – oqartuv muassasalari, teatr, kino – teatr,
madaniyat saroylari, turli klublar va hokazolar bilan aloqasini kuchaytirish, bu
muassasalarning ta’lim – tarbiya jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri nazariy jihatdan
asoslandi.
O‘quvchi va talabalarning o‘z – o‘zini tarbiyalash, bilim va aqliy
salohiyatini oshirish jarayonini tashkil etish, mavjud oqimlarning shaxs taraqqiyoti,
uning axloq – odobi, dunyoqarashiga ta’sirini har tomonlama rivojlantirish
istiqbollari.
Bu jarayonda pedagogika fani bevosita ijtimoliy psixologiya, barcha ijtimoiy
fanlar bilan aloqadorlikda ish ko‘rdi. Pedagogika fani ta’lim-tarbiya jarayonini
tashkil etishning yo‘l va vositalari, qonuniyat va tamoyillarini taqdim qilar ekan,
birinchi navbatda, o‘quvchi va talabaning ruhiy hartomonlama barkamol shaxs
sifatida rivojlanishi ilmiy-amaliy asoslarni ishlab chiqdi.
Pedagogika fani Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “2004-2009 yillarda
maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” talablaridan kelib
chiqqan xolda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey hamda kasb-hunar
kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning didiaktik qonuniyatlari
va tamoyillarini ishlab chiqdi, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari uchun davlat ta’lim standartlarini ilmiy asoslarga tayangan
xolda muntazam takomillashtirib borish mexanizmlarini belgilab berdi, o‘quv
dasturlari, darsliklarning yangi avlodi, o‘quv-metodik majmualar yaratishning
optimal modellarini yaratildi.
Oliy o‘quv yurtlari, magistratura, bakalavryat, yuqori malakali pedagoglarni
xamda ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta ishlash hamda malakasini
oshirishning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqildi.
Davlat va jamiyat Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda “2004-2009
yillarda rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” talablari asosida o‘qituvchi va
murabbiylarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini nazariy-metodik
jihatdan ta’minlash bo‘yicha.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning 15 may 2014 yil
Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada mavzuida so‘zlagan nutqida va
dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan nufuzli olimlar, ekspertlar,
YUNESKO rahbarlari tomonidan e’tirof etilganidek, buyuk ajdodlarimizning
merosi butun insoniyatning ma’naviy boyligidir. Bu jahonshumul e’tirof
mustaqillikning davstlabki yillarida bashorat qilingan “tarixiy xotirasiz kelajak
yo‘q” ta’limotining mantiqiy davomi o‘tgan davrda mamlakatimiz taraqqiyotidagi
isboti bo‘ldi.
Ta’lim-tarbiyada tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik pedagogik qonuniyat
va metodologik tamoyil sifatida asoslanadi.
“Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshrilgan kashfiyotlar
zamonaviy ilm fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib
berishning ahamiyati shunchalik muhim deb hisoblayman.
O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya,
tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohasidagi beqiyos yuksalish, ilmiy
maktablarning vujudga kelishi. yangi-yangi iste’dod to‘lqinlarning paydo bo‘lishi
va voyaga yetishi - bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va
shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning
yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi
va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan”,─
deydi Islom Karimov.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqimiz jahon taraqqiyotiga hissa qo‘shgan
Sharqu-G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, buyuk sivilizatsiyalar tutashgan yurtimiz
hududiga ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ona
zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan,
matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot,
falsafa, ahloqshunoslik kabi ko‘plab sohalarga oid asarlar yaratilgan. “Buyuk ipak
yo‘li orqali Yevropaga, Yevropadan Osiyoga, Sharq va G‘arb ulug‘ allomalari,
mutafakkirlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommalashgan”.
Xivada tashkil topgan Ma’mun akademiyasi - “Baytulhikma”, ya’ni
“Donishmandlar uyi” nomi bilan shuhrat qozongan Bog‘dod akademiyasi, XV
asrda shakllangan Mirzo Ulug‘bek ilmiy maktabining fan taraqqiyotida tutgan
o‘rnini faxr bilan qayd etildi.
Ma’mun akademiyasiga asos solgan, “Baytulhikma”da ilmiy ishlarni
boshqargan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy haqida shunday deydi: “Al-
Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning
aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi
bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi
xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va
asarlari “algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda
abadiylashtirildi”. Jahon ekspertlari oldidagi bu iftixor va e’tirof butun dunyo
Xorazmiyning ilm-fan rivoji yo‘lidagi hissasini yuksak qadrlashidan dalolat beradi.
Ahmad Farg‘oniyning “Astronomiya asoslari” nomli asari o‘n ikkinchi asrda
lotin va ivrit tillarida tarjima qilingan, keyinchalik Italiya, Germaniya, Fransiya,
Gollandiya va AQSH kabi ko‘plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani
naqadar uning ulkan ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. “Yerning o‘lchovi”
haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani
xususidagi dalillar mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa
universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan
hamda buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa
sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgani” ta’kidlandi.
O‘rta asrlar Sharq ilm-fan rivojida Xorazm Ma’mun akademiyasi alohida
o‘rin tutgan. Ulkan kutubxona, madrasa, tarjima va hattotlar maktabi kabi
tuzilmalarga ega bo‘lgan bu dargohda yuzdan ortiq allomalar, iste’dodli talabalar
ilmiy izlanishlar olib borgan. Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy,
Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniylarning umumbashariy tafakkur
rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Avvalo, ana shular kabi piru-ustozlarning
namunasi, qolaversa, mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoit uchun, “Oqqan
daryo - oqishi” da ilm ahli mas’uldir.
Jahon ilmiy anjumanida mamlakatimiz rahbarining Abu Rayhon Beruniy
haqida faxrlanib aytganlari bunga misoldir: Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon
Beruniy ilmiy dahosi bilan yartailgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning
o‘zi qiyin. Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy izlanishlaridan bizgacha faqat 31 tasi
yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq
bo‘lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat
beradi.
Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib, dengizlar nazariyasi va
Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif
etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi,
Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a
mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo
bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham
XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb
atalishi bejiz emas. – deb ta’kidlaydi. Buyuk alllomalarning ijod ustaxonasi, ilhom
manbai haqida yangi ma’liumotlar aniqlanmoqda. Ulug‘ bobokalonimizning asli
ismlari Muhammad bo‘lgani (chunki o‘sha davr an’anasi shunday edi) rayxon
gulini yaxshi ko‘rganlari uchun o‘zlarining laqablarini va qizlarining nomini
Rayhon deb atagan ekanlar.
Fanshunoslik masalasi haqida fikr yuritganda, buyuk bobokalanimiz Abu Ali
ibn Sino nomini dunyo fani va madaniyati tarixida zarhal harflar bilan bitilganini;
doimo yashil bo‘lib turuvchi tropik o‘simlik “Avetseniya”, meditsina “Madadi
Sino” deb atalishi; ko‘plab mamlakatlarda ko‘chalar, o‘quv va tibbiyot
muassasalariga uning nomi qo‘yilgani; alloma sharafiga medal va mukofot ta’sis
qilinganini faxr va iftixor bilan qayt etish mumkin. Prezidentimiz Islom Karimov
1998 yil 6 noyabrda YUNESKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan
taqdirlanganini xalqimizning umumbashariy sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasi va xizmatini tan olinishi davlatimiz tomonidan tarixi, madaniy ma’naviy
merosni asrab-avaylash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida
xizmatlarni munosib bahosi bo‘ldi.
Anjumanda Islom Karimov u haqda: “Islom olamining eng mashhur faylasufi
va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutaffakkirlaridan biri”
degan unvonga sazovar bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati
avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot
ishlarini 16 yoshidan boshlagan bu ulug‘ zot o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar
yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo,
fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga
bag‘ishlangan. Leanardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab
olimlar uning asarlarini o‘qib hayratga tushganlar.
Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng mashhur
bo‘lgan “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn
Sino keyingi bir necha yuz yil tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy
yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmokologiya sohalarining eng muhim usullariga
asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki
kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500 yil
davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan”.
Prezidentimizning xalqaro konfrensiya ishtirokchilariga qarata Ibn Sino va
Beruniyning Aristotelning “Koinot haqida kitob” asari yuzasidan tahliliy
yozishmalari, ilmiy muloqotlari antik davr falsafiy qarashlarni chuqur anglashi va
ularni rivojlantirish borasidagi naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganliklarining
mumtoz namunasi ekanligi iftixor bilan bayon qildi. Ular kabi buyuk allomalar
insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab Ma’mun akademiyasini
shakllanishiga asos bo‘lgani qayt etildi. YUNESKO tomonidan Ma’mun
akdemiyasining 1000 yilligi nishonlangani, uning faoliyati qayta tiklangani
malakatimizda ajdodlar xotrasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tiborning
yorqin namunasidir.
Fanlar tarixi haqida fikr yuritganda qomusiy olim Abu Nasr Farobiyning
“Mohiyat xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur
mohiyati” va boshqa 160 dan ortiq asarlarini misol keltirish mumkin.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek,─ “X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Farobiyni
zamondoshlari universal bilimga ega bo‘lgani bois “Sharq Aristoteli” deb
ataganlar”.
O‘rta asrlarda fan taraqqiyoti, olimu mutafakkirlarni butun bir avlodi haqida
fikr yuritganda “Mirzo Ulug‘bek bamisoli yorqin yulduz” ekanligi ta’kidlandi. U
bir qator shaharlarda madrasalar qurdirgan, Samarqandda ilmiy maktab-tom
ma’nodagi akdemiya yaratgan, unda 200 dan ortiq olim faoliyat ko‘rsatgan. “Ziji
Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarlarida 1018 yulduzni o‘rni va holati
aniqlab berilgan. Uning hisob-kitoblari hozirgi zamon texnologiyalaridan deyarli
farq qilmaydi. “Mirzo Ulug‘bek astronomiya sohasidagi buyuk alloma sifatida
shuhrat qozongan va uning nomi haqli ravishda Kopernik, Jordono Bruno, Goleley
va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida tilga olinadi”,─ dedi Ilom Karimov
konfrensiya qatnashchilariga qarata.
Mirzo Ulug‘bek akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan Qozizoda Rumiy, Ali
Qushchi va uning safdoshi Al-Koshiy kabi allomalarning fan taraqqiyotidagi
yutiqlarini e’tirof etdi, Al-koshiy birinchi bo‘lib o‘nlik kasrlarni ilmiy iste’molga
kiritgani qayt etdi. Istiqlol yillarida Mirzo Ulug‘bek merosini o‘rganish borasida
ulkan ishlar qilindi, 1994 yil mamlakatimizda Ulug‘bek yili deb e’lon qilindi,
uning 600 yilligi jahonda keng nishonlandi, Parij shahrining YUNESKO
qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
o‘tkazildi.
Jahonda buyuk allomalarning ilm-fandagi yutuqlari qadrlanadi, ularning
merosini o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda, ularning xotirasiga yodgorliklar
barpo etilgan. Belgiya va Latviyada Ibn Sinoga, latviyada Mirzo Ulug‘bekka,
Yaponiya, Rossiya va Azarboyjonda Alisher Navoiyga, misrda Ahmad
Farg‘oniyga o‘rnatigan haykallar buning ifodasidir.
Renessansning beshigi bo‘lgan Sharqda fanning ko‘pgina sohalari
rivojlangan. Adabiyotshunoslik, san’at, tarixnavislik, tilshunoslik kabi ijtimoiy
fanlar jahonshumul asarlar yaratilgan. Abu Abdulloh Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy
Ganjafiy, Sa’diy, Hofiz SHeroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur kabi faylasuf,
ma’rifatparvarlarning asarlari shular jumlasidandir. Prezidentimizning nutqida
dunyo tarixida birinchi turkiy tillar lug‘ati Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni
lug‘atit turk” kitobi, Mahmud Zamaxshariyning arab tili grammatikasi dunyoda
birinchi marta ko‘p tilli arabcha-forscha-turkiy lug‘ati, Yusuf Xos Hojibning
didaktik asarlarini misol keltirish mumkin.
Tarixiy xalqaro anjumanda Islom Karimov “buyuk merosning mingdan bir
qismigina bizgacha yetib kelganini” ta’kidladi. “Bugun hech bir mubolag‘asiz
aytish mumkin va buni men alohida qayd etmoqchiman. O‘rta asrlar Sharq
ldaholarining buyuk kashfiyotlaridan iborat ilmiy merosning chuqur qatlamlari hali
to‘liq o‘rganilmagani va o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda,─ deydi yurtboshimiz.
Haqikatdan ham Samarkand, Toshkent, Xiva, Shaxrisabz, Buxoro, Qarshi
kabi qadimiy madaniyat markazlarining YUNESKO qarori bilan tarixi, shu
jarayonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ilmiy taraqqiyotini o‘rganish borasida
anchagina tadqiqotlar olib borildi, borilmoqda. Prezidentimiz tariximizni
o‘rganishga da’vati mustaqillik dastlabki yillaridan boshlangan edi. Anjumanda
“Barchamiz yaxshi tushunamizki,─ dedi Islom Karimov ─ erishilgan bilimlarni,
o‘tmishda, jumladan, o‘rta asrlar Sharqida amalga oshirilgan olamshumul
kashfiyotlarni chuqur o‘zlashtirmasdan turib na ilm-fanda, na boshqa sohalarda
yangi, yanada yuksak marralarni zabt etib bo‘lmaydi. Biz kelgusi faoliyatimizda
ham ayni shu tamoyillarga qat’iy amal qilamiz”.
Fanning tarixini o‘rganish, avvalo, ilmiy tadqiqotning mezoni, asosiy
tamoyilidir. Makon va inson, inson va makon, zamon va inson, inson va zamon
dialektik uyg‘unlik shu ona zaminda kelajak avlodni yashashi ijtimoiy iqtisodiy
qonuniyatlari, tarixiylik ─ milliylik ─ umuminsoniylik triada pedagogik
tadqiqotlarning istiqboli va metodologik asosidir. Ikkinchidan, barkamol avlod
milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish omilidir. Bu tamoyil
yurtboshimizning anjumanda so‘zlagan nutqining xulosasida o‘z ifodasini topdi:
“O‘zining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylashga, boyitish va
ko‘paytirishga, shuningdek, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarli e’tibor qaratmaydigan, har
tomonlama uyg‘un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarash va yondashuviga,
grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxsni kamol toptirishni o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yo‘lidan
chetga qolib ketishga mahkum ekani biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilib kelganmiz
va yaxshi tasavvur etamiz”.
Bu haqiqat mamlakatimiz taraqqiyoti uni jahonning mashhur olimlarining
anjumandagi e’tirofida o‘z isbotini topdi.
Anjumanda YUNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Xubert Gizen nutqida
shunday degandi: “Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Ulug‘bek Al-farg‘oniy, Alisher Navoiy kabi buyuk alloma va mutafakkirlar dunyo
ilm-fani, falsafa va madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar va ushbu mintaqa
dovrug‘ini butun jahonga taratganlar. Ular amalga oshirgan tadqiqotlar va ilmiy
ishlarning natijalari bir necha asrlar davomida Yevropaning yetakchi
universitetlarida ilm-fanning muhim manbai bo‘lib xizmat qilgan va bugungi
kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasdan kelmoqda. Demak, ushbu
allomalarning ilmiy va hayotiy jasorati, bebaho kashfiyotlari nafaqat Markaziy
Osiyo mintaqasida, balki boshqa qit’alarda ham bugungi davr olimlari, ayniqsa,
yoshlar uchun saboq bo‘lib kelmoqda, o‘rnak va namuna vazifasini o‘tamoqda”.
Do'stlaringiz bilan baham: |