10-mavzu. Mustaqil O‘zbektonda pedagogik fiklarning rivojlanishi. Reja



Download 240,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.07.2022
Hajmi240,54 Kb.
#839654
  1   2
Bog'liq
10-маъруза



10-mavzu. Mustaqil O‘zbektonda pedagogik fiklarning rivojlanishi. 
Reja
1.Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
2.Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo‘nalishlari.
3.Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir konseptual fikrlar.
Asosiy tushunchalar: 
 
Bu davr o‘zbek xalqi tarixining muhim bir qismini tashkil etadi. XX asr 
boshlari pedagogika tarixida jadidichilikni paydo bo‘lishi mustamlakachilikka 
qarshi erk va ozodlik uchun kurashda xalqni ilm-ma’rifatli qilish g‘oyasi, yangi 
usul maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi bilan xarakterlanadi. Jahon xalqlari 
pedagogik tajribalari, g‘oyalari ta’siri, jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy hayot talabi 
pedagogika tadqiqotlarini rivojlanishiga asos bo‘ldi. 
Xalqimiz mustamlaka davridagi milliy zulm va ijtimoiy adolatsizlikdan 
aziyat chekmasada, hech qachon tushkunlikka tushmadi, kelajakka komil ishonch 
bilan qaradi. Xalq orasidan chiqqan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, 
Abdulla Avloniy, Fitrat, Siddiqiy-Ajziy, Abduqodir Shakuriy, Xoji Muin 
Shukrullo singari o‘z davrining ilg‘or ziyolilari mamalakat va xalq ahvoliga 
achinib, o‘zlaricha bunga chora izlay boshladilar. Mamlakatdagi qoloqlik va 
qashshoqlikning asosiy sababi ilmsizlik va erksizlikdir degan xulosaga kelganlar, 
mehnatkash ommani ma’rifat egallashga, bilim olishga, xurriyatga chaqirdilar
diniy ilm bilan birga dunyoviy bilimni targ‘ib qildilar. Xalqni ilmli, ma’rifatli 
qilish yo‘llarini axtardilar, natijada, XX asr boshlariga kelib milliy uyg‘onishga 
chorlovchi jadidchilik harakati yuzaga keldi. 
Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi xalq ommasini 
ma’rifatli qilish orqali mamalakat rivojiga, mehnatkashlar hayotini yaxshilashga 
ko‘maklashishdan iborat edi. Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri Mahmudxo‘ja 
Behbudiy shunday yozadi: Xalq o‘z irodasini anglasa, milliy maktab va madrasalar 
ochsa, Ovro‘pa dorilfununlariga bolalarini yuborsa, ulardan advokat, muharrir va 
hunarmand, savdogar va muhandislar chiqsa, bularning har biri o‘z vazifalarida 
turib, ishlarini tartib ila tuzsalar, xalqimizning foydasini ko‘zlasalar naqadar oliy 
va go‘zal bo‘lur degan edi. 
Jadidlar milliy o‘yg‘onish g‘oyalarini hayotga joriy etishda matbuot, 
maktab-maorif hamda adabiyot va san’at imkoniyatlaridan unumli foydalandilar. 
“Xurshid”, “Vaqt”, “Buxoroi sharif”, “Sadoi Farg‘ona”, “Sadoi Turkiston” kabi 
gazetalarni tashkil etib ma’rifatparvarlik, vatanparvarlik, taraqqiyparvarlik, erk va 
mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qildilar.
1917 yil inqilobiy to‘ntarishdan keyin ijtimoiy tuzum ta’lim-tarbiya 
mazmunini tubdan o‘zgartirildi. Marksizm, Leninizm ta’limoti asosida 
kommunistik tarbiya nazariyasini ishlab chiqish davlat siyosati pedagogikani va 
barcha ijtimoiy fanlarni subyektivlik botqog‘iga botirdi. Bu siyosatga qarshi 
jadidlarning ko‘plari 20-30 yillarda qoralandi, shaxs kamolotiga ilmiy asoslarni 
yaratgan rus pedagoglaridan S.T.Shatsskiy, V.Blonskiylar qatag‘on qilindi. Ta’lim-
tarbiyada “proletar” yo‘qsillik g‘oyasi, byurakratik, tobelik-“bo‘l tayyor!”
chaqirig‘iga olib bordi; 


- ta’lim-tarbiyada 
indivudial 
xususiyatlarni hisobga 
olish 
diferensiallik qonuniyati bo‘zildi, hamma bir xil dasturda o‘qitildi; 
- Ta’lim-tarbiyada yoshlarni hayotga, yashashga, mehnatga, kasbga 
tayyorlash, o‘rniga komunistik g‘oya asosigina o‘qitildi. 
XX asrning o‘rtalarida ko‘pgina mamlakatlar iqtisodiy, madaniy taraqqiyot 
yo‘liga tushdi. Bizning mamlakatda ta’lim-tarbiyaning yoshlarni hayotga 
tayyorlash, mehnatga, kasbga tayyorlash, o‘lda-cho‘lda bo‘ldi. 
Pedagogikaning elementlar asoslari yaratildi, Abdulla Avloniy “pedagogika 
tarbiya fani demakdir” deb ta’rif beradi. Fanni rivojlanishida jahonda ta’lim-
tarbiya tizimi, ilg‘or tajribalar samarali ta’sir etdi. Ma’rifatparvarlar maktab ta’limi 
sohasidagi yangiliklarni targ‘ib qildilar, zamonaviy bilim olishga chaqirdilar. 
Z.Furqatning “Gimnaziya”,”Ilm xosiyati” she’rlarida yangi usuldagi maktablarda 
targ‘ib qilindi. Ilminskiy metodi asosida yangi usul maktablarining didaktik asosi 
ishlab chiqildi. YA’ni asrlar bo‘yi davom etgan quruq yodlash o‘rniga harf-tovush 
metodini joriy etilishi savodxonlik samaradorligini oshirdi. Toshkentda 
o‘qituvchilar seminariyasi, 1920 yilda Toshkent dorilfununi tashkil etildi. 


Download 240,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish